35
3. Hozirgi davrda turizm rivojlangan ko’pgina mamlakatlar yalpi ichki
mahsulotining 10 foizidan 25 foizigacha turizm bilan bog’liq. Shuning uchun
turistik mahsulotga va uning xilma-xilligiga, uning sifatiga katta e’tibor beriladi.
Turizm industriyasida bo’lgan
ehtiyojlarning xilma-xilligi, ularga berilgan
ahamiyat darajasi turistlarning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy tomonlaridan kelib
chiqadi. Bunday hodisalar turistik bozorda sodir bo’ladi. Turistik bozorning
serdaromadli faoliyatini boshqarish turistik mahsulotni
ishlab chiqaruvchidan
iste’mol qiluvchilargacha bo’lgan tarqoqlik tufayli mehmonxonalar, restoranlar,tur
mahsulotni yetkazib beruvchi transport vositalari, joyni band qilish, zahiralar
yaratish bo’yicha jahon kompyuter tarmog’iga ulanish, tur operatorlar va
agentliklar faoliyati (vositachilik faoliyatlari) va turistik mahsulot iste’molchilari
(turistlar) bozor harakatiga ta’sir etuvchi omillar hisoblanadi.
4. Turizm industriyasini amal qilishning muhim vositalaridan biri bu transport
xizmatini yo’lga qo’yish va tashkil etishdir. Turistlarni
tashish xizmati tur
mahsulot tarkibiga kiradi, uning bog’liqligi shundaki, barcha turistik marshrutlar
sayohatchilarni yashash joylaridan dam olish joylarigacha faqatgina transport
vositasi orqali amalga oshirish mumkin. Quruqlikdagi transport xillaridan
turistlar uchun eng muhumi – bu avtomobil va temir yo’l transportidir avtomobil
transporti turizmda juda keng qo’llaniladi shu maqsad
uchun doimiy turistlarni
tashuvchi reysli avtobuslar va doimiy bo’lmagan (shaxsiy, arenda va boshqa
transport vositalari) transportdan foydalaniladi.
5. Turizm industriyasini tashkil etishning eng muhim elementlaridan biri
turistlarning hayoti va sog’ligi xavfsizligini ta’minlashdir. Ko’rsatilgan
yo’nalishlar bo’yicha xavfsizlikni taminlash turistik faoliyatga qatnashuvchi barcha
tuzulmalar vazifalaridan iborat, shu bilan birgalikda shuni aytish kerakki,
turistlarning xavfsizligini taminlash xar xil darajada: turistik korxona,
turistik
markaz ma’muriyati, mahalliy hokimiyat, turizm bo’yicha milliy organlar va
mamlakatning markaziy davlat organlari darajasida xal etiladi. Turistik firma va
korxonalar turizm tizimining asosiy unsuri sifatida o’zining mijozlari xavfsizligini
taminlash uchun eng birinchi javobgar xisoblanadi