Qurilish materiallari sanoati majmui. Revolyutsiyaga qadar Respublikada deyarli rivojlangan edi. Respublikaning shahar va qishloqlarida asosiy qurilish materiallari sifatida xom g`ishtdan foydalanilar edi
Qozog`iston xalq xo`jaligini industrlashtirish natijasida respublika juda katta qurilish maydoniga aylantirildi. Respublikada urushga qadar va urushdan keyin ham ko`plab zavod va fabrikalar qurib ishga tushirildi. Bunday korxonalarni qurish sanoat asosida amalga oshirildi. Respublikada sanoat asosida qurilish maxsulotlarini ishlab chiqaradigan kombinatlar Olma-ota, Shimkent, Semipalatinsk shaharlarida joylashgan. Qozog`iston qurilish materiallari sanoatining asosini sement ishlab chiqarish tashkil qiladi. Sement zavodlari Shimkent, Semipalatinsk shaharlarida joylashgan bo`lib,ushbu shaharlar atrofida sementsanoatining xomashyo gilmoyalariga boydir. Uncha katta bo`lmagansement zavodlari Qarag`anda yaqinidagi Astaxovka stansiyasida, Shimkent yaqinida joylashgan Saetuba shahrida, Chu shahrida joylashgan. Respublikada pishgan g`isht ishlab chiqaradigan zavodlar har bir viloyatda joylashgan. Keyingi yillarda respublikada lenolium, deraza oynalari ishlab chiqarish zavodlari ham mahsulot ishlab chiqarmoqda.
Agrosanoat majmuasi-respublikaning qishloq xo`jaligini va qishloq xo`jalik maxsulotlarini qayta ishlovchi sanoat tarmoqlarini o`z ichiga oladi. Ushbu majmuaga og`ir sanoatning qishloq xo`jaligi uchun mashinalar, mineral o`g`itlar, har xil kimyoviy moddalarni ishlab chiqaradigan tarmoqlari kiradi. Xalq xo`jaligining ushbu tarmoqlari texnologik iqtisodiy va tashkiliy tomonidan bir-birlari bilan uzviy ravishda bog`liq bo`lib, ishlab chiqarishning bir butun zanjirini tashkil qiladi. Respublikada agrosanoat majmuini boshqarish, rejalashtirish va mablag` bilan ta`minlash maqsadida 1990 yildan boshlab qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishda maxsulot yetishtirish va uni qayta ishlashda barqaror o`sishni ta`minlash agrosanoat majmuiga kerakli mashina, asbob-uskuna, mineral o`g`it ishlab chiqarish, yetishtirilgan maxsulotni qayta ishlashni ta`minlashdan iborat.
Respublikada agrosanoat majmuini yanada rivojlantirish maqsadida yerlarni aholiga foydalanish uchun bo`lib berish,xususiy dehqon, xususiy fermer xo`jaliklarni tahskil qilish borasida katta ishlar amalga oshrilmoqda. Qora metallurgiya — metallurgiya sanoatining sohalaridan biri. Domna, poʻlat eritish, prokat metallurgiyasi, metall buyumlar ishlab chiqarish, ruda xom ashyosini qazib olish, boyitish, maydalash, koks kimyosi ishlab chiqarishi, ferroqotishmalar va oʻtga chidamli materiallar tayyorlash, noruda xom ashyo qazib olish va qora metallarni qayta eritish tarmoqlarini oʻz ichiga oladi. Sovuqlayin yoki qizdirib ishlangan prokat, poʻlat trubalar va metall buyumlar Qora metallurgiya mahsu-lotlarining muhim turlari hisoblanadi.
Kishilik jamiyati taraqqiyotida mehnat qurollari va qurol-yarogʻlar juda muhim ahamiyat kasb etgan. Ular, asosan, yogʻoch, suyak, tosh (qarang Tosh davri) va temirdan (qarang Temir davri) tayyorlangan. Qora metallurgiya xalq xoʻjaligining koʻpgina tarmoqlarini rivojlantirishning asosi hisoblanadi. Kimyo sanoati, rangli metallurgiya, qurilish materiallari sanoati mahsulotlari bilan birga qora metallar mashinasozlik va qurilishda asosiy konstruksion material hisoblanadi. Oʻzbekistonda yetakchi mashinasozlik tarmoqlari ishlatadigan konstruksion materiallarning umumiy hajmida qora metallar asosiy oʻrinni egallaydi.
Oʻzbekistonda bir necha kichikroq temir konlari bor. Sanoat ahamiya-tiga molik temir konlari — magmatogen genezisli, magnetit-gematit tarkibli Surenota (Toshkent viloyati) hamda asosan titan-magnetitli Tebinbulok temir koni (Qoraqalpogʻiston) shular jumlasidan. Oʻzbekistondagi temir konlari resurslari: Jizzaxdagi temir koni — 150 million t, Surenota temir koni — 50 million, t, Tebinbuloq temir koni — 100 million t dan koʻp. Oʻrta Osiyoda birinchi zamonaviy metallurgiya kombinati 1944-yil ishga tushirilgan (qarang Oʻzbekiston metallurgiya kombinati). Oʻzbekiston metallurgiya sanoatida 500 ming tonnaga yaqin poʻlat, 450 ming tonnaga yaqin tayyor prokat ishlab chiqariladi
Ayrim atamalarning ma’nolari
Prokat ― metall va metall qotishmalarini qizdirib yoki sovuqlayin maxsus vallar orasidan o`tkazib tayyorlanadigan buyumlar. Masalan, list, rels, truba, sim va boshqalar.
Koks ― tabiiy yoqilg`ilar (toshko`mir, neft , torf va boshqalar) yoki ularning qayta ishlangan mahsulotini havo ishtirokisiz 950-1050 °C gacha qizdirish jarayonida hosil bo`ladigan uglerodli qattiq qoldiq.