mavzu. Pedagogik mahoratning asosiy komponentlari 2-mavzu. Oʼqituvchi faoliyatida pedagogik qobiliyat 15


Tarbiya natijalarini xisobga olish



Yüklə 197,32 Kb.
səhifə38/46
tarix15.09.2023
ölçüsü197,32 Kb.
#143829
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   46
qirgiz tili

8. Tarbiya natijalarini xisobga olish.
Bola xulqi va uning xatgi-harakatlarida namoyon bo‘luvchi salbiy ta’sir natijalarining doimiy nazoratini amalga oshirish.
Buning uchun quyidagi usullardan foydalanish mumkin:
a) hayron koldirish usuli;
b) hazil - mutoyiba usuli;
v) bola qobiliyatiga tayanish usuli;
g) o‘zaro bir-birini to‘g‘ri tushunish usuli;
d) o‘z munosabatini bildirish usuli;
ye) pedagog o‘z aybini tan olishi usuli;
g) tarbiya natijalarini hisobga olish.
Ma’lumki, tarbiya natijalari o‘zida pedagogik oqibatlarni aks yettirgan va o‘quvchilar xulqidagi tarbiyachi uchun zarur bo‘lgan o‘zgarishlarda, ularning o‘qish va mehnatga bo‘lgan munosabatlarida o‘z ifodasini topgan.
Tarbiya faoliyati natijalarining samaradorligi ancha murakkab masalalardan hisoblanadi.
Tarbiya natijalari hech qachon o‘tkazilgan turli tadbirlarning miqdori va unga jalb etilgan o‘quvchilar soni bilan o‘lchanmaydi. O‘quvchilarning tarbiyalanganlik darajasi tarbiyaviy ishlarni baholashda eng muhimdir.
U holda, o‘quvchining tarbiyalanganlik darajasini belgilovchi asosiy ko‘rsatkichi uning harakati, faoliyati, munosabati deb aytish mumkinmi?
O‘quvchilarning tarbiyalanganlik darajasi qanday ko‘rsatkichlardan iborat? Uni aniqlash uchun quyidagi ko‘rsatkichlarni asos qilib olish mumkin.
1. O‘quvchilarning g‘oyaviy-siyosiy tayyorgarligi, mamlakat siyosatiga, uning yutuqlariga, uning- xalqaro miqyosidagi o‘rniga qyuiqishi, jamint huquqiy normalarni bilishi va amal qilishi.
2. Maktab yoshlar ittifoki faoliyati va ularshng jamiyat ishlaridagi faol ishtiroki.
3. O‘quvchilarning o‘qishga munosabati, o‘quv mashg‘ulotlariga qiziqish darajasi, fanga kiritilganligi va h. k.
4. Mehnat faoliyatiga munosabati, mehnat topshiriqlarini bajarish sifati, ijtimoiy foydali mehnatda faol shptiroki, jamiyat mulkiga munosabat.
5. O‘quvchilarning bir-biriga munosabati, do‘stlik, o‘rtoqlik, insonparvarlik, o‘zaro yordam hissining shakllanganligi, sinfdagi o‘rtoqlariga, maktab o‘quvchilariga, kichiklarga munosabati.
6. O‘quvchilarning maktabdan, nazoratdan tashqarvdagi yurish-turishi,
xushmuomalaligi, madaniy xulqi, munosabat va muomalasi.
7. Umumiy estetik madaniyati, badiiy, ijodiy rivojlanganligi.
8. Umumiy pedagogik tayyorgarlik, sifat tizimi bilan tugallanishi.
Demak, buning uchun tarbiyachi pedagogik ta’sirni amalga oshirshpda
natijalarni oldindan loyihalashtirishga alohida e’tibor berishi kerak.

Yüklə 197,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin