Reja Kirish 1.Metallurgiya sanoatining Markaziy Osiyo davlatlari xo`jaligida tutgan o`rni 2.Metallurgiya sanoatini shakllantirish, joylashtirish va rivojlantirishga ta`sir ko`rsatish omillari 3.Metallurgiya sanoatining xom-ashyo , moddiy-texnika ba`zasii va muhim markazlari. 4.Markaziy Osiyo hududida metallurgiya sanoati 5.Qorametallurgiya sanoati 6.Rangdor metalurgiya sanoati. Xulosa Foydalanadigan adabiyotlar Metallurgiya sanoati undiruvchi sanoat tarmoqlari ichida yetakchi tarmoq hisoblanadi va tarmoqlarda ishlab chiqarilgan yarim tayyor maxsulotlar boshqa tarmoqlarini rivojlantirishda hamda iqtisodiyotni yuksaltirishda muhim ahamiyatga egadir.
Markaziy Osiyoda metallurgiya sanoatini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar ya`ni mineral va mehnat resurslari, tabiiy va iqtisodiy geografik sharoitlar yetarli darajada mavjud.
Markaziy Osiyo xududida sobiq Ittifoq davrida qora va ayniqsa rangli metallurgiya sanoati shakllangan edi. Qozog`iston hududida Ittifoqning 5- metallurgiya ba`zasi, O`zbekistonda urush yillarida ishga tushurilgan Bekobod metallurgiya korxonasi mavjud edi. Biroq yarim xom –ashyo maxsulotlarining asosiy qismi “Markazning rejasiga ko`ra ko`proq Rossiyadagi korxonalarga tayyor maxsulotlar ishlab chiqarish uchun jo`natilardi.
Metallurgiya sanoati asosan xom – ashyo qazib olish, keraksiz metallarni to`plash, ularni ajratib olish va boyitish, eritish, prokatlar, quymalar tayyorlashni o`z ichiga oladi. Bu sanoat majmuasi qora va rangdor metallurgiya tarmoqlaridan iboratdir.
Markaziy Osiyoda qora metallurgiya markazi Bekobod shahri hisoblanadi va zavodning asosiy xom ashyosi Respublikamizda ham qo`shni davlatlarda yig`ilib qolgan metallarni qayta ishlashdan iborat bo`lgan. Urush yillari va undan keyingi dvrda Sobiq Ittifoqda yangi va ishlab chiqarish hajmi bo`yicha yirik qora metallurgiya markazi barpo etildi va ishlab chiqarish quvvati oshirildi hamda texnalogiyasi yangilanib, borildi.
Regionda, ayniqsa Qozog`istonning markazi Kustanay viloyatida temir rudasi, qora metallurgiya uchun kerakli marganes, xrom va boshqa rudallar Ust-Kamenogorsk, Pavlodar, Temirtauda mavjud bo`lib, arzon qo`ng`ir ko`mir Ekibastuzda, toshko`mir va kokslanuvchi ko`mir Qarag`andada qazib olingan. Shular asosida urush yillarida Markaziy Osiyo hududida dastlabki qorametallurgiya markazi Qarag`anda metallurgiya korxonasi tashkil topdi.
Qozoq “magnitkasi” nomini olgan to`liq sikldagi zavodda prokat, cho`yan va po`lat ishlab chiqariladi. Kustanayda Markaziy Osiyodagina emas balki MDHda ishlan chiqarish quvvati bo`yicha yirik metallurgiya ba`zasi tashkil etilgan. Sokilov-Sarbayda tog`-kon metallurgiya kombinati, Lisakovsk va Kacharskda rudani boyitish kombinatlari ishlab turibti.
Keyingi yillarda O`zbekiston hududida qorametallurgiya sanoatini rivojlantirish uchun zarur bo`lgan temir va marganes rudalari, flyus materiallari va o`tga chidamli xom-ashyolar topildi. Kelajakda Respublikada to`la siklli qora metallurgiya sanoatini barpo qilish uchun asos tayyorlanayotir. Hozirgi kunda Bekobod metallurgiya zavodini ta`mirlashga katta quvvatga ega bo`lgan elektropechalardan foydalanishga, turli xilda maxsulot ishlab chiqarishga harakat qilinmoqda. chunki, Bekobod zavodi Markaziy Osiyo davlatlarida to`planib qolgan metallarning 15-20%ni ham qayta erita olmayotir.
Markaziy Osiyo Respublikalari hududlarida mahalliy ehtiyojni qondiish uchun qora metall Toshkentda, Andijonda , Shimkentda, Osh, Chorjo`y va boshqa shaxarlarda ishlab turibti.
Markaziy Osiyo metallurgiya sanoati majmuasida rangdor metallurgiya sanoatining salmog`I katta, rangdor metalurgiyaning xom-ashyolari regionning Turkmaniston davlatidan tashqari barcha rspublikalarda uchraydi. Markaziy Osiyoda Mendeleyev davriy sistemasining barcha elementlari mavjud bo`lib, ayniqsa rangdor metallurgiya xom-ashyosini ba`zi bir turlari va ularning zahiralari bo`yicha MDHdagina emas, balki butun dunyoda ham yetakchi o`rinni egallaydi. Bularga oltin, mis, kumush, vol`fram, simob, surma va boshqalar misol bo`ladi.
Markaziy Osiyo davlatlari rangli va nodir metallar olishning fizik kimyoviy usullari, ularga ishlov berish va ishlab chiqarish texnalogiyasi, ularni kompleks qayta ishlash va boyitish sohasida juda boy tajribaga ega bo`lib, ularning bu boradagi ish tajribalaridan MDHdagi va boshqa xorijiy davlatlar foydalanishmoqda. Markaziy Osiyoda rangdor metallurgiyaning asosiy korxonalari Qozog`iston va O`zbekiston Respublikalaridir. Surma va simob, vol`fram, polimetall rudalari qazib olish, alyuminiyning turli shakl va o`lchamdagi quymalarini ishlab chiqishda Qirg`iziston va Tojikiston Respublikalari ajralib turadi. Tojikistondagi rangdor metalurgiya korxonasi ya`ni alyuminiy zavodi Tursunzoda shaxrida 1971 yilda ishga tushurilgan.
Qozog`iston Respublikasi mis, qo`rg`oshin, rux, alyuminiy, titan, magniy, shuningdek kamyob va nodir metallar ishlab chiqishga ixtisoslsahgan bo`lib, xalqaro mehnat taqsimotida MDH davlatlari orasida yaqqol ajralib turadi. Respublika mis zaxiralari bo`yicha MDH davlatlari orasida birinchi o`rinda turadi.
Asosiy konlari Jezqazg`an, Balxash, Markaziy va Shimoliy Qozog`istonda joylashgan. Mis sanoat asosida Jezqazg`an viloyatida bo`lib, bularga asosan Balxash va Karasakpay mis eritadigan zavodlari, Jezqazg`an, Sayan rudani boyitish korxonalari kiradi. Qozog`istonning sharqiy qismida Glubokoe mis zavodi bor. Respublikada qo`rg`oshin rux kombinati Ust-Kamenogorsk shaxrida bo`lib, uning xom-ashyosi rudali Oltoydadir. Qoratav va Jung`oriya Olataudan qazib olinadigan rux xom – ashyosi asosida Shimkent shaxrida qo`rg`oshin zavodi ishlab turibdi.
Xalqaro mehnat taqsimotida O`zbekiston rangdor metalurgiya sanoati bilan ajralib turadi. Respublika hududida bu sanioat uchun kerakli bo`lgan va yetarli miqdorda xom – ashyo chinoncghi polimetal rudalari, mis, oltin, vol`fram, molibden va boshqa rudalar mavjud. Jumladan: oltin zaxiralari bo`yicha Respublika dunyoda 4- o`rinda, uni qazib olish bo`yicha 7- o`rinda, mis zahiralari bo`yicha 10-11 o`rinda, uran zahirasi bo`yicha, 7-8 o`rinda turadi. (Islom Karimov 1997 yil ) O`zbekistonda 40ta qimatbaho metal konlari topilgan. oltinning asosiy zahirasi Markaziy Qizilqumdadir.
Respublikada kumush konlari va Visokovolt`noye O`qjetpes, Kostmonovtchi (Navoiy viloyati) va Oqtepa (Namangan viloyati) konlaridir. O`zbekistonda rangli metallar mis, qo`rg`oshin, rux, vol`framlarning zahiralari ko`p. Mis bilan birga rangli metallarning 15 dan ortiq turi qazib olinadi. Qalmoqir konidan mis molibden rudasi qazib olinadi. Uni Olmaliq kon metallurgiya kombinati qayta ishlaydi. Mis Dalniy konidan olinadi. Bu kon zahirasi qazib olishning tannarxi undan boshqa foydali qazilmalarni ( kumush, oltin, molibden va boshqalar) ajratib olinishi jihatdan MDH mamlakatlari orasida tengi yo`q. Respublikada qo`rg`oshin, rux, Uchquloch (Jizzax viloyati)va Xondiza konlarida jamlangan.
O`zbekistonda rangdor metallurgiya sanoatining taraqqiyotiga juda katta etibor berilgan . U Markaziy Osiyo hududidagi sanoat tarmoqlari orasida yosh tarmoq hisoblanadi. Biroq uning hisasiga Markaziy Osiyo davlatlarida ishlab chiqarilgan rangdor metallarning ( 2/3) qismi to`g`ri keladi. Markaziy Osiyoda umuman metallurgiya sanoati tarmoqlari bir tekisda rivojlanmagan. Asosiy markazlari Qozog`iston va O`zbekiston Respublikalaridir. Metallurgiya-ruda qazib olish va shu asosda rangli,qora metallarni eritishni o`z ichiga oladi.Metallurgiya sanoati og`ir sanoatning muhim tarmoqlaridan hisoblanadi. Chunki hech bir mashina, asbob-uskunalar metallsiz bo`lmaydi. Shu sababli metall eritish hajmi har bir mamlakat iqtisodiy qudratini ko`rsatuvchi muhim belgi hisoblanadi.