Mavzu: Pеdаgоgik mahorat haqida tushuncha Reja: Pedagogik fikrlar taraqqiyotida o‘qituvchi mahorati masalalari. “Pеdаgоgik mаhоrаt” tushunchаsi


Pedagogik nizolarning oldini olish yo‘llari



Yüklə 98,63 Kb.
səhifə10/11
tarix02.06.2023
ölçüsü98,63 Kb.
#123510
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mavzu Pеdаgоgik mahorat haqida tushuncha Reja Pedagogik fikrla

8.1Pedagogik nizolarning oldini olish yo‘llari

Pedagogik nizolarni muvaffaqiyatli hal qilish odatda muammoni aniqlash, uni tahlil qilish, uni hal qilish bo‘yicha harakatlar va natijalarni baholash siklini o‘z ichiga oladi. Har qanday aniq bir vaziyatda nizolarni hal qilish bo‘yicha siyosatni ishlab chiqishga kirishishdan avval ularning manbalarini aniqlash zarur.


Pеdаgоg vа tа’lim оluvchi pоzitsiyalаrining to‘g’ri kеlmаsligi ko‘p kоnfliktlаrgа sаbаb bo‘lаdi, shuning uchun kоnflikt vаziyatlаrdа qo‘llаnilаdigаn sinаlgаn quyidаgi qоidаlаrni bilish kеrаk:
Birinchi qоidа. Kоnflikt vаziyatini o‘z qo‘ligа оlish. Bu emоtsiоnаl tаrаnglikni bаrtаrаf etishni аnglаtаdi. Buning uchun оrtiqchа jismоniy zo‘riqishdаn, оrtiqchа hаtti-hаrаkаtlаrdаn hаlоs bo‘lish kеrаk. Mimikа, pоzа, jеstlаr fаqаtginа оdаmning ichki kеchinmаlаrini ifоdаlаb qоlmаy, ungа tа’sir hаm ko‘rsаtаdi. SHundаy qilib, tаshqi vаzminlik vа хоtirjаmlik!
Ikkinchi qоidа. O‘z хаtti-hаrаkаtlаri bilаn shеrigigа tа’sir ko‘rsаtish. Bundа ishtirоkchining yuzini diqqаt bilаn o‘rgаnib chiqish yordаm bеrаdi, fikrni jаmlаydi vа uning hоlаtini аniqlаshgа imkоn yarаtаdi.
Uchinchi qоidа. Hаmsuhbаtning хаtti-hаrаkаtlаri mоtivlаrini tushunа оlish. Аqliy tаhlilning ishgа sоlinishi emоtsiоnаl qizishni pаsаytirаdi. YAхshisi hоlаtning murаkkаbligini tushungаnligini ifоdа etish (Mеn sizning hоlаtingizni tushunib turibmаn...), o‘z hоlаtini tushuntirish (SHu mеni o‘ylаntiryapti...) YA’ni hаtti-hаrаkаtni dаrrоv bаhоlаmаng, оldin tug’ilgаn vаziyatgа bo‘lgаn munоsаbаtingizni bildirishgа hаrаkаt qiling.
To‘rtinchi qоidа. Mаqsаdni muvоfiqlаshtirish. Tа’lim оluvchi bilаn sizni birlаshtiruvchi nаrsаni tеzrоq аnglаsh vа uni ko‘rsаtish.
Bеshinchi qоidа. Sаmаrаli yеchim bоrligigа ishоnishingizni nаmоyish qiling. Vа nihоyat, kоnflikt hаl qilingаnidаn so‘ng uni tаhlil qilib chiqing (sаbаbi vа оldini оlish yo‘llаri).
Birinchi navbatda nima sodir bo‘lganligini aniqlash kerak. Muammo nimadan iborat? Ushbu bosqichda muammoni aniqlash bilan barcha rozi bo‘lishi uchun hodisalarni bayon etish muhim.
Nizo tahlil qilib chiqilganidan so‘ng hamkorlik ruhida birgalikda barchani murosaga keltirish yo‘lini izlashga o‘tish mumkin.
O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi nizoni hal qilishda nizoning sabablarini tahlil qilishdan tashqari yosh omilini hisobga olish kerak.
“O‘qituvchi-o‘quvchi” amaliy nizoli vaziyatlar bilan bir qatorda shahsiy hususiyatdagi qarama-qarshiliklar ham uchrab turadi.
Nizoli vaziyatga tushib qolib O‘qituvchi o‘zining faolligini yoki suhbatdoshini yahshiroq tushunishga yoki nizoni bostirish yoki uni oldini olish maqsadida o‘z psihologik holatini boshqarishga qaratishi mumkin. Birinchi holatda nizoli vaziyatni hal qilishga insonlar orasidagi bir-birini tushunishlarini yo‘lga qo‘yish, anglashilmovchiliklarni, kelishmovchiliklarni yo‘qotish yo‘li bilan erishiladi. Umuman olganda, boshqa insonni tushunish ancha murakkab. Tajribali pedagoglar nimani gapirishni (dialogda mazmunini tanlash), qanday gapirishni (suhbatni emotsional tusda olib borish), bolaga qaratilgan nutqda maqsadga erishish uchun qachon gapirishni (vaqti va o‘rni), kimning oldida va nima uchun gapirishni (natijaga ishonch) biladi.
Pedagog va o‘quvchi o‘rtasida haqiqatda yuzaga kelgan nizoni uch darajalarda tahlil qilish mumkin:

  • Ta’lim muassasasida o‘quv–tarbiyaviy ishlarini tashkil qilish ob’ektiv husussiyatlari nuqtai nazaridan;

  • guruh, pedagogik jamoa, O‘qituvchi va o‘quvchining aniq shahslararo munosabatlari ijtimoiy–psihologik hususiyatlari nuqtai nazaridan;

  • nizo ishtirokchilari yoshi, jinsi, individual-psihologik hususiyatlari nuqtai nazaridan.

Agar butun ta’lim jarayonini tashkil qilish va sharoitlarida, jamoali qoidalar va tartiblar tizimida, ushbu jarayonning bir-birlariga nisbatan ijobiy munosabatlari, bo‘lajak nizolarda konstruktiv hulqlariga tayyorliklarida haqiqiy ob’ektiv va sub’ektiv o‘zgarishlar yaqqol ko‘zga tashlansa, nizo samarali hal qilingan hisoblanishi mumkin.
Xulosa

Pedagogik mahoratning sirlaridan biri o‘qituvchilarda muntazam izlanish va o‘z ishining tahlshiga qiziqish ushotishdan iborat. Kimki o‘z darslarida, tarbiyalanuvchilar bilan o‘zaro munosabatlarda yaxshi va yomonni farqlashga, yutuq va kamchiliklarini o‘z vaqtida bshishga urinsa, pedagogik faoliyatning yarim muvaffaqiyatiga erishgan bo‘ladi.


Muomala – axbrot jaraѐnidir. Pedagog bevosita shaxslarga muomalada uz tarbiyalanuvchilari, umuman, jamoa xakida, undagi ichki jaraѐnlar xakida goyat xilma-xil axborotga ega buladi va xakozo. Pedagog xam o‘z navbatida muomala jaraѐnida uz tarbiyalanuvchilariga maksadga karatilgan axborotni ma’lum kiladi.
Pedagog muomala vositasi orkali kanday axborot olishini karab chiqar ekanmiz, o‘quvchining shaxsi haqidagi axborotning muhimligini alohida ta’kidlab o‘tish kerak. Muomala - shaxsni g‘oyat xilma-xil sharoit va ko‘nikmalarda o‘rgatishga imkon beradi. Pedagog o‘quvchilar bilan muomala qilar ekan, juda mayda qismlarini xam anglab olishga qodir bo‘ladi. Bular sirtdan qaraganda unchalik ahamiyatli bo‘lmasada, shaxsda sodir bo‘laѐtgan, uni tushunish uchun juda muhim bo‘lgan zarur ichki jaraѐnlar ko‘rinishlarining alomatlari ham bo‘lishi mumkin, bunda pedagog shaxsi katta rol o‘ynaydi. Ayni xil hodisaning turli kishilar tomnidan talqini, uning shaxsning o‘tmishdagi tajribasiga bog‘likligi bilan izohlanadi, bu tajribaning uch jihati bor: umuman, haѐtiy tajriba, pedagogik faoliyat tajribasi, o‘quvchilar bilan muomalada bo‘lish tajribasi. Nihoyat pedagogning o‘quvchilar bilan muomalasi shunga olib keladiki, u o‘quvchilarning hatti-harakatlaridagi chuqur ma’no va haqiqiy vaziyatlarni turli sabablarda payqab oladi, buning uchun namuna u o‘zi tez-tez qayd qilgan dalillardan va o‘quvchilarning xulq-atvor usullaridan foydalanadi. O‘qituvchining o‘quvchilar bilan muomalasi tarbiyani boshqarish sifatida qaralib, birlashtiruvchi o‘rnini to‘ldiruvchi vazifani ham bajaradi.
Muomala o‘zaro munosabatlar doirasida sodir bo‘ladi.

Pedagoglik kasbi va pedagogik faoliyat”ga doir blits-so‘rov savollari



  1. Pedagoglik kasbiga qanday talablar qo‘yiladi?

  2. Pedagogik jarayon deganda nimani tushunasiz?

  3. Pedagoglik kasbi haqida Sharq mutafakkirlari qanday fikrlarni bayon etishgan?

  4. Abu Ali ibn Sinoning mudarrislarga tavsiyalari?

  5. Alisher Navoiy asarlarida mudarrislar faoliyati haqida?

O‘qituvchi o‘quvchilar bilan o‘zaro hamkorlik qilishi uchun nimalarga e’tibor berishi lozim?



Yüklə 98,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin