Pedagogik nizo sub’ektlariga ko‘rsatiladigan pedagogik-psixologik yordam turlari: Maslahat berish;
Axborotli yordam ko‘rsatish;
Tashxislash;
Amaliy treninglar uyushtirish.
Axloqiy nizo-axloq ijtimoiy ong shakllaridan biridir, u muayyan jamiyatda yashovchi kishilar amal qilishi-shaxslarning bir-biriga, jamiyatga, xalq mulkiga, oilaga ishlab chiqarish vositalariga, muayyan tartibga solinadigan hatti harakatlarda tizimida ko‘rishimiz mumkin.
Shaxs muloqotda bo‘lgani sari ular o‘rtasidagi munosabatlar tajribasi ortgan sari umumiylik va o‘xshashalik va uyg‘unlik kabi sifatlar paydo bo‘ladiki, ular bir-birini bir qarashda tushunadilar yoki yarmiga jumladan fikr ayon bo‘lib qoladigan bo‘lib qoladi.
Ammo shunday muloqot tizimidagi teskari reaksiyalarni bir-biridan charchab gapiradigan gapining qolmasligi kabi vaziyatni ya’ni, shaxslar va shaxslararo ziddiyatlarni keltirib chiqaradi.
Guruhlararo ziddiyatlar - odamning o‘rtasidagi yoki shaxslararo munosabatlar asosan guruh sharoitida shaxs ma’lum insonlar davrasida, guruhda jamoada bo‘lgan taqdirdagina ro‘y beradi. Guruhlararo ziddiyatlar guruh a’zolarida liderlarni ko‘rishimiz mumkin. Lederlar: rasmiy va norasmiy bo‘ladilar, rasmiy lider o‘qituvchi tomonidan tanlangan guruh staristasidir, norasmiy lider boshqa guruhdagi shaxslarni o‘ziga jalb qila oladigan boshqalarni o‘ziga tortadigan shaxsdir. Bunday holatlarda rasmiy va norasmiy rasmiy lider o‘rtasida nizo yuzaga keladi.
Xulosa qilib aytganda har bir mutaxassis o‘z kasbini mukamal darajada bilishi va seva olishi lozimdir.