mavzu. Pedagogik mahoratning asosiy komponentlari 2-mavzu. Oʼqituvchi faoliyatida pedagogik qobiliyat 15


I.P. Radchenko, R. Rasulova kabi olimlar tavsiyasiga ko‘ra o‘qituvchi mehnatini ilmiy asosda to‘g‘ri tashkil etishda eng muhim talablar



Yüklə 197,32 Kb.
səhifə41/46
tarix15.09.2023
ölçüsü197,32 Kb.
#143829
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46
qirgiz tili

I.P. Radchenko, R. Rasulova kabi olimlar tavsiyasiga ko‘ra o‘qituvchi mehnatini ilmiy asosda to‘g‘ri tashkil etishda eng muhim talablar.
- rejalashtirish;
- faoliyatni qizg‘in uyushtirish va unda ishtirok etayotgan ob’ekt va sub’ektlarning imkoniyatlarini yagona maqsadga yo‘naltirish
- tarbiyalanuvchilar yutuqlarini muntazam rag‘batlantirib borish
-ta’lim-tarbiyaviv nazoratni bir maromda olib borish.
Rejalashtirishdagi asosiy e’tibor uyushtiriladigan barcha pedagogik faoliyat turlarini va unda ishtirok etayotgan jamoa va uning a’zolari umumiy pedagogik maqsadga birlashtirishni nazarda tutadi. Bunda ta’lim va tarbiyaning yaqin, o‘rta, uzoq maqsadlarini inobatga olish e’tirof etilgan.
Ta’kidlash joizki, o‘qituvchining kun tartibi uning faoliyati va hayotini tartibga soluvchi asosdir. U yo‘q joyda mehnat unumi ham past bo‘ladi, asablar tez charchaydi, sog‘likka putur etadi. Natijada o‘qituvchi sarf qilgan kuchini qayta tiklay olmaydi, mehnat unumdorligi pasayadi, ish qobiliyati susayadi, oqibatda ta’lim-tarbiyaning sifati yo‘qoladi. Demak, ilmiy asoslangan kun tartibi o‘qituvchilarning o‘z mehnatini to‘g‘ri va mukammal tashkil etish vazifasini hal etishga qo‘yilgan ilk qadamdir desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Pedagogik mehnatni ilmiy asosda tashkil etish shartlaridan yana biri ish o‘rnini tartibga solish va mehnat sharoitini o‘z faoliyatiga moslashtirishdir. O‘qituvchining ish joyi yashash jarayonining bir qismi bo‘lib, mehnat unumdorligining yuqori bo‘lishiga ta’sir etadi. O‘qituvchining ish joyi, xususiyati, pedagogik mehnatning mazmuni va xususiyati bilan belgilanadi.
Mehnat sharoiti, kun tartibi kompleks tushuncha. Unda o‘qituv­chining mehnat qilayotgan joyi, aniq vaziyatlar e’tiborga olinib quyidagi tamoyillar asosida takomillashtirilib boriladi.
Pedagogik mehnatning samaradorligi, maqsadi va faoliyat vazifasiga ko‘ra aniq bir yo‘nalishni belgilash o‘qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil etishning birinchi tamoyilidir.
Ikkinchi tamoyil mutaxassislikka oid bilimlarni chuqur o‘zlashtirib qizg‘in pedagogik faoliyat uslubini belgilash.
Uchinchi tamoyil pedagogik mehnatni ilmiy asosda tashkil etishda axborot va kompyuter texnologiyalari vositalaridan samarali foydala-nishni mukammal bilish tushuniladi. Bunda ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga xizmat qiladigan pedagogik texnologiyalar ham e’tiborga olinadi.
To‘rtinchi tamoyil ta’lim-tarbiya birligini ta’minlagan holda peda­gogik faoliyatni rejalashtirish. Ushbu tamoyil reja asosida ta’lim-tarbi-yaviy faoliyatni tartibga solish, uning modelini yaratish, tayanch tizimlarni topish kabi masalalardan tashkil topgan.
Pedagogik faoliyatni aniq maqsadlar asosida rejalashtirmasdan turib shaxsni va jamoani tarbiyalash va ularni har tomonlama kamol topti-rishning ustuvorligini ta’minlash mumkin emas, bu esa jamiyatga ham ijtimoiy, ham iqtisodiy zarar keltiradi. Pedagogik mehnatni nazorat qilish va hisobga olish o‘qituvchi faoliyatini muntazam kuzatib borish yutuq va kamchiliklarini aniqlash, muhimlarini ajratib olishni nazarda tutadi. Hisobga olishning eng maqbul yo‘li statistik hisobga olishdir. Pedagogik nazoratda ob’ektivlik, omilkorlik, samaradorlik, muntazamlilik va osh-koralik talab qiladi.
O‘qituvchi mehnatini nazorat qilish va hisobga olishning munta-zamligi, izchilligi quyidagilardan tashkil topadi:
• o‘quv materiallari va tarbiyaviy tadbirlarga tayyorlanishni o‘zi tomonidan nazorat qilinishi;
• darsdan tashqari vaqtlarda ta’lim-tarbiyani nazorat qilish va o‘zining yutuq va kamchiliklarini kuzatish;
• o‘qituvchining darsdan tashqari vaqtini o‘zi nazorat qilishi;
• ota-onalar va jamoatchilik bilan bajariladigan ta’lim-tarbiyaviy faoliyatni nazorat qilish;
• o‘z ustida muntazam ishlash, ijod qilish.
O‘qituvchi mehnatini ilmiy asosda har jihatdan mukammal tashkil qilish mamlakatimizning mustaqillik prins iplariga sadoqatli hamda ja-miyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga qodir yosh avlodni shakl-lantirishda muhim ahamiyatga ega. Bunda o‘qituvchi o‘zining qizg‘in mehnatini pedagogik jamoa, ota-onalar, oila, mahalla qo‘mitalari, turli ja­moatchilik markazlari bilan o‘zaro puxta hamkorlikda olib borgandagina ta’lim-tarbiyaning samaradorligi yanada oshadi.

Yüklə 197,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin