Mavzu: Pedagogik odob. Pedagogning muomala odobi


Milliy  qadriyatlarimiz  va  sharqona  tarbiyamizning  ta’siri



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/22
tarix01.02.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#51933
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
Mavzu Pedagogik odob. Pedagogning muomala odobi

2.Milliy  qadriyatlarimiz  va  sharqona  tarbiyamizning  ta’siri  Insonning 

o‘zini  qurshab  turgan  olam  bilan  o‘zaro  birgalikdagi  harakati  odamlar  o‘rtasidagi 

ularning  ijtimoiy  hayoti  va  ishlab  chiqarish  faoliyati  jarayonida  tarkib  topadigan 

ob’ektiv munosabatlar sistemasida yuz beradi. Kishilar ishlab chiqarish jarayonida 

tabiatgagina  emas,  balki  bir-birlarga  ham  o‘zaro  ta’sir  ko‘rsatadilar.  ("Pedagogik 

muloqot" 1-8 bet) 

 

"Ta’lim



 

to‘g‘risida"gi  qonun  va  Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi"  talablariga 

muvofiq  ta’lim-tarbiya  ishlarida  milliy-  madaniy  va  umuminsoniy  qadriyatlar 

ustuvorligiga  e’tibor  berib  kelinmoqda.  Bu  ustuvorlik  turli  xildagi  muloqotlarda 

ham  saqlab  kelinsa  maqsadga  muvofiqdir.  Bunda  ayniqsa,  Prezidentimiz  I.A. 

Karimov  tomonidan  ko‘rsatib  berilgan  O‘zbekistonni  rivojlantirishning  ma’naviy 

axloqiy negizlari: 

 

umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik; 



 

 

xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish



 

 

insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi; 



 

 

vatanparvarlik 



 

 

kabilar turli muloqotlarda asos bo‘lib xizmat qilishi lozim. 



 

Milliy  qadriyatlarimiz  va  sharqona  tarbiyamizning  ta’siri  muloqotda  ham 

sezilib  turadi.  Bizda  kishilar  bilan  munosabat,  so‘zlashuv  va  shuningdek  ish, 

xizmat bilan bog‘liq aloqaga muomala deyiladi. Eng go‘zal muomala lutf- 




karamdir. A.Navoiy buni muomala-pardoz deb yozadi. Xullas xalqimizda odamlar 

bilan  munosib  tarzda  muomala  qila  bilishlik  madaniyat,  olijanoblik  alomati  deb 

tushunilgan. 

 

Muomala  madaniyati,  eng  avvalo,  xalqimizning  bolajonligi,  oilani  muqaddas 



bilishida namoyon bo‘ladi. 

 

Ikki  notanish  o‘zbek  yigiti  uchrashib  qolsa,  salom-alikdan  keyingina  suhbatni 



"Uylanganmisiz?"  degan  gapdan  boshlaydi.  Agar  ular  30  yoshlarda  bo‘lsa  savol 

boshqacharoq  bo‘ladi:  "Og‘ayni  bolalardan  nechta?"  Ha,  kasb-kor, uy-joy,  boylik 

va  shu  kabi  moddiy  jihatlar  surishtirilmaydi,  bu  odob  doirasiga  kirmaydi  ham, 

lekin  bola-chaqadan  so‘z  ochish  o‘zbeklarga  xos  milliy  odatlardandir.  Ota-ona 

uchun farzandlari haqida maqtov eshitish, "Otangga rahmat" degan olqish ham eng 

katta saodatdir. 

 

O‘rta  yoshdagi  tanish  yoki  notanish  erkaklar  va  ayollar  muloqotida 



"hammasidan  qutilganmisiz?"  degan  savol  uchrashi  tabiiy.  o‘g‘illarini  uylantirib, 

qizlarini o‘zatib bo‘lganmisiz? Ota-ona farzandlarini oilali, uy-joyli qilish tashvishi 

bilan yashaydi, bu ular hayotining mazmuni bo‘lib qoladi. 

 

Barcha madaniy xalqlarda bo‘lgani kabi o‘zbeklarda ham muomala "Assalomu-



alaykum"  va  "Vaalaykum  assalom"dan  boshlanadi,  keyin  hol-ahvol  so‘rashishga 

o‘tiladi. 

 

Muomala  va  muloqotda  xalqimizning  milliy  an’analari  va  urf-odatlari  ham 



ta’sirini ko‘rsatadi. 

 


Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin