Mavzu: o’zbekistonda metallurgiya sanoati majmui reja Kirish


So‘nggi 5 yilda Investitsiya dasturi asosida ishga tushirilgan obektlar



Yüklə 39,88 Kb.
səhifə7/11
tarix16.03.2023
ölçüsü39,88 Kb.
#88152
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
O’ZBEKISTONDA METALLURGIYA SANOATI MAJMUI

So‘nggi 5 yilda Investitsiya dasturi asosida ishga tushirilgan obektlar:
- 2018-yilda kombinatda Ferroqotishmalar ishlab chiqarish sexi ishga tushirildi. Sex Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, mamlakatimizda 2020 yilning yanvar-sentyabr oylarida metallurgiya sanoati korxonalari tomonidan 55,2 trln. so'm qiymatga teng bo'lgan mahsulotlar ishlab chiqarildi. O'tgan yilning shu davriga nisbatan mazkur tarmoqning fizik hajm indeksi 103,7 foizni tashkil etdi.
Metallurgiya sanoati korxonalari tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmida eng yuqori ulush Navoiy viloyati (56,7 %), Toshkent viloyati (36,2 %) hamda Toshkent shahri (5,6 %) hissasiga to'g'ri keldi.
Ma'lumot o'rnida, joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida 859,4 mln. AQSH dollarlik metallurgiya sanoati mahsulotlari eksporti amalga oshirildi. Bu respublika umumiy eksport hajmining 6,9 foizini tashkil etdi.
Janubiy Koreyaning “Posco Dayewoo” kompaniyasi ishtirokida qurilgan bo‘lib, yiliga 15 ming tonna ferrosilitsiy, 10 ming tonna ferrosilikomarganes ishlab chiqaradi.
- 2019-yilda investitsion loyiha asosida Navli prokat sexida sim blokini o‘rnatish bilan “300” standa katanka ishlab chiqarish uchastkasi tantanali ravishda ishga tushirildi. Uchastka 100 ming tonna po‘lat simlar va armatura bog‘lamlari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan.
- 2022-yilda yuqori omli koks ishlab chiqarish uchastkasi foydalanishga topshirildi. Kombinatda avvallari xorijdan import qilingan ferroqotishmalar ishlab chiqarish va elektrda po‘lat eritish uchun zarur bo‘lgan yuqori omli (yuqori elektr qarshiligiga ega bo‘lgan) koks ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
- 2022-yilda Navli prokat sexida termomexanika usulida mustahkamlangan diametri №10 – 36 mm, mustahkamligi esa A500 va A800 sinfiga mansub bo‘lgan armaturani ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyatini rivojlantirish Dasturi to‘g‘risida” 2020-yil 28-dekabrdagi PQ–4937-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaroriga muvofiq “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Quyuv-prokatlash kompleksini qurish” yirik investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyihani amalga oshirish muddati – 2020-2024-yy.
- “Quyuv-prokatlash majmuasini qurish” loyihasi eng yirik investitsiya loyihasidir. Bu loyiha asosida kombinatda 1,04 million tonna import o‘rnini bosadigan, eksportbob, issiq holda prokatlangan po‘lat list o‘ramlari ishlab chiqariladi. Ushbu loyiha amalga oshirilishi natijasida kombinatning ishlab chiqarish quvvatlari deyarli ikki baravarga oshadi. Metallurgiya uskunalari yetkazib berishda jahonda yetakchi bo‘lgan “Daniyeli” (Italiya) kompaniyasi hamda sanoat obektlarini qurishda katta xalqaro tajribaga ega bo‘lgan pudratchi “Ronesanc Avstriya” (Turkiya) kompaniyasi bu investitsiya loyihasini amalga oshirishda hamkorlik qilmoqda. Ayni kunlarda Quyuv-prokatlash majmuasini qurish ishlari qizg‘in davom etmoqda.

Yüklə 39,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin