Mavzu: o’zbekistonda metallurgiya sanoati majmui reja Kirish


Toshkent metallurgiya zavodining ochilishi “tarixiy voqea”– Shavkat Mirziyoyev (foto)



Yüklə 39,88 Kb.
səhifə10/11
tarix16.03.2023
ölçüsü39,88 Kb.
#88152
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
O’ZBEKISTONDA METALLURGIYA SANOATI MAJMUI

Toshkent metallurgiya zavodining ochilishi “tarixiy voqea”– Shavkat Mirziyoyev (foto)
Xususan:
Mis sim ishlab chiqarish 102,1 %;

  • Alyuminiy sim ishlab chiqarish 104,8%;

  • Po‘latdan tashqi diametri 406,4 mm dan katta bo‘lmagan, dumaloq kesimli, payvandlangan, neft va gaz quvurlarini ishlab chiqarish 124,9% ga oshgan.

Metallurgiya sanoati korxonalari tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmidagi eng yuqori ulush Navoiy viloyati 56,5 % (30 ta metallurgiya korxonalari tomonidan), Toshkent viloyati 35,8 % (131 ta), hamda Toshkent shahri 5,8 % (281 ta) hissasiga to‘g‘ri keldi.
Ma’lumot uchun, joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida 1 001,7 mln. dollarlik metallurgiya sanoati mahsulotlari eksporti amalga oshirilib, bu ko‘rsatkich respublika umumiy eksport hajmining 7,5 % ni tashkil etadi.
Биз инновацион иқтисодиётни шакллантириш, замонавий саноат, қулай сармоявий муҳитни яратиш, хорижий давлатлар ва етакчи компаниялар билан ҳамкорлик алоқаларини кенгайтиришга алоҳида эътибор бермоқдамиз. Бугун ҳар жиҳатдан ноёб бўлган Тошкент металлургия заводининг ишга туширилиши бу борадаги саъй-ҳаракатларимизнинг яна бир амалий намоёнидир, – деди Президент.
Xulosa
Davlatimiz rahbari yangi majmuaning iqtisodiy samaradorligiga to‘xtalib o‘tdi. Yurtimizda qora metallurgiya rivojlanmagani sababli sanoat korxonalari ko‘p muammoga uchrar edi. Endi Toshkent metallurgiya zavodida yiliga 500 ming tonna rux va polimer qoplamali metall listlar ishlab chiqariladi. Bu qurilish materiallari, maishiy texnika, elektrotexnika va oziq-ovqat sanoatidagi yuzlab korxonalarning ehtiyojini ta’minlash imkonini beradi. Ilgari bunday mahsulotlar asosan chetdan olib kelinardi.Kelajakda ushbu zavod avtomobilsozlik va qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalari ehtiyojini ham qoplashga xizmat qiladi.Mazkur majmuada birinchi bosqichda import o‘rnini bosadigan mahsulot ishlab chiqarish hisobidan 400 million dollarga yaqin mablag‘ tejaladi. Mahalliylashtirish darajasi sezilarli oshadi.Misol uchun, sendvich panellar va tom yopish tunukalari tannarxida mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotning ulushi 50 foizdan 90 foizgacha yetadi. Shuningdek, bu ko‘rsatkich ventilyatsiya va havo tozalash tizimlari bo‘yicha 30 foizdan 50 foizgacha, maishiy elektrotexnika ishlab chiqarishda 35 foizdan 50 foizgacha oshadi. O‘z-o‘zidan ayonki, buning natijasida mahsulotlarning narxi arzonlashadi. Shuningdek, zavod tomonidan yiliga 90 million dollarlik mahsulot eksport qilinadi.Majmuada 700 ga yaqin kishi ishlaydi. Lekin, turdosh tarmoqlar bilan birga hisoblaganda, 5 mingta yangi ish o‘rni tashkil etilishi mumkin.Tez orada yangi korxona Bekoboddagi metallurgiya kombinati bilan yaqin hamkorlikda faoliyat yuritadi. Bugungi kunda Bekobodda qiymati 800 million dollar bo‘lgan loyiha amalga oshirilmoqda – 1 million tonna mahsulot chiqarish quvvatiga ega quyuv-prokat majmuasi barpo etilyapti. Uning mahsulotlari Toshkent metallurgiya zavodi uchun xomashyo bo‘ladi. Shuning o‘zi rux va polimer qoplamali listlarning mahalliylashtirish darajasini 90 foizga yetkazish imkonini beradi.
– Harakatlarimizning asosiy maqsadi yaqin yillarda yaxlit, “noldan tayyor mahsulotgacha” bo‘lgan metall ishlab chiqarish klasterini yaratishdan iborat, – dedi Shavkat Mirziyoyev o‘z chiqishida.
Davlatimiz rahbari zavod Toshkentda yaqinda tashkil etilgan Yangihayot tumanida ish boshlayotganiga e’tibor qaratdi. Korxonada muhandis, loyihachi, metallurg va boshqa mutaxassislarning yangi avlodi shakllanayotgani, bu esa kelajakda boshqa zamonaviy korxonalar uchun mustahkam poydevor bo‘lishini ta’kidladi.


Yüklə 39,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin