Xromosomalardan tashqari ro`y beradigan irsiylanish nemis botaniklari K. KORRENS VA E. BAURLARtomonidan 1908- yili ixtiro qilindi. Dastlabki vaqtlarda irsiylanishning bu xili ona organizm orqali irsiylanish degan nom olgan. Aksariyat ko`pchilik belgilarni irsiylanishda ham ota ham ona organizmlar qatnashsa, ona organizm orqali irsiylanishda faqat ona organizm qatnashib, ota organizmning ishtiroki ko`zga tashlanmaydi. Odatda onalik gametasi sitoplazmaga boy bo`lib, otalik gametasi xromosomalardan tashkil topadi. SHunga ko`ra zigota sitoplazmasi asosan ona gametasidagi sitoplazma hisobiga hosil bo`ladi. Bu esa o`z-o`zidan ba`zi bir irsiy omillar ona organizm gametasining sitoplazmasida joylashgan, degan xolosa uchun asos bo`ldi. Natijada ona organizm orqali irsiylanish o`rniga sitoplazmatik irsiylanish tushunchasi ko`pchilik tomonidan etirof qilina boshlandi.
Sitoplazmatik irsiylanish faqat gulli o`simliklardagina emas, balki bakteriyalar, zamburug`lar, suv o`tlari, hashorotlar, mollyuskalar , sut emizuvchi xayvonlar hamda boshqa organizmlarga xos xususiyat ekanligi keyinchalik ma`lum bo`ldi.
Sitoplazmatik irsiylanish kashf etilganiga ancha muddat o`tgan
bo`lsada, XX- asrning 60-yillariga qadar u irsiyatning xromosoma