Mavzu: O’zbekistonda xalqaro turizmni rivojlantirish va dunyo mamlakatlari tajribasi. Reja: Kirish



Yüklə 88,25 Kb.
səhifə5/8
tarix21.12.2023
ölçüsü88,25 Kb.
#188724
1   2   3   4   5   6   7   8
Abdurazzoqov Shaxzod. xalqaro turizm. referat.

Oʻzbekistondagi aeroport

Mamlakatning transportdan foydalanish imkoniyatlari. Oʻzbekiston boʻylab sayohatlarning aksariyati mamlakat poytaxti Toshkentga kirishdan boshlanadi. Shaharda „Oʻzbekiston havo yoʻllari“ davlat korxonasining zamonaviy Islom Karimov xalqaro aeroporti mavjud. Aeroport Aeroflot, UTair, S7 Airlines, Lufthansa, Rossiya, Asiana Airlines, Arkia Israel Airlines, Turkish Airlines, Korean Air, Air Astana va boshqa aviakompaniyalardan samolyotlarni qabul qiladi.


Shaharda shuningdek, mahalliy yoʻnalishlar uchun aeroport, ikkita poezd stantsiyasi va koʻplab avtovokzallar mavjud. Oʻzbekistondagi bir qator boshqa aeroportlar xalqaro maqomga ega (Andijon, Buxoro, Samarqand, Urganch, Farg’ona, Namangan, Termiz, Qarshi, Nukus).

Viza

Viza. 2020-yili 1-yanvardan Oʻzbekistonda 86 davlat fuqarolari uchun vizasiz kirish tartibini joriy etgan. Yakka tartibdagi xorijiy sayyohlar uchun kirish vizalarini rasmiylashtirish — 40 dollarga teng. Guruh turistik vizasi 5 kishini tashkil qiladi. 2018-yili 15-avgustdan Oʻzbekistonda turistik maqsadlarda boʻlish uchun elektron kirish vizalarini rasmiylashtirish va berish tizimi joriy etilgan.



Oʻzbekistondagi mehmonxona

Mehmonxonalar. Mamlakatda koʻplab yangi hashamatli mehmonxonalar, jumladan, milliy mehmonxonalar tarmogʻi qurilgan. Ularning aksariyati xususiydir. Oʻzbekiston Respublikasida jami 1046 ta joylashtirish ob’ektlari (mehmonxonalar, pansionatlar, mehmon uylari, tashrif buyuruvchilar uchun yotoqxonalar va boshqalar) mavjud. Mehmonxonalarning 28 foizi yulduzcha reyting toifasiga ega — bir yulduzdan besh yulduzgacha, bu mehmonxonalarning aksariyati Toshkent shahrida joylashgan (58 foiz). Bir va ikki yulduzli mehmonxonalar faqat respublika hududlarida, besh yulduzli esa faqat Toshkent shahrida joylashgan. Xususiy mehmonxonalarning yarmidan koʻpi Toshkent shahrida joylashgan (54 %). Oʻzbekiston Respublikasida xonalar soni 22,7 mingdan ortiq xonani yoki 47 ming oʻrinni tashkil etadi.



Yüklə 88,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin