Mavzu. O‘zbekistonning milliy innovatsion tizimlar


Milliy innovatsion tizimni shakllantirishning asosiy qoidalari, o‘ziga xos jihatlari va tendentsiyalari



Yüklə 31,53 Kb.
səhifə2/3
tarix30.09.2023
ölçüsü31,53 Kb.
#150946
1   2   3
1 инновацион (2)

Milliy innovatsion tizimni shakllantirishning asosiy qoidalari, o‘ziga xos jihatlari va tendentsiyalari


Milliy innovatsion tizimlar kontseptsiyasini ishlab chiqishda quyidagi uslubiy tamoyillarga asoslanadi:
Y.Shumpeterning g‘oyalari: innovatsiyalar va ilmiy ishlanmalar- korporatsiyalar raqobatbardoshligining asosi; novator-tadbirkorning ilmiy ishlanmalarning tijoratlashuvidagi o‘rni.
F.Xayekning g‘oyalari: iqtisodiy rivojlanish sohasidagi bilimlarning alohida o‘rni (“bilim iqtisodiyoti”, “kreativ” korporatsiya).
D. Nort g‘oyalari: institutsional muhitning o‘rni – keng tarmoqli bozor munosabatlari va mexanizmlarini yaratish bozorlar samaradorligini ta’minlaydi.
MIT lar kontseptsiyasining keyingi davrlardagi taraqqiyoti 1980 yilning o‘rtalarida ayniqsa avj oldi. Ushbu davrda ko‘plab olimlar o‘z ilmiy izlanishlari bilan milliy innovatsion tizimlarning rivojiga katta hissa qo‘shdilar. Mazkur ilmiy izlanishlar orasida B. Lundvall, K.Frimen va R.Nelsonlarning tadqiqotlari katta o‘rin tutadi. Qo‘yilgan masalalarni hal etishda ushbu mualliflar o‘ziga xos usul va yondashuvlardan foydalandilar. Xususan, B.Lundvall milliy innovatsion tizimlarning o‘ziga xos jihatlarini tadqiq etsa, K.Frimen innovatsion faoliyatning institutsional jihatlariga urg‘u beradi, R.Nelson davlat tomonidan amalga
oshiriluvchi ilm-fan va texnologiyalar sohasidagi siyosat masalalariga alohida to‘xtaladi.
B.Lundvall tadqiqotlari F. Listning “milliy ishlab chiqarish tizimlari” kontseptsiyasi va firmalar o‘rtasidagi texnologik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy ishlarga tayanadi. B.Lundvall bir davlat ichida yangi bilim va texnologiyalar ishlab chiqaruvchilarning o‘zaro munosabatlarini o‘rganib chiqdi. Muallifning fikriga ko‘ra, firmalarning texnologik hamkorligi ko‘pincha mamlakat miqyosida amalga oshadi va uning institutsional tuzilishining o‘ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi. Globallashuv sharoitida xorijiy kompaniyalar bilan faol hamkorlik qilinishiga qaramay, innovatsion jarayonlar milliy tizimlar bilan uzviy aloqada bo‘ladi.
K.Frimen o‘z tadqiqotlarida T.Veblen, R.Kouz va G.Saymonning institutsional nazariyalarining xulosalariga tayanadi. Uning tadqiqotlarida innovatsion faoliyatning institutsional tarkibi asosiy o‘ringa qo‘yiladi. K.Frimen MIT ni iqtisodiyotning davlat va xususiy sektoridagi institutsional tuzilmalarning o‘ziga xos tarmog‘i bo‘lib uning faolligi va o‘zaro hamkorlik darajasi yangi texnologiyalarning tarqalishiga yordam berishini ta’kidlaydi. Ushbu muassasalar, nafaqat tadqiqot o‘tkazish uchun mas’ul bo‘lgan tashkilotlarni, balki mavjud darajadagi resurslarni korxona darajasida va milliy iqtisodiyot darajada boshqarishni o‘z ichiga oluvchi harakatlarni tavsiflaydi. R.Nelson tadqiqotlarining asosiy muammosi davlatning ilmiy va texnologik siyosatni amalga oshirish va MIT doirasida mazkur siyosatni amalga oshirishda zamonaviy imkoniyatlar va cheklovlar hisoblanadi. Shunday qilib, R. Nelson texnik taraqqiyotning o‘ziga xos xususiyatlarini ajratib ko‘rsatar ekan, qat’iy markazlashtirilgan boshqaruv va rejalashtirish innovatsion taraqqiyotning amalga oshishiga yo‘l qo‘ymasligini, shu sababli ham davlatning innovatsion siyosatini amalga oshirishda bozor regulyatorlarining joriy etilishi bir muncha ijobiy natijalar berishini ta’kidlab o‘tadi. Shuni ta’kidlash kerakki, turli mamlakatlar uchun davlat tomonidan tartibga solishning turli mexanizmlari xos bo‘lsada, qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun
umumiy qoidalar mavjuddir. Kontseptsiya mualliflari bunday umumiy qoidalarga milliy innovatsion tizimni shakllantirish va uning samarali ishlashi uchun shart- sharoitlarni yaratib berishni ta’kidlab o‘tishadi. Milliy innovatsion tizimni tadqiq etishda tadqiqotchilar turli yondashuvlar va yo‘nalishlarga tayanib ish ko‘rsalarda, kontseptsiya asoschilari milliy innovatsion tizim borasida quyidagi umumiy ta’rifga to‘xtaladilar:
”Milliy innovatsion tizim – bu milliy chegaralar doirasida ilmiy bilim va texnologiyalarni ishlab chiqarish va tijorat-lashtirish bilan shug‘ullanuvchi kichik va yirik kompaniyalar, universitetlar, davlat laboratoriyalari, texnoparklar va inkubatorlar kabi o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tashkilot (tuzilma)lardan iborat. Ularning o‘zaro aloqasi mustahkam milliy ildizlarga, an’analarga, o‘ziga xos siyosiy va madaniy xususiyatlarga ega bo‘lgan huquqiy, moliyaviy va ijtimoiy institutlar majmuasi tomonidan ta’minlanadi”. Eng kuchli tahlil instrumentlaridan biri sifatida MIT kontseptsiyasining ahamiyati quyidagi uch omilga asoslanadi:

  1. bilimlarning iqtisodiy jihatdan muhimligini anglab etish;

  2. tizimli yondashuvga e’tiborning kuchayishi;

  3. bilimlar yaratish jarayonida ishtirok etuvchi muassasalar sonining ortishi.

Shunday qilib, milliy innovatsion tizim ikkita: ilmiy-ishlab chiqarish va institutsional bloklarni qamrab oladi.
O‘z navbatida, ilmiy-ishlab chiqarish muhitini quyidagicha tartiblashtirishimiz mumkin:

  1. fan va ta’lim (g‘oyalar manbai);

  2. tadbirkorlik sektori;

  3. innovatsion infratuzilma.

Institutsional muhit hukumatning ilmiy-texnik va innovatsion siyosatini shakllantirish borasida davlatning faoliyat yuritishi orqali ta’minlanadi.
Ta’lim, fan (innovatsion g‘oyalar manbai), tadbirkorlik sektori va ilmiy ishlanmalarning tijoratlashuviga ko‘mak beruvchi innovatsion infratuzilmaning turli elementlari milliy innovatsion tizimning eng muhim tarkibiy elementlari
hisoblanadi. Har qanday samarali milliy innovatsion tizimining asosiy ishtirokchisi ya’ni innovatsiyalarni amalga oshishi uchun uning barcha tarkibiy elementlarining faoliyatini muvofiqlashtiruvchi davlat qulay muhit yaratilishini ta’min etadi. Milliy innovatsion tizimning tub mohiyatini tushunib olish uchun dunyoning barcha rivojlangan mamlakatlarida shakllangan milliy innovatsion tizimni yaratishning quyidagi asosiy tamoyil va qoidalarini ta’kidlab o‘tish mumkin:

  1. Fan (yangiliklarning asosiy manbai) yopiq, izolyatsiya qilingan tizim hisoblanmaydi (universitetlar va ilmiy-tadqiqot markazlari) va aksincha har bir yirik segment (davlat ilmiy-tadqiqot markazlari, yirik korporatsiyalarning ilmiy markazlari, kichik fan sig‘imli biznes)ning asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi.

  2. Tadbirkor, firma, davlat innovatsion jarayonning alohida elementlari sifatida emas, balki murakkab tizimning o‘zaro bog‘liq bo‘g‘inlari sifatida qaraladi.

  3. Innovatsion faoliyat samarali innovatsion infratuzilma va institutsional omillarning ma’lum bir to‘plamining mavjudligi evaziga ta’min etiladi.

Yüklə 31,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin