Mavzu: o’zbekistonda metallurgiya sanoati majmui reja Kirish



Yüklə 39,88 Kb.
səhifə5/11
tarix16.03.2023
ölçüsü39,88 Kb.
#88152
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
O’ZBEKISTONDA METALLURGIYA SANOATI MAJMUI

Cho`yan va po`lat
Domnada suyqlantirilgan cho`yan tarkibida 93 % atrofida temir, 4.5 % gacha uglerod, kremniy 0.5-2%, marganes 1-3 % , fosfor 0.02-2.5 % va oltingugurt 0.005-0.08 % bo`ladi. Cho`yan mo`rt, bolg`alanmaydi. Cho`yan ikki xil: oq va kulrang bo`ladi. Kulrang cho`yan tarkibidagi uglerod grafit holida bo`ladi va sindirilganda kulrang tusli bo`ladi. Texnikada u quyish (mashinalarning og`ir qismlarini, maxoviklarni quyish) uchun ishlatiladi. Oq cho`yan tarkibida uglerod asosan sementit Fe3C holida bo`ladi, u kulrangdan oqroq. Oq cho`yanning hammasi po`latga aylantirish uchun ketadi. Qattiq po`latda uglerodning miqdori 0.3 dan 1.7 % gacha bo`ladi. Yumshoq po`latda (ilgari u bolg`alanuvchi temir deb atalgan) 0.3 % gacha uglerod bo`ladi. Po`lat cho`yandan farq qilib, oson bolg`alanadi. Tez sovitilganda u qattiq, sekin sovitilganda – yumshoq bo`ladi. Yumshoq po`latga ishlov berish oson. Yumshoq po`latdan mix, boltlar, sim, tomga yopiladigan tunuka, mashinalarning detallari tayyorlanadi. Qattiq po`latdan asboblar yasaladi. Hozirgi texnikada legirlangan po`latlar kata ahamiyatga ega. Ular mashinalarning ko`pchilik qismlarini, uy-ro`zg`or buyumlarini (qoshiq, vilka va boshqalar), trubalar, aviamotorlar va kompressorlarning detallarini ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Cho`yandan po`lat olish Cho`yanni qayta ishlab po`latga aylantirish uning tarkibidagi ortiqcha uglerodni va boshqa qo`shimchalarni chiqarib yuborishdan iborat. Bu ularni oksidlash yo`li bilan amalga oshiriladi. Yuqori haroratda kislorod uglerod va boshqa qo`shimchalar oson birikib, oksidlar hosil qiladi. Uglerod (II) – oksid gaz holida chiqib ketadi, qolgan oksidlar flyuslar bilan reaksiyaga kirishib, shlak hosil qiladi, u po`latning yuzasiga qalqib chiqadi. Po`latlarda fosfor va oltingugurt ko`p miqdorda bo`lishi ayniqsa nomaqbuldir: fosfor po`latni sinuvchan qilib qo`yadi, oltingugurt esa qizigan po`latga ishlov berishda darzlar hosil bo`lishiga sabab bo`ladi. Bu qo`shimchalarni yo`qotish uchun suyuqlangan cho`yanga ohak qo`shiladi. Fosfor (V) – oksid P2O5 ohak bilan Ca3(PO4)2·CaO tarkibli tomas shlak hosil qiladi:
P2O5 + 4CaO = Ca3(PO4)2·CaO
Oltingugurtni yo`qotish jarayonini quyidagi tenglama bilan ifodalash mumkin: FeS + CaO = CaS + FeO
Tomas shlakdan fosforli o`g`it sifatida foydalaniladi. Cho`yanni qayta ishlab po`latga aylantirishning asosiy usullari marten usuli bilan elektrotermik usuldir. Marten usulida jarayon alangali regenerativ marten pechlari deyiladigan maxsus pechlarda olib boriladi. Pechning suyuq-lantirish vannasiga cho`yan, shuningdek temir-tersak, toza ruda (ularning tarkibida kislorod bo`ladi) va ohak (flyus) solinadi. Pech gaz bilan isitiladi, gaz vanna tepasida yonadi. Pechdagi harorat 1800 °C gacha yetadi. Shixta suyuqlanadi va cho`yandagi uglerod hamda qo`shimchalar pechga yonuvchi gazlar bilan kirayotgan havodagi kislorod, shuningdek, temir-tersak va rudadagi kislorod hisobiga oksidlanadi. Po`lat olishning marten usulida kislorod puflash jarayonni juda jadallashtiradi: pechlarning unumdorligi ortadi, yoqilg`i sarfi kamayadi, chiqadigan po`lat miqdori ko`payadi va uning sifati yaxshilanadi. Marten pechida legirlangan po`latlar olish oson. Buning uchun suyuqlanish tugashidan oldin zaruriy metall va qotishmalar qo`shish kerak. Lekin legirlangan po`latlar odatda maxsus elektr pechlarda 3000 °C dan yuqori haroratda suyuqlantirib olinadi. Bu elektrotermik usul bo`lib, tarkibida qiyin suyuqlanadigan metallar – molibden, volfram mavjud bo`lgan po`latlar olish uchun qo`llaniladi. Marten usuli bilan 85 % gacha po`latlar ishlab chiqariladi. Bu usul bilan bir qatorda bessemer va tomas usullari ham qo`llaniladi. Bessemer usulida ichki tomoniga o`tga chidamli material qoplangan noksimon po`lat idish – maxsus konverterdan foydalaniladi. Tomas usuli fosforga boy temir rudalaridan cho`yan suyuqlantirib olishda qo`llaniladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish maqsadida zavodni intensiv va yuqori texnologiyalar asosida rivojlantirish bo‘yicha belgilab bergan ustuvor vazifalariga muvofiq, “O‘zmetkombinat” AJ rahbariyatining faoliyati tanqidiy ko‘rib chiqildi.
Shu munosabat bilan majlisda tashkiliy masala ko‘rildi. “O‘zmetkombinat” AJ Kuzatuv kengashi ko‘p yillar davomida jamiyatda faoliyat yuritib kelgan Rashid Pirmatovni aksiyadorlik jamiyatining boshqaruv raisi lavozimiga tasdiqladi.
R. Pirmatov Toshkent viloyati Bekobod tumanida tug‘ilgan. U 1986 yilda Moskva po‘lat va qotishmalar institutini metallurgiya muhandisi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Bekobodga qaytib kelgach “O‘zmetkombinat” AJda usta, muhandis, elektr po‘lat ishlab chiqarish sexi boshlig‘ining o‘rinbosari, texnologik markazi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat olib borgan.
R. Pirmatovning ish faoliyati zavod bilan chambarchas bog‘liq. O‘z sohasining yetuk mutaxassisi, ishlab chiqarish jarayonlarini chuqur biladi, korxonani modernizatsiya qilish va mahsulot turlarini ko‘paytirish jarayonlarida faol ishtirok etgan.
R. Pirmatov texnika fanlari nomzodi, uning ilmiy izlanishlari mavzusi ham metallurgiya sanoatini rivojlantirishga qaratilgan. Zavoddagi yutuqlari, mamlakatimizning iqtisodiy salohiyatini oshirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun 2014 yilda “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi” unvoniga sazovor bo‘lgan.
R. Pirmatov kombinat jamoasi orasida, qolaversa, mamlakatimizning ijtimoiy va siyosiy hayotida faol ishtirok etib kelmoqda. 2014-2019 yillarda senator etib saylangan, Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi a’zosi sifatida faoliyat yuritgan.

Yüklə 39,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin