Mamlakatimizda turizmni rivojlantirish borasida keng ko‘lamli ishlar
9-Rasm O’zbekistonda turizimni rivojlantrish soxalari. Vikepediya. arxiv.uz.
Yaqinda rasmiy saytlardan birida 2017 yilning birinchi yarmida yurtimizga 1 million
800 ming nafar sayyoh tashrif buyurgani, bu ko‘rsatkich 2016 yilga qaraganda 17
foizga oshgani haqidagi maqolaga ko‘zim tushdi. Nazarimda, ushbu raqamlarda
biroz mubolag‘a bordek. Chunki o‘zim aynan sayyohlik sohasida ishlayotganim bois,
shunday fikrdaman. Buning sabablarini maqolam davomida ko‘rsatib o‘tishga
harakat qilaman.
Mamlakatimizda turizmni rivojlantirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga
oshirilyapti. Sayyohlar oqimini yanada oshirish, ularni ohanrabodek jalb qilish
uchun nima qilishimiz kerak?
32
O‘zbekiston katta tarixiy-madaniy merosga – 7300 dan ortiq qadimiy-me'moriy
va arxeologik obidalarga ega. Ularning ko‘pchiligi Samarqand, Buxoro, Xiva,
Shahrisabz, Termiz, Qo‘qon va Toshkent shaharlarida joylashgan. Yurtimizdagi 200
dan ziyod tarixiy yodgorlik va obidalar YuNeSKOning madaniy merosi ro‘yxatiga
kiritilgan.
Nahotki shuncha tarixiy va boy madaniy meroslarimiz bo‘la turib, ularni
dunyoga tanita olmasak? Buning uchun bizda arzigulik va maqtagulik boy tarixiy
merosimiz yetarli. Birgina Fransiyaning Parij shahriga yiliga 15 million sayyoh tashrif
buyurar ekan. Biz esa har yili sayyohlar sonini sanashdan, o‘tgan yildagidan biroz
ko‘paygan bo‘lsa, uni baralla ovoza qilishdan nariga o‘tmayapmiz. Nahotki yirik bir
sayyohlik salohiyatiga ega davlat bo‘la turib, bitta shaharchalik natijaga erisha
olmasak?
Raqamlarda mamlakatimizga 1 million 800 ming nafar sayyoh tashrif buyurgani
qayd etilgan. Agar mamlakatimizda asosiy sayyohlik mavsumi mart oyining
o‘rtalarida boshlansa va dastlabki mavsum yakuni iyun oyi so‘ngiga qadar bo‘lsa,
shu davr mobaynida shuncha sayyoh kelib ketishini tasavvur qilish qiyin.
Qolaversa, bizda mehmonxonalar yetarli emas, bori ham Yevropa
mamlakatlarining mehmonxonalari narxi bilan deyarli teng va har yili narx sezilarli
darajada o‘sib bormoqda. Bu borada yana Parijga «murojaat» qiladigan bo‘lsak, u
yerda shahar va uning atrofidagi hududlardagi mehmonxonalar soni 4.260 tani
tashkil etar ekan. Bizda esa bu ko‘rsatkich respublika miqyosida 4 yarim barobarga
past, ya'ni, yurtimiz bo‘yicha atigi 750 ta mehmonxona mavjud. Ma'lumotlarga
ko‘ra, ayni paytda turizmning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 2 foizni
tashkil etadi. Bu judayam past ko‘rsatkich. Turizm faoliyatini amalga oshirgan firma
va tashkilotlarning soni esa 433 tadan iborat.
Joriy yilning 22 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoyev parlamentga Murojaatida barcha sohalar qatorida turizm sanoati
borasida quyidagi fikrlarni bildirdi:
«Hozirgi kunda milliy iqtisodiyotga yuqori daromad keltiradigan istiqbolli
tarmoqlardan biri – bu turizmdir. O‘zbekiston turizm sohasida dunyo bo‘yicha ulkan
salohiyatga ega bo‘lgan davlat hisoblanadi. Yurtimizda 7300 dan ortiq madaniy
meros obektlari mavjud va ularning qariyb 200 tasi YuNeSKO ro‘yxatiga
kiritilgan.Shu bilan birga, mamlakatimizning betakror tabiati, go‘zal dam olish
33
maskanlari imkoniyatlaridan foydalanib, yangi turistik yo‘nalishlar ochish mumkin.
Bu sohaga jahon brendlarini faol jalb etgan holda, biz ziyorat turizmi, ekologik,
ma'rifiy, etnografik, gastronomik turizm va bu sohaning boshqa tarmoqlarini
rivojlantirishga alohida e'tibor qaratishimiz zarur. Bu borada davlat-xususiy
sheriklik munosabatlarini qo‘llash sohani taraqqiy ettirishda keng imkoniyatlar
ochishini hisobga olishimiz lozim.
Samarqand, Buxoro, Toshkent shaharlaridagi muqaddas qadamjolar va
yodgorliklarni ziyorat qilish dasturini rivojlantirish va jadallashtirish zarur. Ichki
turizm sohasidagi katta imkoniyatlarni ham to‘liq ishga solish lozim».Shuningdek,
davlatimiz rahbarining 2016 yil 2 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining turizm
sohasini jadal rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni
sohada uchrayotgan xato va kamchiliklarni bartaraf etib, uni izchil rivojlantirishga
qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Prezidentimiz mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning
asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim
ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan
majlisida turizm haqida so‘z yuritar ekan, bunday serdaromad soha rivoji e'tibordan
chetda qolib kelayotgani, uning O‘zbekiston iqtisodiyoti taraqqiyotiga qo‘shadigan
hissasini oshirish, tarixiy va madaniy qadriyatlarimizni targ‘ib qilish, shuningdek,
valyuta zaxiralarini to‘ldirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ko‘rilishi zarurligini
alohida ta'kidladi.Prezidentimiz dunyoning 33 ta mamlakatida O‘zbekiston
elchixonalari faoliyat ko‘rsatayotgan elchilarga qarata qilgan onlayn murojaatida
O‘zbekistonga xorijiy ivestitsiya hamda turistlarni jalb qilishni, ayniqsa, har bir
elchiga har kuni 10 nafar sayyoh jo‘natishga e'tibor berishni ta'kidladi. Ya'ni, turist
ham investitsiya degani, degan g‘oyani ilgari surdi.
Davlat rahbarining yurtimizda barcha sohalar qatorida turizmga ham katta
e'tibor qaratishi bu sohada ko‘zga tashlanib kelinayotgan kamchilik va
muammolarni bartaraf etish choralarini jadallik bilan amalga oshirilishida
dasturulamal bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz. O‘zbekiston yirik turizm salohiyatiga
ega mamlakatlar qatorida o‘z o‘rni va ahamiyatiga ega ekan, demak biz mavjud
imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanishimiz kerak.
|