Mavzu: o’zbekistonda metallurgiya sanoati majmui reja Kirish



Yüklə 39,88 Kb.
səhifə4/11
tarix16.03.2023
ölçüsü39,88 Kb.
#88152
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
O’ZBEKISTONDA METALLURGIYA SANOATI MAJMUI

Legirlash ― metall qotishmalariga, ma’lum kimyoviy tarkibga, strukturaga va kerakli xossaga ega bo`lgan qotishmalar olishga imkon beruvchi elementlar (xrom, nikel, molibden va boshqalar) qo`shish.
Flyuslar ― metallarning kavsharlanadigan yoki payvandlanadigan sirtida hosil bo`luvchi oksidlarni eritib yuborish, shlak hosil qilish, metall tarkibini kerakligicha o`zgartirish uchun mo’ljallangan material. Asosli (ohak, dolomit, pirit qoldig`i, kalsiy, soda), kislotali (kvars, qum, qumtuproqli chaqmoqtosh) va neytral (boksit, plavik shpati) turlari bor.
Qora metallar va ularning ahamiyati
Qora metallarga temir va uning asosidagi qotishmalar, marganes (92 % metallurgiyada ishlatiladi) va ba’zan xrom (65 % metallurgiyada ishlatiladi) kiradi. Vanadiy rangli metali ham qora metallurgiyada po`lat va cho`yanni legirlashda ishlatiladi. Qora metallar insoniyat uchun juda muhim xomashyodir. Ko`p qavatli binolar, turar joylarning armaturalari, tomlari, og`ir texnikalar va avtomashinalarning asoslari, xo`jalikda foydalaniladigan asbob uskunalarning metall qismlari, harbiy texnika, qurol-yarog`lar temir qotishmalar, po`lat va cho`yandan tayyorlanadi. So`nggi 1-2 asr ichida qora metallurgiya kimyo fani va fan- texnika yutuqlari asosida jadal rivojlandi. Yuqori mustahkamlikka ega po`lat va cho`yanning turli tarkibli markalari ishlab chiqarilmoqda.
Domna jarayoni
Rudalardan temir olish uning oksidlarini Uglerod (II) - oksid va koks bilan qaytarishga asoslangan. Bunda toza temir emas, uning ko`mir va boshqa qo`shimchalar (kremniy, marganes, oltingugurt, fosfor ) bilan qotishmasi olinadi. Bu qotishma cho`yan deyiladi. Cho`yan domna pechlarida, ya’ni domnalarda suyuqlantirib olinadi. Domna hajmi 5000 metr kub va ba- landligi 80 m bo`lgan, ichki tomoniga o`tga chidamli g`ish qoplangan va tashqi tomondan po`lat sirt bilan o`ralgan (mustahkam bo`lishi uchun) murakkab inshootdir. Domnaning yuqorigi yarmi – shaxta, yuqori teshigi – koloshnik, eng keng qismi – raspar, pastki qismi – gorn deb ataladi. Boshlang`ich materiallar: shixta – tarkibida temir oksidi, shuningdek, koks, flyuslar mavjud bo`lgan ruda. Koks issiqlik manbai bo`lib xizmat qiladi, shuningdek undan qaytaruvchi – uglerod (II) – oksid olish uchun foydalaniladi. Flyuslar bekorchi jinsni oson suyuqlanadigan birikmalarga – shlaklarga aylantiradi. Domnaga koloshnik orqali boshlang`ich materiallar (navbatlashib keladigan qatlamlar holida) solinadi. Ko`mirning yonishi va zaruriy haroratnisaqlab turish uchun gorndagi maxsus teshik orqali kislorodga boyitilgan havo puflanadi. Gornning yuqorigi, harorat 1850 °C ga yetadigan qismida koks 600- 800 °C gacha qizdirilgan, puflanadigan havo oqimida shiddat bilan yonadi.

Yüklə 39,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin