Mavzu: pedagogik kengash va uni o‘tkazish metodikasi reja: Kirish



Yüklə 45,04 Kb.
səhifə1/9
tarix09.06.2023
ölçüsü45,04 Kb.
#127742
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Pedagogik kengash shakllari reja Kirish I. Bob. Maktabgacha ta’



MAVZU: PEDAGOGIK KENGASH VA UNI O‘TKAZISH METODIKASI
Reja:
Kirish

  1. Pedagogik kengash tushunchasi.

  2. Pedagogik kengash, uning maqsad va vazifalari.

  3. Pedagogik kengashning turlari.

  4. Pedagogik kengashni tashkil etish tamoyillari.

  5. Maktabgacha ta'lim muassasalarida o'qituvchilar kengashlari mavzulari.

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
Kirish
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida yosh avlodning aqliy-intellektual, estetik, jismoniy, ma'naviy salohiyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni takomillashtirish alohida dolzarblik kasb etmoqda. Bu borada pedagog rahbar-jamiyatning yosh avlod ta'lim-tarbiyasiga qo'ygan ijtimoiy buyurtmasining asosiy ijrochisiga aylanishi muqarrar. Bugungi kunda jahonda texnologiyalar va axborotlashtirish jarayonlarining rivojlanishi davrida maktabgacha ta'limni isloh qilish, komil insonni tarbiyalash, ularga zamonaviy ta'lim berish masalalari birinchi navbatda hal qilinishi kerak bo'lgan muammo hisoblanadi. Aynan, maktabgacha ta'limni isloh qilishda bolaning maktabga tayyorgarligi bilan belgilanuvchi ta'lim sifatini oshirish muhim va zaruriy bo'lib hisoblanadi. Shu jihatdan olganda, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim sifatini ta'minlashda zamonaviy yondashuvlar, boshqaruv, innovatsiya va axborot texnologiyalarini ta'lim-tarbiya jarayoniga joriy etishda rahbarlik layoqatini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Muhtaram yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev Oliy majlisga yo'llagan murojatida "Ilm va ta'limning qadriga yetib, davlatimizda ilm va ta'lim o'rganish bilan muhit yaratilsa, bobolarimizga munosib hayot va kelajakni qura olamiz"- deya ta'kidlaganlar. Davlatimiz rahbari ta'kidlaganidek O'zbekistonning ertangi kuniga ishonchni mustahkamlash, ajdodlarga munosib bo'lish uchun islohatlarni ilmdan boshlash kerak.Chunki ilmsiz hech bir sohada natija bo'lmaydi. Keyingi uch yilda bu boradagi muammolarni samarali hal etish, mamlakatimizda kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish bo'yicha keng ko'lamli ishlar amalga oshirildi. Shu maqsadda qator farmon va qarorlar qabul qilinib, bu boradagi kompleks sa'y-harakatlar uchun puxta huquqiy zamin yaratildi. Barchamizga ma'lumki maktabgacha ta'lim ta'lim tizimining ilk bo'gini ya'ni asosi hisoblanadi. Shuning uchun ham bu sohaga juda katta e'tibor berilmoqda.

Yüklə 45,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin