Mavzu. O‘zbekistonning milliy innovatsion tizimlar


O‘zbekiston Respublikasining milliy innovatsion tizimining subyektli funktsional sxemasi



Yüklə 31,53 Kb.
səhifə3/3
tarix30.09.2023
ölçüsü31,53 Kb.
#150946
1   2   3
1 инновацион (2)

3. O‘zbekiston Respublikasining milliy innovatsion tizimining subyektli funktsional sxemasi.


Milliy innovatsiya tizimlari (MIT) aksariyat hollarda texnologik ukladlar almashinadigan davrlarda shakllanadi. MIT shakllanayotgan boshlang‘ich davrda investitsion faoliyat subyektlari o‘rtasidagi aloqalarning yaxlit tizimi mavjud bo‘lmaydi. Ushbu aloqalarni yo‘lga qo‘yish va umumiy investitsion strategiyani rivojlantirishda davlat alohida o‘rin tutadi. Keyinchalik aksariyat sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarda bo‘lganidek, ushbu sohada biznes etakchi mavqega ega bo‘lib boradi. Ammo aynan qaysi model u yoki bu MITi uchun samarali bo‘lishi noma’lum. Texnologik rivojlanish darajasidagi milliy tafovutlarni tushuntirish uchun S.Metkalf MIT tushunchasidan foydalanishni taklif etdi.
S.Metkalf milliy innovatsion tizimni “innovatsion jarayonlarga ta’sir ko‘rsatuvchi, hukumat tomonidan siyosatni shakllantirish va amalga oshirish uchun asos yaratuvchi va yangi texnologiyalarning yaratilishi va tarqatilishiga birgalikda yoki alohida ulush qo‘shuvchi turli xil institutlarning umumiyligi” deb
ta’kidlagan10. Uning fikricha bu – yangi texnologiyalar rivojlanishini belgilab beruvchi vositalar, ko‘nikmalar va bilimlarni yaratish, saqlash va transfert qilish uchun zarur bo‘lgan o‘zaro bog‘liq institutlar tizimidir.
B.Lundvall “Innovatsiyalar tizimi yangi va iqtisodiy nafliligi yuqori bo‘lgan bilimlarni shakllantirish, tarqatish va ulardan foydalanishda o‘zaro hamkorlik qiluvchi unsurlar va munosabatlardan tashkil topadi va bunday milliy tizim milliy davlatchilik chegaralarida joylashgan yoki shu hudud ichidan boshlanuvchi unsur va munosabatlarni o‘z ichiga qamrab oladi”11, deb ta’rif beradi. “MIT - bu milliy chegaralar doirasida yangi ilmiy bilimlar va texnologiyalarni ishlab chiqarish va ularni tijoratlashtirish bilan band bo‘lgan o‘zaro bog‘liq tashkilotlarning umumiyligidir. Ayni chog‘da, MIT – mustahkam milliy ildizlar, an’analar, siyosiy va madaniy o‘ziga xosliklarga ega bo‘lgan innovatsion investitsion jarayonlarning amalga oshishini ta’min etuvchi huquqiy, moliyaviy va ijtimoiy tavsifdagi institutlar majmuidir”12 .
Milliy innovatsion tizim (MIT) – milliy hudud doirasida ilmiy bilim va texnologiyalarni yaratish, ro‘yobga chiqarish va tijoratlashtirishga xizmat qiluvchi o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tuzilmalar majmuasidir13. MIT o‘ziga ikki tarkibiy bo‘linmani qamrab oladi: ilmiy-ishlab chiqarish va institutsional. Institutsional muhit davlatning fan-texnika sohasidagi faoliyatini va innovatsion siyosatini ta’minlaydi.

Innovatsion tizimning markaziy elementi sifatida innovatsion korxonalar hamda ularning faoliyat ko‘rsatishining asosiy bosqichlarini ifoda etuvchi (moliyalashtirish manbalarini izlab topish, innovatsiyalarni ishlab chiqish, sotish bozorlarini izlash) infratuzilmaga mansub bo‘lgan davlat, ilm-fan va biznesning kooperatsiyasiga imkon beruvchi tashkilotlarni ham o‘z ichiga oladi. “Innovatsion investitsion jarayonlarning doimiy tsiklini qo‘llab-quvvatlaydigan shunday instituttsional tuzilmani vujudga keltirish - milliy innovatsion tizimni shakllanish bosqichida muhim vazifa hisoblanadi. Faqatgina milliy innovatsion tizimning instituttsional “karkasini” qurib olib, bilimlar, texnologiyalarni uzluksiz yaratish, undan foydalanish va ayirboshlash mumkin bo‘ladi”14.
O‘zbekiston Respublikasining MITining subyektli-funktsional sxemasi ishlab chiqildi. Mazkur sxema O‘zbekistonda MITning rivojlanishiga to‘siq bo‘layotgan muammolarni aniqlashda va ularni o‘rganishda dastlabki qadam hisoblanadi.
Mamlakat innovatsion tizimida innovatsion faoliyat subyekti sifatida davlatning o‘rnini anglab olish o‘ziga xos alohida e’tiborni talab etadi. Mamlakat innovatsion tizimining markazida innovatsion korxonalar turadi. Tizimning qolgan barcha elementlari u yoki bu darajada innovatsion korxonalarga bog‘liq bo‘lib, bir-birlariga nisbatan ikkiyoqlama aloqadorlikda bo‘ladi. Keltirilgan MIT sxemasida innovatsion korxonalar innovatsiyalarni yaratuvchi va bu ishlanmalardan o‘z faoliyatlarida foydalanuvchi innovatsion investitsion korxonalarga ajratiladi. Ikkinchi tur korxonalarini “amaliyotchi”lar deb, ataladi. Chunki korxonalar innovatsion tizimda innovatsiyalarning hayotiylik tsiklining barcha bosqichlarida vujudga kelish va tarqatishni ifoda etuvchi turli vazifalarni bajaradi.
“Amaliyotchi” korxonalar agar “yaratuvchi” korxonalarga o‘zlari uchun zarur bo‘lgan innovatsion mahsulot va xizmatlarni buyurtma qilsalar, u holda ularni “Mijozlar” toifasiga kiritish mumkin bo‘ladi. Ushbu holatda “yaratuvchi” korxonalar va mijozlar o‘rtasidagi aloqalar ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlarini moliyalashtirish uchun bitimlar tuzilishini ko‘zda tutadi.

Amaliyotchi korxonalar “yaratuvchi” korxonalarning mijozlari bo‘lmagan holatlarda, ular ham mijozlar kabi ixtiro qilingan innovatsiyalardan foydalanish vaularning tarqatilishiga birdek mas’ul bo‘ladilar. Innovatsiyalarning tarqatilishi deyilganda innovatsion tovarni bozor tomon xarakati emas, balki innovatsion investitsion korxonalar yaratuvchilar mehnati natijasidan qancha ko‘p korxonalar foydalanayotganliklarini nazarda tutadi, tabiiyki, ushbu vaziyatda innovatsiyalarning tarqalish maydoni shuncha katta bo‘ladi.
Har qanday innovatsion korxona uchun kun tartibidagi eng dolzarb masalalardan biri, bu albatta moliyalashtirish manbalarini izlab topish bilan bog‘liqdir. Moliyalashtirish manbalari sifatida kredit muassasalari, fond bozorlari, venchur fondlari va biznes-farishtalar (business angel) ishtirok etishlari mumkin. Innovatsion korxonalar moliyalashtirish manbalariga pul mablag‘laridan foydalanganlik uchun o‘ziga xos haq-to‘lov to‘laydilar. Moliyalashtirish manbai bank bo‘lgan holatlarda esa, bunday to‘lov foiz stavkasi hisoblanadi.
Yüklə 31,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin