6. Pedagogik nizolar va ziddiyatlarning falsafiy, pedagogik- psixologik tasnifi
Jamiyatimiz keng qamrovchi bo‘lib u erda turli xil xarakterdagi shaxslarni uchratishimiz mumkin. SHaxslararo nizolar albatta faoliyat turlarida namayon bo‘ladi. Masalan guruh misolida ko‘ramiz. Tasavvur qiling bir guruhda iqtidorli talantli shaxslarimiz bor. Ular har bir mazmuni yaxshi o‘zlashtirib mustaqil fikrlarini bildira oladilar, fikr doiralari keng bo‘lganligi sababli u shaxslar o‘rtasida to‘qnashuv, majoro kelishmovchilik, nizolar yuzaga keladi. Har bir guruh a’zosi o‘z fikrini to‘g‘riligini isbotlay oladilar bunday holatlarda nizoni boshqarish o‘qituvchi tomonidan bartaraf etiladi. Har bir sohada shaxslar o‘rtasida nizolarni ko‘rishimiz mumkin. SHaxslar o‘z ustidan ishlasa, fikrini isbotlay oladimi, ular nizolarni echimini ham topadilar.
Muloqot pedagogik nizolarning echish va boshqarish usullari. Muloqotdagi ziddiyat shakllari turlichadir. Masalan yuzma-yuz yoki texnik vositalar (telefon telegraf va shunga o‘xshash vositalar) bilan amalga oshiriliadi. Oilada nizo muloqot ayrim a’zolari o‘rtasida bo‘lishi mumkin.
O‘zaro munosabatlarga kirishilganda nizoni yuzaga kelmasligini asosiy sabablari, o‘zaro til topishish, bir-birini tushunishdir. Bu jarayonning murakkabligi, kerak bo‘lsa, o‘zaro til topishishi bir-birini tushuna olish lozim.
Har qanday faoliyatdan zerikish, garchan mumkin, faqat odam muloqotdan ayniqsa, uning norasmiy, samimiy, bevosita shaklidan charchamaydi, yaxshi suhbatdoshlar doimo ma’naviy jihatdan rag‘batlantiriladilar. Aslida har bir insonning ijtimoiy tajribasi, uning insoniy, qiyofasi, fazilatlari, hattoki nuqsonlari ham muloqot jarayonlarining mahsulidir. Har qanday muloqotlarning elemintar funksiyasi suhbatdoshilarning o‘zaro bir-birini tushunishlarini ta’minlashdir. Pedagogik nizolarni oldini olishda gaplashayotgan odamlar biri gapiradi, ikkinchisi tenglaydi, eshitadi.
Muloqotning samaradorligi ana shu ikki qirraning qanchalik o‘zaro mosligi, bir-birini to‘ldirishga bog‘liq ekan noto‘g‘ri tasavvurlardan bir shuki, odamni muomola yoki muloqatga o‘rgatganda, uni faqat gapirishga, mantiqan asoslangan so‘zlardan foydalanib ta’sirchan gapirishcha o‘rgatishadi. Uning ikkinchi tomoni-tinglash qobiliyatiga deyarli e’tibor berilmaydi. Mashhur amerikalik notiq, psixolog Deyl Karnechi “yaxshi suhbatdan - yaxshi gapirishni biladigan emas, balki yaxshi gapirishni biladigan esas, balki yaxshi tinglashni biladigan suhbatdoshdir” deganda aynan shu qobiliyatlarning insonlarda rivojlangan bo‘lishini nazarda tutgan edi. Pedagogik muloqot-O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatiga aytiladi. Pedagoglik jarayondagi aloqalar tizimida o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi muomola -munosabatlar katta o‘rin egallaydi.