4. Darsda xissiy – intelektual vaziyat yaratish. Dars davomida o‘quvchi atrof muxitni bilibgina bormay, balki unga munosabat ham bildiradi. Ba’zi holatlar uni xayajonlantiradi, ba’zilariga befarq, ba’zilariga o‘zi aralashadi. Psixologlarning ta’kidlashicha, ijobiy emotsiya inson faoliyatining kuchli kuzatuvchisi va ilhomlantiruvchisidir. Darsning emotsional-intellektual xolati bir qator usullar bilan quvvatlab turiladi.
Birinchidan, o‘rganilayotgan mazmunda qiziqarli axborotlardan foydalanish qo‘pshmcha manbalarga murojaat qilish tufayli. Masalan, tarix darsida shunday misol keltiring: yer yuzida bo‘li 5 o‘tgan 14520 dan ortiq urushda 3 mlrd. 640 million odam o‘ldi. Agar 1 tu urushlar xarajatlari hisoblab chiqilsa, 8 metr qalinlikdagi 10 km oltin kamar bilan yer yekvatorini o‘rab chiqish mumkin.
Ikkinchidan, darsda turli kashfiyotlar, ma’lum olimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, irodaviy, xarakterli odamlar hayotidan hikoyalar aytish mumkin.
Uchinchidan, bolalar o‘zlarini qiziqtirgan ijodiy ishlarga birdaniga jalb etish orqali tasodifiylik, hayron qolip keyingi faoliyat uchun muhimdir.
To‘rtinchi, o‘quv materialiga o‘qituvchinpng turli ko‘rinishdagi emotsional munosabati. Boshlovchi o‘qituvchilar shu esda tutingki, go‘zallik, obrazlilik, o‘rganilayotgan materialning hayajonliligi o‘quvchilarga o‘tadi.
g) Yumor hissi: taddiqotchilar tajribali o‘qituvchilarning xususiyatlari ichida ularning quvnoq xarakteriga alohida e’tibor berishadi.
Bunday fazilat butun dars davomida ishchan kayfiyatni saqlashga yordam beradi. Buning uchun usullar ko‘p (fizkultashnut, sevimli ashulani aytish, hazil-mutoyibali gaplar aytish).
d) Dars tezligi. O‘qituvchi uchun dars tezligi nafaqat mehnat muammosi bo‘lib qolmay, balki intizom, dars slfati muammosi hamdir. Darsda yuqori tempni ushlab turib uchun uning kuchi yetadigan bo‘lishi va, bu o‘rinda, o‘quvchilarda ma’lum ko‘nikmalar shakllanishi zarur.Ba’zi tajribasiz o‘qituvchilar vaqtni material sifatiga etibor bermay tezligini oshiradilar.Ritmning buzilishi har qanday ishchan holatga, o‘quvchilar kayfiyatiga ta’sir etadi.
Ish tezligining eng qulay holati aniqlash uchun quyidagilarni tavsiya etish mumkinda:
a) darsning ko‘pchilikni qoniqtiradigan o‘rtacha o‘zligini topish;
b) o‘quvchilarning individual imkoniyatlarini hisobga olish;
v) jamoa va individual ishlashini o‘zaro ma’qul bog‘liqligini ishlab topish;
g) o‘quvchilar faoliyati ko‘rinishlarini o‘zgartirib va yangilab turish
kerak.
d) vaqtni samarasiz sarf bo‘lishini maksimal qisqartirish, tezlikni asta-sekin oshirishga erishish zarur.
Ish tezligi o‘quvchi tomondan faqat ish vaqtida hal etiladi.
ye) darsda o‘z-o‘zini nazorat. O‘zini nazorat yosh o‘qituvchilar pedagogik bilimi rivojlanishini tezlashtiradi, tajribali o‘kuvchilar pedagog mahoratini «sirini» oshkor etadi. O‘qituvchi o‘z-o‘zini tahlil etishga murojaat etib, darsda o‘z-o‘zini b shqarish va o‘z-o‘zini takomillashtirish kabi kuchli qurolga ega bo‘ladi, bu yesa o‘z o‘rnida o‘z mehnatidan koniqish, ma’daviy kuchga ega bo‘lish kabi his- tuyg‘uni yuzaga keltiradi. Dars tahlilining kuyidagi umumlashgan prinsiplariga rioya kilish mumkin:
1. Darsda nima kilish mo‘ljallangan yedi, aslida nima bo‘ldi, qiyoslash zarur.
2. Bilim, ko‘nikma va rivojlanish borasida o‘quvchilarda o‘zgarishlarni oldingi tahlil kilingani bilan qiyoslash.
3. Darsda o‘quvchilar chin dildan ishlayotganini hisobga olish zarur.
j) darsning sifat tomoni. Darsning sifat tomonini aniqlash o‘qituvchi uchun mahorat maktabi, mashg‘ulotlar tashkil qilishning eng samarali yo‘l va usullarini ongli darajada ko‘llash sharti hisoblanadi. U darsda nimaga erishdi, nimaga erishaolmadi, sabab qanday, bartaraf etish, yanada rivojlantirish uchun nima qilish kerak?
Dars sifatini an’anaviy sxema bo‘yicha aniqlash mumkin: so‘rash -tushuntirish - mustahkamlash - uyga vazifa.
Masalan, dars sifatini M. Maxmutov sxemasi bo‘yicha didaktik kategoriyalar va tuzilish elementlari bo‘yicha o‘tkazish mumkin.
Didaktik kategoriyalar bo‘yicha taqlilning vazifalari quyidagilarni aniqlashdan iborat:
Dars didaktik prinsiplar va o‘quv tarbiya jarayoni talabalariga javob beradimi?
Darsning borishi va natijasi dars talablari va programmaga javob beradimi?
Didaktik vazifalar hal etildimi? O‘quvchilar bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlari maqsadi ro‘yobga chiqdimi?
4. Butunicha dars tuzilishi kanday yedi va tashqi-ichki tuzilishi elementlarining izchilligi qanday?
Darsning didaktik vazifalariga o‘qituvchi metodlari, ko‘rgazmalilik va texnik vositalar to‘gri keldimi, o‘quvchilar yuqori darajada bilishi uchun mustaqil ishlashiga bular yordam berdimi?
Ushbu darsda differensiallash va individuallashtirishning xarakterli tomonlari nimalardan iborat bo‘ladi?