Mavzu: O`zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/10
tarix02.01.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#37713
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
ozbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning ustuvor yonalishlari

Firma (korxona) turlari 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



Xususiy 

firmalar 

 

Shirkat 

firmalar 

 

Davlat 

korxonalari 

 

Aralash 

firmalar 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Mas`uliyati 



cheklanmagan 

jamiyat 


 

Mas`uliyati 

cheklangan 

jamiyat 


 

-qo`shma korxonalar 

-konstern 

-konsorstium 

-konstessiya 

-kooperativ 

 

-kartel 


-sindikat 

-venchur 

-ijara  

-konsalting 

-injiniring 

 

 



 

 

Akstiyadorlik 



jamiyatlari 

 

Korporastiya-



lar 

 

 



3-chizma. Firma (korxona) turlari 

 

Shirkat  firma  bir  necha  sohibning  mulkini  birlashtirish  va  tadbirkorlikdan 

olinadigan foydani baham ko`rishga asoslangan sherik-chilik korxonasidir.  

Akstiyadorlik  jamiyati  –  bu  jismoniy  shaxslar  kapitallarining  birlashuvi 

bo`lib, u akstiyalar chiqarish yo`li bilan tashkil etiladi. 

Jamiyat jamlangan kapitaliga qarab maxsus qimmatli qog`oz – akstiya chiqaradi. 

Akstiyani  sotib  olganlar  hissadorlarga  aylanishadi  va  foydadan  o`z  hissasi  – 

divedendni  olib  turadilar.  Akstiyadorlik  jamiyati  o`z  majburiyat-lari  bo`yicha 

o`ziga  tegishli  butun  mol-mulk  bilan  javobgar  hisoblanadi.  Akstiyadorlar  jamiyati 

majburiyatlari  bo`yicha  javobgar  emas  va  uning  faoliyati  bilan  bog`liq  zararlar 

uchun faqat o`zlariga tegishli akstiyalar qiymati doirasida javobgar hisoblanadi. 

Akstiyadorlik jamiyati ochiq va yopiq turda bo`lishi mumkin. 




15 

 

Ochiq  turdagi  akstiyadorlik  jamiyati  –  bu  akstiyadorlari  o`zlariga  tegishli 



akstiyalarni  boshqa  akstiyadorlarning  roziligisiz  erkin  tasarruf  qila  oladigan 

jamiyat.  U  chiqaradigan  akstiyalariga  ochiq  obuna  o`tkazish  va  ularni  erkin 

sotish  huquqiga  ega.  Ta`sischilarning  eng  kam  soni  ham  cheklanmagan.  Ochiq 

turdagi AJ uchun ustav fondining eng kichik miqdori AJ ro`yxatidan o`tkazilgan 

sanada  qonun  hujjatlarida  belgilangan  eng  kam  ish  haqi  summasining  ikki  yuz 

barobari miqdoriga teng bo`lishi kerak. 

Yopiq  turdagi  akstiyadorlik  jamiyati  –  bu  akstiyalari  nomlangan  (egasi 

yozilgan) va ular faqat AJ ta`sischilari o`rtasida  taqsimlangan  jamiyatdir.  Uning 

akstiyalari  qimmatli  qog`ozlar  bozorida  muomalada  bo`lishi  jamiyat  Nizomiga 

binoan  man  etilgan  yoki  cheklangan  bo`ladi.  Yopiq  turdagi  AJ  uchun  ustav 

fondining  eng  kam  miqdori  –  AJ  ro`yxatdan  o`tkazilgan  sanada  qonun 

hujjatlarida  belgilangan  eng  kam  ish  haqi  summasining  kamida  yuz  barobari 

miqdoriga teng bo`lishi kerak. 

O`z tarkibidagi akstiyadorlik jamiyatlarni nazorat paketlarini egallash bilan 

korporastiyalar xolding kompaniyalariga aylanadi. 

Xolding  iborasi  inglizcha  «holding»  so`zidan  olingan  bo`lib,  ega  ma`nosini 

beradi.  Xolding  kompaniya  –  bu  mulk  egalari  tomonidan  bir  qancha  mustaqil 

akstiyadorlik  jamiyatlari  faoliyatini  nazorat  qilish  maqsadida  tashkil  etilgan 

hissadorlik  jamiyatidir.  Xolding  kompaniyasi  tarkibiga  kiruvchi  akstiyadorlik 

jamiyatlari  «akstiyalarining  nazorat  paketi»  kompaniyaning  ixtiyorida  bo`ladi. 

Bundan  maqsad akstiyadorlik jamiyatlari faoliyatlari ustidan nazorat o`rnatish va 

dividendlar ko`rinishida foyda olishdir. 

Aralash  xolding  –  nazorat  va  boshqaruv  vazifalari  bilan  bir  qatorda  sanoat, 

savdo, transport, kredit-moliya va boshqa soha-larda tadbirkorlik faoliyati bilan 

ham shug`ullanish maqsadla-rida tuziladi. 

Davlat  korxonalari  –  bu  davlat  mulki  bo`lgan  va  uning  nazorati  ostida 

ishlovchi korxonalar bo`lib, ular ishlab chiqarishdagi davlat sektorini tashkil etadi, 

eng  muhim  va  mas`uliyatli  vazifalar  (mudofaa,  aloqa,  energetika,  transport  va 

boshqalar)ni bajaradi. 

Qo`shma  (aralash)  korxonalar  xususiy,  davlat  va  jamoa  mulkining  aralash 

mablag`lariga  tayanadi.  Aralash  firmalar  milliy  va  xorijiy  kapitalga  tayangan 

hissadorlik qoidasiga binoan tashkil topadi, foydasi shunga qarab taqsimlanadi. 

Kontsern  –  bu  ishlab  chiqarish  diversifikastiyasi,  ya`ni  korxonalarning 

faoliyat  sohalari  va  ishlab  chiqaradigan  mahsulotlari  turining  kengayishi, 

yangilanib  turishi  asosida  tarkib  topadigan  yirik  ko`p  tarmoqli  korporastiya. 

Konstern  tarkibiga  sanoat,  transport,  savdo,  bank  kabi  tarmoqlarga  tegishli, 

ayrim hollarda, dunyoning ko`pgina mamlakatlarida joylashgan unlab va yuzlab 

korxonalar  ixtiyoriy  asoslarda  kiradi.  Konstern  tarkibiga  kirgan  korxona  va 

tashkshyutlar  orasida  o`zaro  korporastiyalangan  turg`un  aloqalar  mavjud 

bo`lib,  ular  konstern  rivoji  yo`lida  umumiy  moliyaviy  resurslardan  va  yagona 

ilmiy-texnik imkoniyatlardan mushtarak foydalanadilar. 

Konsorstium – bu aniq iqtisodiy loyihalarni amalga oshirishni maqsad qilgan 

korxonalarning muvaqqat birlashmasidir. 

 



16 

 


Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin