Mavzu: O`zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni


-chizma. Tadbirkorlik muhitining shakllanishi



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/10
tarix02.01.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#37713
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
ozbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning ustuvor yonalishlari

1-chizma. Tadbirkorlik muhitining shakllanishi 


10 

 

Iqtisodiy  faollik  va  mustaqillikning  muhim  shakli  bo`lmish    tadbirkorlik 



respublikamizda bandlikning aniq shaklini va yangi ish joylarini barpo etish yo`lida eng 

rivojlangan  davlatlar  tomonidan  qo`llab-quvvatlanib  kelinmoqda.  Tadbirkorlikning 

davlat  tomonidan  qo`llab-quvvatlanishi  bir  necha  yillar  mobaynida  maslahatlar 

berish,  moliyaviy  yordam  ko`rsatish  yoki  soliqlar  to`lashda  tadbirkorlar  uchun 

ma`lum bir imtiyozlar berilishida aks etmoqda. 

Tadbirkorlik  muhiti  mamlakatning  rivojlanishi  asosini  tashkil  qiladi  va 

ishbilarmon  kishilarning  faoliyat  mazmunini  belgilab  beradi.  Turli  mamlakatlarda 

tadbirkorlik  muhiti  turlichadir.  Rivojlangan  mamlakatlarda  bunday  muhit  o`zining 

qulayligi  hamda  iqtisodiy  jarayonlarning  yuqori  darajada  unumli  tashkil  qilinishi  bilan 

ajralib turadi. 

Iqtisodiy  jarayonlar  qanchalik  unumli  bo`lsa,  jamiyat  moddiy  va  ma`naviy 

jihatdan  shunchalik  yuqori  darajada  bo`ladi.  Iqtisodiy  jarayonlarning  samarasi  amalda 

faoliyat  ko`rsatayotgan  tadbirkorlarning  soni  va  sifati  hamda  shu  faoliyat  bilan 

shug`ullanmoqchi  bo`lgan  kishilar  soni  bilan  belgilanadi.  Bu,  o`z  navbatida, 

tadbirkorlik ishiga yangi tadbirkorlarni jalb qilish, iqtisodiyotni erkinlashtirish va tad-

birkorlik  muhiti  darajalariga  bog`liqdir.  Oxirgisi  tadbirkorlik  faoliyatiga  davlatning 

aralashishi  darajasiga  bog`liq.  Davlat  shunday  shart-sharoitlar  yaratib  berishi  kerakki, 

unda  tadbirkorlarning  va  tadbirkor  bo`lmoqchi  bo`lganlarning  qiziqishi,  xohishi  va 

intilishlari maksimal darajada o`z ifodasini topsin. Jahon tajribasi ham iqtisodiy jihatdan 

rivojlanishga  erishgan  mamlakatlarda  tadbirkorlik  uchun  barcha  qulayliklar  yaratib 

berilganligini ko`rsatmoqda. 

Biznesni  samarali  yuritish  unga  tashqi  muhitdan  aralashishni  yoqtirmaydi. 

Biznesni yuritishda tashqaridan ozgina aralashuv bo`lsa, uning emirilishiga olib kelmasa 

ham  tadbirkorlik  tarkiblarining  faoliyat  ko`rsatishiga  salbiy  ta`sir  ko`rsatadi.  Shuning 

uchun ham davlat iqtisodiyot uchun kerakli  bo`lgan  barcha  shart-sharoitlarni  yaratishi 

va tadbirkorlar uchun ko`proq erkinlik berishi kerak. Shunga asoslangan holda ish olib 

borayotgan O`zbekiston jahon iqtisodiyotida o`zining munosib o`rnini topmoqda. 

Shularni nazarda tutgan holda, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov 

shunday  deb  ta`kidlaydi:  «Erkin  tadbirkorlik  uchun  iqtisodiy  va  huquqiy  shart-sharoit 

yaratish  zarur.  Kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikni  keng  rivojlantirish  uchun 

hamma yo`lni ochib berish kerak. Tadbirkorlik tuzilmalarining moliya, bank va boshqa 

bozor  tuzilmalari  bilan  munosabatlarini  mustahkamlash,  eng  muhimi,  kredit  olish 

yo`lida  mavjud  to`siqlarni  olib  tashlash  lozim.  Ularning  xom  ashyo  resurslaridan 

foydalanishlariga  keng  yo`l  ochib  berish,  ular  ishlab  chiqarayotgan  mahsulot 

mamlakatning  o`zida  ham,  uning  tashqarisida  ham  sotiladigan  bozorni  kafolatlovchi 

tizimni barpo etish  darkor»

 



Yuqoridagilarni hisobga olib, tadbirkorlik muhitini yaratish bilan bog`liq bo`lgan 



omillar  guruhlarga  ajratilgan  va  shu  asosda  uning  shakllanish  va  rivojlanish 

mexanizmining tashkiliy-iqtisodiy modeli yaratilgan. 




Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin