quyidagilarni qamrab oladi:
o‘quvchiga yangi ma’lumot berish yoki fikr almashish, o‘qituvchi va
o‘quvchilarning bir-birlarini o‘zaro bilishlarini;
bir-birini xulqlarini to‘zatish va boshqarish muloqot hap bir ishtirokchisi
shaxsning imkoniyatlarini ochish va undan foydalanish, ularning o‘z oldilarida
turgan muammolarni o‘zlari mustaqil hal etishlari;
o‘qituvchi shaxsiy fikrining pedagogik jihatdan maqsadga muvofiqligi
muloqot ishtirokchilarining bir-birlaridan qanoat qilganliklari va hakozo.
Pedagogik muloqotning boshqa jihati uning vositalari va usullaridir:
vositalar tashkil etuvchi, baho beruvchi, intizomga undovchi bo‘lishi mumkin.
Adabiyotlarda o‘qituvchi o‘z ishining ustasi ekanligi ta’kidlanib intizomga
undovich vositalarga nisbatan tashkiliy ta’sir ko‘rsatishga ko‘proq yondashiladi.
Muloqot usuli sifatida shakllangan uslub amalda o‘zining uchta shakli bilan
namoyon bo‘ladi, bilimlarni egallashda o‘qituvchi bilan o‘quvchilarning
birgalikdagi hamkorlik qilishlari o‘qituvchining o‘quvchilarga tazyiq o‘tkazish va
ularning aktivligini ruyobga chiqarmasligi, o‘qituvchining o‘quvchilarga nisbatan
neytral munosabatlarda bo‘lishi va uning hal etilayotgan masaladan chetta chiqishi.
Muloqotdagi vaziyat bir xil o‘zaro harakatni, boshqa ishtirokchiga tazyiq
o‘tkazishni, boshqa ishtirokchiga muvofiqlashni o‘z ichiga oladi.
Muloqotga emostional tus berish harakteri neytral hol orqali ijobiydan
salbiyligicha o‘zgaradi. Bo‘larning hammasi muloqot muhitini, sinfda ma’lum
iqlimni yaratadi. EtO‘q pedagogik muloqot o‘qituvchining o‘z o‘zini muloqot
jarayoni va natijalarini nazorat qilib borishini nazarda tutadi.
To‘g‘ri tashkil etilgan pedagogik muloqot davomida o‘qituvchi tanlagan
vositalarni vazifa va sharoitlarga muvofiqligining ulchovchi sifatida tushuniladigan
pedagogik nazokat mujassamlanadi.
Pedagogik muloqotda qanday o‘ziga xos qiyinchiliklari mavjud?
Eng avvalo, muloqot maxsus vazifalarining yo‘qligidir, natijada o‘qituvchi
pedagogik muloqotni o‘z mehnatining alohida tomoni sifatida qaramaydi, uni
rejalashtirmaydi, muloqotning barcha vazifalari o‘quvchilarga bilim berishga
keltiriladi. o‘qituvchi bilan o‘quvchining bir-birlarini o‘zaro tushunmasliklari,
muloqot vositalarining qashshoqligi, nopedagogik vaziyatlar ham uchrab turadi.
M: o‘quvchilarning tor doiradagi intizomga chaqiruvchi emostional jihatdan salbiy
tus berilgan muloqot ularga ko‘pincha aks ta’sir keltirib chiqaradi. Pedagogik
muloqot usullari ustida ishlashning asoslangan programmasini to‘zish uchun har
bir o‘qituvchi o‘zining qiynchiliklarinii tahlil qilib chiqish muhim rol o‘ynaydi.
Pedagogik muloqotga doir barcha mashqlarning umumiy yo‘nalishini mavjud
pedagogik vaziyatlarda malaka hosil qilish har bir muloqot ishtirokchilarining
imkoniyatlarini ochishga ko‘maklashuvchi uning shaxsiy hislatlarini rivojlanib
boruvchi ta’minlovchi va shu muloqot orqali qoniqtiriladigan va hakoza
vositalardan foydalanishi tashkil qiladi. Bunga bir qator mashqlar imkon
tug‘dirishi mumkin.
Muloqotga boshqa kishilarning sub’ektiv qarashlarini aniqlash, bu odam bilan
muloqotda oqilona hal qilinishi zarur bo‘lgan vazifalarni aniqlash, masalan uning
xulqini to‘zatish yoki unda shunchaki ishonch kayfiyatini yaratish.
Mazkur vaziyat uchun o‘zaro harakatlarning sistemali vositalari
majmuasini belgilash:
muloqotda boshqa kishining javob harakati imkoniyatini oldindan ko‘ra
bilish;
boshqa odamda psixologik to‘siq va qarashlik keltirib chiqaruvchi
vositalarini qo‘lga kiritish;
vaziyatning o‘zgarishiga qarab foydalanishi mumkin muloqotlarning bir
necha modeliga ega bo‘lish;
boshqa odamlarni tinglash, uning fikrlariga qo‘shilish, unga hamdardlik
ko‘nikmasini rivojlantirib borish;
muloqot natijalarini baholash va ularni ifodalanilgan vositalar bilan
taqqoslash.
Pedagogik faoliyat va pedagogik muloqot xarakteri o‘qituvchi shaxsi, uning
qarashlari nuqtai nazarlarida xulqida namoyon bo‘ladigan g‘oyaviy siyosiy
saviyasi, professional tayyorgarligi va bilishga intilishi bilan o‘zviy bog‘liq.
Bu asosiy hislatlardan tashqari o‘qituvchining umumiy va boshqa qobiliyati,
uning moyilligi xarakteri, muvaqqat psixik holatlari shuningdek to‘plangan
tajribasi muhimdir. o‘qituvchi shaxsini xarakterlash uchun foliyatning individual
uslubi kabi yig‘ma ko‘rsatkichlar, jumladan individual faoliyat uslubidan ham
foydalanadilar. Ijodiyot: aktiv sostial tutilgan yo‘l vaziyat etO‘q shaxs har doim
bundan keyingi rivojlanishi uchun kurashadi, bu hol o‘qituvchiga ham taalluqli.
SHaxsning professional jihatini o‘z-o‘zini tarbiyalash yo‘llaridan biri o‘zining sifat
va hislatlarini, shuningdek pedagogik faoliyat va muloqotlarining barqaror
xususiyatlariga, o‘qituvchining ta’lim olganligi va tarbiyalanganligidagi erishilgan
natijalarini tahlil qilishga doir mashqlarda namoyon bo‘ladi.
|