Mavzu: Pedagogik ta’limotlar tarixi Reja: Kirish


O‘zbekistonda 1917-1990 yillarda ta’lim tizimi va pedagogika. Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda ta’lim tizimi



Yüklə 60,85 Kb.
səhifə4/5
tarix14.12.2023
ölçüsü60,85 Kb.
#178711
1   2   3   4   5
Mavzu Pedagogik ta’limotlar tarixi Reja Kirish

3.O‘zbekistonda 1917-1990 yillarda ta’lim tizimi va pedagogika. Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda ta’lim tizimi.
Turkistonda o'rnatilgan mustamlakachilik zulmi XIX asr oxiri XX asr boshlarida yanada kuchaydi, iqtisodiy jihatdan mahalliy xalqnitalash, ezish bilan birga, ularni jaholatda, savodsizlikda tutib turish, ma'naviy qashshoqlantirishga intilar edi. Mustamlakachilar shu maqsadda o'lkaga chinovniklar, harbiylar, bankirlar, savdo-sanoat-chilar, muhandis-texniklar, ruhoniylar, ilmiy kuchlar, ishchilar, mujiklardan iborat malaylarini safarbar etgan edi. Zolimlar qanchalik urinmasin, mahalliy aholining hurlik, ozodiik uchun intilishini so'ndirolmadi, milliy-ozodlik harakati kuchayib bordi. Tarixiy vaziyat millat ravnaqini o'ylovchi ziyolilar, mahalliy burjuaziya vakillari, ulamolar orasidan xalqni uyg'otish, milliy ongini oshirish, birlash-tirish uchun kurashuvchi kuchlarni tayyorlab yetishtirdi.
Sharq bilan G'arbni taqqoslab musulmonlar va turkiylar dunyosi, xususan, Rossiya tasarrufiga olingan musnlmonlarning jahon taraqqiyotidan uzilib qolayotganini qrim-tatar farzandi lsmoil Gaspirali (1851-1914) birinchi bo'lib angladi. U turkiy xalqlardagi jaholatni yo'q qilish, ma'naviyat-ma'rifat orqali taraqqiy topgan mamlakatlar darajasiga ko'tarilish harakatini boshlab berdi. lsmoil Gaspirali maorifni isloh qilish, maktablarda dunyoviy fanlarni o'qitish masalasini ko'tardi. U 1884—yilda Qrimdagi Boqchasaroy shahrida jadid maktabiga asos soldi.
«Jadid» arabcha so'z bo'lib «yangi» degan ma'noni bildiradi. U o'zi tashkil etgan maktab o'quvchilari uchun o'quv dasturi tuzdi va darsliklar yozdi. U 40 kun ichida 12 o'quvchining savodini chiqarib, Lezda shuhrat qozondi. «Tarjimon» gazetasini chiqarib, o'z g'oyalarini yoydi. 1888— yilda «Rahbari muallimin yoki muallimlarga yo'ldosh» kitobini nashr etib, jadid m'aktablarining qurilishi, dars o'tish mazmuni, jihozlanishi, sinov va imtihonlar olish usullarini bayon etib berdi.
lsmoil Gaspirali g'oyalari Turkistonga ham kirib keldi. 1893— yilda Turkistonga kelib, ilg'or ziyolilar bilan uchrashdi, Buxoro amiri huzurida bo'lib bitta jadid maktabi ochishga rozilik oldi. Turkistonlik ziyolilar jadidchilikni yoqlab maorifni isloh qilish, «Usuli jadid» maktablarini tashkil etishga kirishdilar. 1898— yilda Qo'qonda Salohiddin domla, 1899— yilda Andijonda Shamsiddin domla va Toshkentda Mannon qori jadid maktabiga asos soldilar. 1903— yilda Turkistonda 102 ta boshlang'ich va 2 ta o'rta jadid maktablari faoliyat ko'rsatdi.
Turkiston jadidlariga Mahmudxo'ja Behbudiy, Abduqodir Shakuriy, Munawar qori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy vaboshqa o'nlab milliy ziyolilar rahnamolik qildilar. Ular dastlab maorifni isjoh qilish yo'lidan bordilar. «Usuli jadid» maktablari tarmog'i kengayib bordi, ularda diniy ta'limot bilan birga tibbiyot, hikmat, kimyo, nujum, handasa kabi dunyoviy bilimlar o'rgatildi, savod chiqarish tezlashtirildi.
Talabalarga Turkiston, turkiylar tarixini o'rgatishga alohida e'tibor berildiki, bu ularning milliy ongini uyg'otishga, jamiyatni etnik jjhatdan birlashtirishga xizmat qilardi. M.Behbudiyning «O'z urug'i otini bilmagan, yetti otasini tanimagan qul-manqurtdir» degan so'zlari talabalarni milliy o'zligini anglashga chaqirar edi. Munawar qorining «Adibi awal», «Adibi soniy», M.Behbudiyning «Kitobatul atfol», «Bolalar maktubi», «Muxtasar tarixi islom», «Jug'rofrya», A.Avloniyning «Adabiyot», «Birinchi muallim», «Turkiy guliston», «Maktab gulistoni» kabi darsliklari milliy maktab va milliy tarbiyani yuqori saviyaga ko'tarishga xizmat qildi. Jadid maktablarida har tomonlama bilimli, ma'naviy yetuk, o'z xalqining tarixini va dunyo ishlarini yaxshi o'zlashtirgan kadrlar tayyorlab chiqarildi.
Jadidlar yoshlarni chet ellarga o'qishga yuborish tashabbusi bilan chiqdilar. Boy tabaqaning ilg'or vakillari jadidlarning bu harakatini ma'qullab, mablag' bilan ko'maklashdilar. Ko'pgina umidli yoshlar Germaniya, Misr, Turkiya va Rossiyaning markaziy shaharlariga o'qishga yuborildi. 1910— yili Buxoroda mudarris Xoji Rafiy va boshqalar «Bolalar tarbiyasi» xayriya jamiyatini tashkil etib, 1911— yilda 15 ta, 1912— yilda 30 ta talabani Turkiyaga o'qishga jo'natdi. 1909— yilda Munawar qori tuzgan «Jamiyati xayriya» ham miskin va ojiz talabalarga yordam berar, yoshlarni chet elga o'qishga yuborishga yordamlashar edi.
Jadidlar Turkistonda milliy matbuotga asos soldilar. Munawar qori 1906— yilda «Xurshid» («Quyosh») jurnalini tashkil etib, unga o'zi muharrirlik qildi. Jurnal xalqning o'z haq-huquqlarini tanishiga, milliy uyg'onishga xizmat qildi. Ammo mustamlakachi ma'murlar tezda jurnalni chiqarishni man qildilar. M.Behbudiy 1913— yilda «Samarqand» gazetasi va «Oyina» jurnalini chiqara boshladi. U «Nashriyoti Behbudiya» xususiy nashriyotini, uning huzurida «Kutubxonai Behbudiya»ni tashkil etdi. Gazeta va jurnalda miilat va ona yurt dardi, xalqni ma'rifatli qilish, erkinligini ta minlash masalalariga bag'ishlangan dolzarb maqolalar chop etiiardi. Ular Rossiya imperiyasi tasarrufidagi turkiy xalqlarga, Eron, Afg'oniston, Hindiston, Turkiyagacha borib yetardi.
Taraqqiyparvar o'zbek ziyolilarining yetakchisi Asadullaxo'ja o'g'li Ubaydullaxo'ja 1913^— yilda «Taraqqiyparvar» deb nom olgan ziyolilarning firqasini tuzadi va 1914— yilda firqaning «Sadoi Turkiston», «Sadoi Farg'ona» gazetalari chiqariladi. Bu gazetalar sahifalarida e'lon qilingan maqolatar ommani mustabid tuzumga qarshi qo'zg'atishga xizmat qildi.
Jadidlar milliy teatrga asos soldilar. Munawar qori rahnamoligida 1913— yilda musulmon drama san'ati havaskorlari jamiyati - «Turon» truppasi tuzildi. 1914— yil 27-fevralda Toshkentdagi «Kolizey» teatri binosida o'zbek milliy teatrining birinchi rasmiy ochilish marosimi bo'ldi. Munawar qori o'zbek milliy teatrining birinchi pardasini ochar ekan shunday degan edi: «Turkiston tilida hanuz bir teatr o'ynal-mag'onligi barchangizga ma'lumdir... Teatrning asl ma'nosi «ibratxona» yoki «ulug'lar maktabi» degan so'zdir. Teatr sahnasi har tarafi oynaband qilingan bir uyga o'xshaydurki, unga har kim kirsa o'zining husn va qabihini, ayb va nuqsonini ko'rib ibrat olur». O'sha kuni sahnada M.Behbudiyning «Padarkush» pyesasi namoyish etildi. Unda islom dinining Turkistondagi buzilishlari tasvirlanib, tamoshabin e'tiborini najot yo'li - maorif, maorifm esa «poklangan din» bera oladi, degan g'oyaga qaratadi. «To'y», «Zaharli hayot», «Juvonboz», «Baxtsiz kuyov» pyesalarida xotin-qizlaming huquqsizligi, ko'pxo-linlik, majburiy nikoh oqibatlari kabi muammolar yoritiladi. Milliy teatr san'ati odamlarga millatda mavjud bo'lgan qusurlar va ijobiy tomonlarni tushunturuvchi oyna bo'lib xizmat qildi.
Jadidlar matbuoti va teatrida ayrim mutaassib ruxoniylarning poraxo'rligi, axloqsizligi ham qattiq tanqid ostiga olindi. Abdurauf Fitrat «Munozara» nomli asarida Buxoro ulomalarining nodonligi va poraxo'rligini ochib tashladi. «Hind sayyohining sarguzashtlari» asarida esa Buxoro, Qarshi va boshqa shaharlardagi iqtisodiy tanazzulga ayrim ruhoniylarning o'z mavqeyini suiiste'mol qilganliklarini asosiy sabab qilib ko'rsatdi. Jadidchi jurnalist va dramaturglar nashavandlik, kashandalik, zinogarlik, fohishalik kabi illatlarni qoralashdi.
XX asrning 70-yillarida AQShda kelajak maktabi umummilliy loyihasini amalga oshirishga kirishildi. Bu eksperiment mazmuni o‘qituvchi buyrug‘i bilan ish tutish, ko‘proq o‘quvchilarga mustaqil ishlash imkoniyatini berishdan iborat. Ta’lim tarkibi sinfda ishlash, mustaqil mashg‘ulot, o‘qituvchi konsultatsiyasini o‘z ichiga oladi.
Germaniya maktablarida sinfda o‘quvchilar sonini qisqartirish sari yo‘l tutilgan. Bunday o‘quvchilarning har biriga individual paketlar (topshiriqlar) tarqatiladi. Toshiriqlarni o‘quvchi mustaqil bajaradi, lozim bo‘lganda u o‘qituvchidan konsultatsiya oladi.
Yuqorida bayon qilinganlardan ko‘zda tutilgan maqsadlar:
- maktablarning insonparvarlik, umuminsoniylik yo‘nalishlarini kuchaytirish;
- o‘quvchi shaxsini shakllantirishning eng samarali yo‘llarini qidirib topish;
- tarbiyaning yangi shakllarda – o‘quvchilar kengashi, maktab kengashlaridan, tarbiyaviy oyinlardan foydalanish;
- maktab o‘quv dasturlarini ixtisoslashtirish, fanlarning o‘zaro aloqasini mustahkamlash, takomillashtirish;
- maktabni mehnat, insoniy faoliyat bilan yakinlashtirish, kasbga yo‘naltirish ishlarini qayta tashkil etish;
- tabaqalashtirib o‘qitishni yo‘lga koyish, maxsus o‘kuv muassasalarini (xam iqtidorli, xam aqliy, jismoniy zaif o‘quvchilar uchun) rivojlantirish;
- yangi, ya’ni o‘quv texnik vositalarni ta’limdagi salmog‘ini oshirish, o‘kituvchilar uchun kompyuter ta’limini yo‘lga koyish;
- pedagogik g‘oyalarni amalga oshirishda keng kamrovli tadqiqotlarni amalga oshirishdan iboratdir.
Amerika Qo‘shma shtatlarida ta’lim tizimining tuzilishi quyidagicha:
1) bolalar 3 yoshdan 5 yoshgacha tarbiyalanadigan maktabgacha tarbiya muassasalari;
2) 1-8- sinflargacha bo‘lgan boshlang‘ich maktablar (bunday maktablarda 6 yoshdan 13 yoshgacha o‘qiydilar);
3) 9-12-sinflardan iborat o‘rta maktablar (bu maktablarda 14-17 yoshgacha bo‘lgan bolalar ta’lim oladilar). U quyi va yuqori bosqichdan iborat.
4) Amerika Qo‘shma Shtatlarida navbatdagi ta’lim boskichi oliy ta’lim bo‘lib, u 2 yoki 4 yil o‘qitiladigan kollejlar xamda dorilfununlar va boshka oliy o‘kuv yurtlari tarkibida tashkil etilgan aspirantura yoki doktoranturalardir.
AQShda majburiy ta’lim 16 yoshgacha amal qiladi. Bu mamlakatdagi o‘quv yurtlari davlat, jamoa, xususiylar tasarrufida va diniy muassasalar ixtiyorida bo‘lishi mumkin.

Xulosa
Xulosa qilib aytamizki,Dunyo ta’lim makonining yuzaga kelishi, faol integratsion jarayonlar, ta’limni “inson kapitali” sifatida e’tirof etilishi, ma’lumot haqidagi diplomlarning dunyo boylab tan olinishi chet el tajribasini o‘rganish jarayonini tezlashtiradi.1997 yilda XTSK (Xalqaro ta’lim standart klassifikatsiyasi) yangilandi. Unda yettita bosqich ko‘rsatilgan. 0 – maktabgacha ta’lim; 1 – boshlang‘ich ta’lim; 2 – o‘rta ta’limning birinchi bosqichi; 3 – o‘rta ta’limning ikkinchi bosqichi’ 4 – o‘rta ta’limdan keyingi ta’lim (oliy ta’lim emas); 5 – oliy ta’limning birinchi bosqichi; 6 – oliy ta’limning ikkinchi bosqichi – oliy ta’limdan keyingi ta’lim.
Jahon ta’lim tizimining ko‘p omilli ko‘rinishga egaligi metablokli, makroregional va alohida davlatlardaga ta’lim tizimini tahlil etishga imkon beradi. Jahon ta’lim tizimining o‘zaro aloqadorligi va o‘zaro harakati belgilariga ko‘ra regionlarni bir necha turga bo‘lish mumkin:Birinchi turga integrasion jarayon generatorlari hisoblangan regionlar kiradi. Bunday regionga eng yorqin misol sifatida G‘arbiy Yevropani keltirish mumkin. Birlik g‘oyasi 1990 yillardan G‘arbiy Yevropa davlatlarida ta’lim islohotlarining asosiga aylandi. Birinchi turga mansub regionlarga shuningdek, AQSh va Kanada kabilarni ham kiritish mumkin. Jahonda integratsion jarayonlarning generatori sifatida yangi Osiyo-Tinchokeani regioni ham shakllanmoqda. Unga Koreya, Tayvan, Singapur va Gonkong, shuningdek, Malayziya, Tayland, Filippin va Indoneziya kabi davlatlarni kiritish mumkin.
Ikkinchi turga integratsion jarayonlarga muvaffaqiyatli javob qaytarayotgan hududlar tegishli. Birinchi navbatda bu Lotin Amerikasi davlatlaridir. Tarixda bo‘lgani singari bugungi kunda ham Lotin Amerikasiga integratsion o‘choqlar zonasi sifatida AQSh va G‘arbiy Yevropa tomonidan ta’sir ko‘rsatilmoqda.
Uchinchi turga ta’lim jarayoni integratsiyasiga kam e’tibor qaratayotgan regionlar kiradi. Mazko’r guruhga Saxara janubidan boshlab Afrika davlatlarining katta qismi, janubiy va janubiy-sharqiy Osiyoning qator davlatlari, Tinch va Atlantika okeani havzasidagi uncha katta bo‘lmagan orol davlatlarini kiritish mumkin. Afrika davlatlarida maktab ta’limining davomiyligi minimal daraja – 4 yildan kam. Mazko’r hududlarda aholining ko‘pchiligi savodsiz. Masalan, janubiy Saxarada yashovchi 140 mln afrikalik savodsizligicha qolmoqda. Maktab ta’limi davomiyligining eng pastligi Nigeriyada – 2,1 yil, keyin Burkina-Fasoda – 2,4 yil, Gveniyada – 2,7 yil, Jibutida – 3,4 yil.
XX asrning oxiriga kelib qator iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy sabablarga ko‘ra ta’limning uzluksizligi va integratsion jarayonlarda og‘ishlar kuzatilayotan hududlar ajratib ko‘rsatildi. Bunday hududlarga arab davlatlari, Sharqiy Yevropa va Sobiq SSSR davlatlari kiradi. Arab davlatlarida ichki integratsiyaga tayanadigan to‘rtta subregionni shakllantirisha intilish kuzatilmoqda. Bu hududlarga: Mag‘rib (Liviya bilan birga), Yaqin Sharq (Misr, Iroq, Suriya, Livan, Iordaniya), Fors ko‘rfazi (Saudiya Arabistoni, Quvayt, BAA, Qatar, Ummon, Baxrayn), Qizil dengiz boyi va Mavritaniya davlatlari.
Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’limning mamlakat ichki siyosatiga faol tasir etadigan ijtimoiy jarayon ekanligining e’tirof qilingani haqiqatdir. Shu tufayli ham rivojlangan mamlakatlarda maktab ehtiyojini iqtisodiy ta’minlashga ajratilayotgan mablag‘ miqdori yildan-yilga oshib bormoqda.


Yüklə 60,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin