Mavzu: Pedagogik ta’limotlar tarixi Reja: Kirish



Yüklə 60,85 Kb.
səhifə1/5
tarix14.12.2023
ölçüsü60,85 Kb.
#178711
  1   2   3   4   5
Mavzu Pedagogik ta’limotlar tarixi Reja Kirish


Mavzu: Pedagogik ta’limotlar tarixi

Reja:
Kirish


1.Pedagogik g‘oyalarning rivojlanish bosqichlari.
2.Temuriylar davrida ilm-fan, ta’lim-tarbiyaning ravnaq topishi. XVII asr va XX asr boshlarida maktab va ma’rifiy fikrlar taraqqiyoti.
3.O‘zbekistonda 1917-1990 yillarda ta’lim tizimi va pedagogika. Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda ta’lim tizimi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


KIRISH
Tarixiy taraqqiyotning keyingi davrlariga kelib, ibtidoiy jamoa tuzumi o'rnini yangi ijtimoiy formatsiya quldorlik tuzumi egalladi. Qadimiy Sharqda birinchi sinfiy jamiyatlar paydo boldi hamda moddiy va ma'naviy madaniyatga asos solindi. Ayniqsa, qadimgi Yunoniston va Rim xalqlari bu madaniyatni rivojlantirishda katta hissasini qo'shdilar.
Darhaqiqat, tarixiy taraqqiyot davomida turh mamlakatlar va xalqlar jahon madaniyatiga turlichayondashdilar va rivojlantirdilar. Masalan, Xitoyda qog'oz ixtiro qilindi, Hindistonda hisoblashning o'nlik tizircfl. kashf etildi, Mesopotamiyada esa er kurrasini graduslarga, sutkani soatlar, minutlar va daqiqalarga bo'hsh o'ylab topildi.
Eramiz boshlanishidan oldin O'rta Osiyoning janubiy chekkasiga yaqin bo'lgan joyda O'rta dengiz bilan Hindistonni birlashtiruvchi karvon yo'li qurildi. So'ngra O'rta Osiyo orqah Xitoydan O'rta dengizga tomon «Buyuk ipak yo'li» ochildi. Natijada O'rta Osiyo xalqaro savdo-sotiq markaziga aylandi. Bu esa o'z navbatida O'rta Osiyo vohalarida madaniyatning rivojlanishiga ta'sir etdi, yozuvning tarqalishiga yordam berdi.
Ayniqsa, qadimgi yunonistonda madaniyat, maktab va dastlabki pedagogik fikrlar boshqa mamlakatlarga nisbatan juda erta rivojlandi.
Yunoniston uncha katta bo'lmagan bir qancha quldorlik davlatlari- dan tashkil topgan. Uning mo'tabar shaharlari Lakoniya (bosh shahri Sparta) va Attika (bosh shahri Afina)dir. Bularning har qaysisida tarbiyaning alohida tizimlari vujudga kelib, Sparta usulidagi tarbiya va Afina usulidagi tarbiya deb ataladigan bo'ldi. Ammo ikkala davlatda ham quldorlik tuzumi hukmron edi.Yunonistonda qullarni «gapiradigan ish quroli» deb hisoblar edilar. Qullar oddiy insoniy huquqlardan ham mahrum edilar.Lakoniya (Sparta)da kemalar to'xtaydigan qulay gavanlar bo'lmaganligi tufayli qullar mehnatiga asoslangan dehqonchilik hukmron edi. 9 ming oiladan iborat bo'lgan quldorlar 250 mingdan ko'proq aholiga hukmronlik qilardi. Tarbiya ishlari davlat ixtiyorida bo'hb, uning asosiy maqsadi spartaliklaming bolalarini baquwat, jismoniy soglom, bardoshli, chiniqqan jangchilar qilib tarbiyalashdan iborat edi.Spartaliklaming bolalari 7 yoshgacha uyda yashar, keyin «agella» deb ataluvchi davlat muassasasida 18 yoshga etguncha tarbiyalanar edi. Ular «pedonom» rahbarligida jismoniy sog'lom bo'lish uchun turli mashqlar bilan chiniqtirilar, sovuqqa, ochlikka va chanqoqlikka chidashga, og'riqqa bardosh berishga o'rgatilar edi. Ta’limning asosiy qismini harbiy gimnastika mashqlari egallar edi.
Qadimgi yunon tarixchisi, faylasuf olim Plutarx Sparta maktablari- dagi ta’lim-tarbiya haqida gapirib, shunday deydi:«O'qish va yozishga kelganda bolalarga faqat ularning eng zaruri o'rgatilar edi, tarbiyaning qolgan qismi esa bitta maqsad: hech so'zsiz itoat qildirjishni, chidamli bo'lishni va engish ilmini o'rgatishni ko'zda tutar edi».
Spartada ta’lim-tarbiyaning yana bir muhim vazifasi yoshlarni qullarga nisbatan shafqatsiz, ularni mensimaydigan qilib tarbiyalashdan iborat edi.



  1. Yüklə 60,85 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin