Pedagogik tadqiqotning matematik-statistik metodlari
Matematik-statistik metod ilmiy tadqiqotda keng qollanilishi hozirgi davr fanining o‘ziga xos xususiyatlaridandir. Matematik- statistik metodning qo‘llanilishi tadqiqot samaradorligini oshiradi, pedagogik voqelikning aniq ifodalash, mavjud voqelikning ichki bog`liqlik qonuniyatlarini aniqlash, uni har xil sharoitda samaradorligi, rivojlanish darajalarini bilish, baholash imkoniyatlarini oshiradi.
Pedagogik tadqiqotlarni matematikalashtirish o‘ziga xos xususiyatlarini ishlab chiqish ilmiy ishlami samaradorligini kafolatlaydi.
Pedagogik tadqiqotda miqdoriy baholash ta’limiy, tarbiyaviy voqelikni mohiyati va matematik tilda ifodalash metodikasidir. Pedagogik tushuncha aniqligi, matematik tilda uni ifodalash, tadqiqot natijalarini umumlashtirishni osonlashtiradi.
Pedagogik tadqiqotni matematikalashtirish ilmiy sifat darajasi aniq bo‘lishiga bog‘liq. Muayyan voqelikni natijani faqat darajalarini tahlilida nazariyani yaratilgani, nazariy tushunchalar matematik tilda ifodalanishi farazni asosolaydi. Sifatiy tahlil, miqdoriy tahlilda yanada samarali bo‘ladi.
Matematik metoddan samarali foydalanish asosi maxsus metodlar tizimini rivojlanishi bilan bog‘liq. Maxsus metodlarni taraqqiy etgani matematik metodga manba’ tayyorlaydi, uyg‘unlikda ilmiy tadqiqot natijasini interpretatsiya natijasini oshiradi. Matematikalashtirish har bir fanning predmeti uning tarixiy taraqqiyoti fundamental bog‘liq murakkab va samarali jarayondir.
Bugungi kunda axborot texnologiyalarining keng rivojlangani pedagogik tadqiqotlarni matematikalashtirish imkoniyatlarini, zaruriyatini yanada oshirdi. Ta’lim-tarbiya jarayoni rivojlanishi sifatini miqdoriy tahlili keng qo‘llanilmoqda.
Pedagogik tadqiqotlarning matematik tili, lingvistikasining shakllanishi ta’lim-tarbiya nazariyasining ifodalovchi vositasiga aylangan. Bu esa pedagogik voqelik, tadqiqoi natijalarini muayyanlik darajasini oshiradi. Shuning uchun pedagogik tadqiqotlarni matematikalashtirish tadqiqot metodlaridan ko'ra ilmiy konsepsiya, nazariyani ifodalovchi samarali vositaga aylanmoqda. Matematik metoaning evrestik xususiyatini oshirish, pedagogik tadqiqotlarni yangilik yaratish, ijodiy izlanish, fikrlash omilkorligini oshirmoqda.
Shuning uchun bo`lajak olimlarni pedagogik tadqiqotlarni matematikalashtirish madaniyati ilmiy tadqiqot intensivligini ta’minlaydi.
Matematik tahlil metodini qollashda:
dalillarni miqdoriy sonlar bilan ifodalash zaruratini asoslash;
sonlar bilan umumlashtirish maqsadini yoritish;
tablitsalarni oddiy, tushunarli til bilan umumlashtirish;
eng muhim miqdorni, jadvaini taqdim etish;
jadvallarni gorizantal va vertikal tahlil qilish kabi tamoyillarga amal ailinadi.
Pedagogik tadqoqitlarda matematik-statistik metodni qo'llashni quyidagi tadqiqot misolida ko‘rib chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: |