2.Temuriylar davrida ilm-fan, ta’lim-tarbiyaning ravnaq topishi. XVII asr va XX asr boshlarida maktab va ma’rifiy fikrlar taraqqiyoti.
Tarixdan bizga ma’lumki, Movarounnahrda qariyib bir yarim asr davomida Movarounnaxr mo‘g‘ul istilochilari tomonidan vayron etildi. Fan- madaniyat, ma’rifatga juda katta putur yetkazildi. Xonavayron bo‘lgan Movarounnaxr xalqi XIV asrning boshlariga kelib Mo‘g‘ul istilochilari zulmidan kutila boshladi. Movarounnaxrda kuchli davlat tuzishga bo‘lgan intilish g‘olib keldi. Mo‘g‘ul istilochilariga qarshi Buxoroda xalq Maxmud Torobiy boshchiligida qo‘zg‘aldi, Samarkand va Xurosonda esa Sarbadorlar qo‘zg‘alonlari ro‘y berdi. Natijada Sarbadorlar uzoq muddat xatto xokimiyatni ham boshqarib turdilar.
XIV asrning o‘rtalarida Markaziy Osiyoda mayda feodal xokimlar o‘rtasida nizo kuchaydi, iqtisodiy qiyinchiliklar yuz berdi, siyosatda qat’iyatsizlik avj oldi. Xokimlar o‘rtasida nizolar kuchayishi natijasida mamlakat 10 ta mustaqil beklik va amirliklarga bo‘linib ketdi. Beklar va amirlar o‘rtasida o‘zaro kurash kuchaydi, mamlakat urush va tolon-tarojlar iskanjasida qoldi.Shunday og‘ir bir parokandalik vaziyatda el-yurtning og‘ir yukini Amir Temur o‘z yelkasiga oldi va qariyib 10 yil (1360-1370) davom etgan og‘ir kurashdan so‘ng mamlakatni mo‘g‘ullar istibdodidan xalos qildi. 1370-1380 yillar mobaynida Amir Temur say’i xarakatlari samarasi natijasida beklar va amirlar o‘rtasida nizolarga barxam berildi va Movarounnaxrdagi tarqoq, amirliklar markazlashgan yagona feodal davlatning bayrog‘i ostida birlashtirildi.
Shunday qilib, XIV asrning ikkinchi yarmida Movarounnaxrning feodal tarqoqligiga barxam berildi, mamlakat mo‘g‘ul bosqinchilaridan tozalandi. XIV asrning oxiri XV asrlarda Markaziy Osiyoda feodal munosabatlar yanada rivoj topa boshladi. Soxibqiron Temur va dastlabki temuriylar xukmronlik qilgan davr Movarounnaxr tarixida aloxida o‘rin egalladi.Markazlaiaan buyuk Temur davlatining barpo etilishi bilan Movaraunnaxrda yana fan va madaniyat, maorif kaytadan ravnak topa boshladi. Shuning uchun xam tarixda XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asr o‘rta Osiyoda Shark o‘yg‘onish davrining ikkinchi boskichi deyilishi bejiz emas... chunki, bu davrga kelib, Markaziy Osiyoda iktisodiyot, fan va madaniyat gurkirab rivojlandi.Amir Temur xukmronligi davrida jaxonning ko‘plab shaxarlaridan Samarqandga xunarmandlar, san’atkorlar, muxandislar, olimu-fozillar olib kelindi va ularning tajribalaridan ilm-ma’rifat, madaniyat va qurilish jabxalarida keng foydalanildi.Samarqand va Xirotda madrasalar, rasadxonalar, bog‘u-rog‘lar, madaniyat o‘chog‘lari barpo etildi. Shu davrga kelib tibbiyot ilmini o‘rganishga qiziqish yanada kuchaydi. Riyoziyot, falakiyot, jo‘g‘rofiya, tarix, adabiyot, falsafa, xuquqiy, targ‘ibot, tarbiyashunoslikka oid bir qator ajoyib va muxim asarlar yaratildi. Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Umar ^ayyom, Sa’diy, Al-Xorazmiy, Al-Farg‘oniy, Imom Buxoriy, At-Termiziy meroslarini, shuningdek, yunon-rim madaniyatini o‘rganishga xarakat kuchaydi. Mamlakatda davlatni boshqarishni mukammallashtirish, qurilish, obodonchilik, sug‘orish ishlariga, shaxarlar o‘rtasidagi savdo yo‘llarini kengaytirishga katta e’tibor berildi.Soxibqiron Amir Temur say’i xarakati tufayli Samarqand shaxri yangidan qayta tiklandi. Shaxarda Ko‘k saroy, Bibixonim masjidi, Shoxizinda maqbarasi, shaxar atrofida Bog‘i Chinor, Bog‘i Shamol, Bog‘i Dilkusho, Bog‘i Bexisht, Bog‘i Nav kabi bog‘ va saroylar barpo etildi.
Ko‘xak - Zarafshon, Amudaryoga ko‘priklar qurildi. Toshkent atrofida kanallar qazildi- Sirdaryodan Oxangarongacha bo‘lgan kanallar shular jumlasidandir.
Markaziy Osiyoda rassomchilik, naqqoshlik, 6yezakli-badiiy buyumlar ishlab chiqarish yuqori darajaga ko‘tarildi.Soxibqiron Temur va temuriylar davrida - she’riyat, mantiq, falsafa, tarix, huquq,astronomiya, matematika, nafosat, tilshunoslik, lug‘atshunoslik, musiqashunoslik, tarbiyashunoslik, me’morshunoslik, tijorat — tadbirkorlik, tarjimonlik, xattotlik, jo‘g‘rofiya va elshunoslik kabi boshqa o‘nlab dunyoviy bilimlarni o‘rganish, shu bilimlar asosida asarlar yaratish yo‘lga qo‘iildi.Amir Temur xukmronligi davrida o‘rnatilgan tinchlik mamlakatda madaniyat, ilm-fan, xalq og‘zaki ijodi, adabiyot va san’atning rivojida, madrasalarda ta’lim-tarbiyaning yuqori saviyada bo‘lishida muxim omil bo‘ldi.Ulug‘bek zamoniga kelib esa matematika, astronomiya kabi fanlar ayniqsa rivoj topdi. Tibbiyot, tarix, adabiyot va shular bilan bir qatorda diniy bilimlarning xam ravnaq topishiga katta e’tibor berildi. Oliy maktab - madrasalar qurildi. Buxoro, Samarqand va G‘ijduvonda qurilgan uch madrasa fan taraqqiyotida ilmiy markaz bo‘lib keldi.
Buxorodagi madrasa peshtoqiga bitilgan quyidagi yozuvlar xaligacha yaqqol ko‘zga tashlanadi: «Ilm olmoqqa intilmoq har bir muslim va muslima uchun qarzu farzdir». Shu sababli xam, biz xech ikkilanmay XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asr Markaziy Osiyo tarixida uyg‘onish davri bo‘lib tarix saxifalaridan o‘rin oldi deya olamiz.Shuni ta’kidlash lozimki, bu davrda o‘zbek adabiyotida ancha siljish ro‘y berdi. Atoiy, Sakkokiy, Haydar Xorazmiy, Durbek va Lutfiylar tomonidan qimmatli asarlar yaratildi. Tarjima qilish ishlari jonlantirildi. Ulug‘bek olimlarga xomiylik qilib, ularni rag‘batlantirdi. Uning o‘zi ayniqsa astronomiya va matematika fanlari bo‘yicha muxim ishlarni amalga oshirdi. Ulug‘bek tomonidan rasadxona barpo etildi. Shu davrda Samarqandda Qozizoda Rumiy, Jamshid ibn Ma’sudiy, Mansur Koshiy, Alisher Navoiy, Abduraxmon Jomiy, ulug‘ rassom Kamoliddin Bexzod, tarixshunos Xondamir, xattot Sulton Ali Mashxadiy va boshqalar ijod cho‘qqilariga ko‘tarildilar.Ulug‘bek shogirdi Aloviddin Ali ibn Muxammad qushchi Samarqandiy, ya’ni Ali Qushchi o‘sha davrda Movarounnaxrning madaniy va ilmiy xayotida katta rol o‘ynadi, uning «Risolai dar falaqiyot» deb nomlangan astronomiyaga oid risolasi jaxonga mashxur bo‘ldi va uni o‘z davrining Ptolomeyi deb atay boshladilar.
XV asrda Markaziy Osiyoda tarix fani keng rivoj topdi, til, mantiq, falsafa, tarbiyashunoslikka doir o‘nlab asarlar yaratildi. Ayniqsa, Mir Sayd Sharif Jurjoniy, Xofizi Abro‘ Abdurazzoq Samarqandiy, Xondamir, Davlatshoh Nizomiddin Shomiy, Ibn Arabshoh, Sharofiddin Ali Yazdiy va shu kabi o‘nlab olimu-fuzalolarning yaratgan asarlari jahon fanida katta o‘rin egalladi. Sulton Xusayn Boyqaro hukmronlik qilgan davrga kelib, olimlar va shoirlar Samarqanddan Hirotga ko‘chib o‘tdilar. Xirot ilmiy-madaniy markazga aylantirildi. Alisher Navoiy Xirotda fan, madaniyat, ilm va ma’rifatga homiylik qilishi natijasida bu yerda shoirlar, musavvirlar, hattotlar, olimu-fozillar yetishib chiqib, jahon ilmu fani olamida nom qozondilar.
Bu davrda bir qator ilm maskanlari barpo etildi, xususiy maktablar yuzaga keldi, muallim yollab bolalarni uyda o‘qitish tadbirlari odat tusiga kirdi. Shahar va qishloklarda, ovullarda ochilgan maktablarda bolalarni o‘qitish 6 yoshdan boshlandi. Aholi savodxonligini oshirish maqsadida ko‘plab tadbirlar o‘tkazildi. uquvchilar maktablarda savod chiqarganlaridan so‘ng Buxoro, Samarqand, Xuroson, G‘ijduvon va boshqa shaharlardagi madrasalarga borib u yerda ham diniy, ham dunyoviy fanlardan bilim olar edilar. Biz yuqoridagilardan xulosa chiqargan holda haqiqatdan ham XIV-XVI asrlarda Movarounnahrda ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiya, madaniyat, san’at va pedagogik fikrlar yuksak taraqqiyot darajasiga erishgan deb aytaolamiz. Uzoq yillar mobaynida mustamlaka iskanjasida Kun kechirgan xalqimiz o‘z vatandoshini qadrlash, uning tarixiy mavqeini munosib o‘rniga qo‘yish imkonidan mahrum edi.Mustaqilligimiz sharofati ila bunday nomaqulchiliklarga chek qo‘yildi. Tarixni xolisona o‘rganish, tarixni soxtalashtirmay, uning sarhadlarini buzmay, bor haqiqatni oydinlashtirib ma’lumot berish imkoniyatlariga ega bo‘ldik...Darhaqiqat o‘tmishga nazar tashlaydigan bo‘lsak, Amir Temur nomi tariximiz sahifalaridan qora bo‘yoq bilan o‘chirildi, unutilishga mahkum etildi. Maqsad xalqimizning yuragidan milliy ong, milliy g‘urur tuyg‘usini yo‘qotish, uni qaramlikka, tobelikka ko‘ndirish edi. Lekin o‘zbek xalqi o‘z ajdodlarini, o‘z bahodirlarini unutmadi, hamisha yuragida, qalb to‘rida saqladi.Muhammad Taragay Bahodir o‘g‘li Amir Temur yoshlik chog‘idan mard, dovyurak, g‘ururli, o‘tkir zexn va aklu idrok egasi bo‘lib o‘sdi. Turli dunyoviy ilmlarni, xarbiy san’atni egalladi. Qur’oni Karimni yod oldi, xadis ilmini o‘rgandi. Iymon-e’tikodli, xalol-pok inson bo‘lib yetishdi».
I.A.Karimov ta’kidlaganidek insof-iymon tuyg‘usi, diyonat mezoni Amir Temur xayotining mazmunini tashkil etadi. Olamning kariyib yarmiga jaxongir ersa-da, u kuch-kudrat zo‘rlik, zo‘ravonlik emas, adolatda ekanini teran anglatdi. Shu bois bo‘lsa kerakki, o‘tmishda jaxon ilm axli, mashxur muarrixlar o‘z asarlarida Amir Temur ismiga Ko‘ragon, Soxibqiron, Qutbiddin, Abulmansur kabi unvonlarni qo‘shib, uni e’zozlab, ulug‘lab, xikoyat, rivoyat va xotiralar bittanlar.«Tarixiy manbalarda zikr etilishicha, Amir Temur xushfe’llik, adolat, saxovat, lutfi-karam, islom axloq-odob qoidalariga rioya va amal qilish, insonlarni jamiyatda tutgan o‘rinlari qanday bo‘lishidan qat’iy nazar barobar xurmat qilish, ular bilan samimiy muomalada bo‘lish, berilgan va’da va zimmaga olingan ahdnomalarni vaqtida bajarish kabi qator yuksak insoniy fazilatlarga ega bo‘lgan.
U yoshligidan boshlab o‘z oldiga ona yurtni mo‘g‘ul bosqinchilaridan ozod qilish maqsadini qo‘ydi, yer yuzida buyuk saltanat soxibi sifatida el va elatlarning boshini qovushtirdi. Mamlakat qudratini xar sohada yuksaklikka ko‘tarib, dunyoga mashxur qildi.Amir Temur davlati qurilishi, xarbiy san’ati ko‘p asrlar davomida Sharqu G‘arb davlatlariga o‘rnak va andoza bo‘ldi. Uning zamonida madaniyat, ilmu fan, me’morchilik, tasviriy san’at, musiqa she’riyat beqiyos rivoj topdi, xalqimizning ko‘p an’analari takomilga yetdi. Amir Temurning madaniyat va din axillariga ko‘rsatgan cheksiz mexr-muruvati ayniksa ibratlidir.Amir Temur nomi umumbashar tarixida Movarounnaxr va buyuk Turkiston o‘lkalarida ilm-fan xomiysi sifatida xam qolganini ta’kidlash lozimdir. Ma’lumki, u nafakat o‘z mamlakatini, balki o‘zga o‘lkalarni xam obod qilish uchun katga kuch va g‘ayrat sarflagan. Doktor Shamsuddin Samiyning «Alq A’lom» komusining «Temur» bandida Amir Temurning o‘zi olim bo‘lgani, ulamolarning raxnamosi, ularni yaxshi ishlarga rag‘batlantiruvchi shaxs ekanligi zikr etilgan va o‘z poytaxti Samarkandni katta g‘ayrat bilan obod kilib, u yerda kator madrasa, kugubxona va madaniyat saroylarini barpo etgani, «Tuzuklar» nomi bilan asar yozib, turli qonunlar yaratgani, o‘z tarjimai xolini xam adabiy, chig‘atoy tilida yozgani xamda Temur va temuriylar davrida san’at va adabiyotning rivoj topganini eslatib o‘tadi. Shuningdek, doktor Shamsuddin Boboxonov Amir Temur buyuk lashkarboshi, mohir sarkarda sifatida mukammal, yaxshi qurollangan, tezkor xujum qilishga qodir, muayyan taktika va strategiyaga ega bo‘lgan qudratli armiyaga asos soldi.Bu armiya o‘nlik, yuzlik, minglik va tumanliklarga bo‘lingan edi. Amir Temurning xarbiy san’ati, uning taktika va strategiyasi ko‘p mamlakatlarda, jumladan, Fransiya, Rossiya va boshqa mamlakatlarning xarbiy akademiyalarida maxsus o‘rganilgan va xozirgi kunga qadar o‘rganib kelinmokda deb, ta’kidlashi xam Soxibqiron Amir Temurning buyukligidan dalolat beradi.Zamondosh tarixchilarning e’tirof etishicha, soxibqiron Temurning eng xarakterli xususiyatlari - davlat, mamlakat va fuqaroning g‘amxo‘ri bo‘lganligi edi. Jaxongirlik qoidasi esa xaqiqat - sixat-salomatlik, xaqiqat-tartib, xaqiqat - adolat deb tushunilgan.
Buyuk bobokalonimiz xar vaqt: «Insonparvarlik va mardlikni Alloh ham, xalk ham uluglaydi», degan xikmatli so‘zni takrorlashni xush ko‘rgan va xayotda o‘zlari bunga amal qilganlar. Dastavval shuni aytish kerakki, Amir Temur, odob - axloq, iymon-e’tiqod, ta’lim-tarbiya soxasida o‘zi yuksaklikka, mukammallikkaerishgan siymolardan biridir. Bunga ishonch xosil qilish uchun uning o‘zi tomonidan yaratilgan odob-axloqqa oid dasturlar, o‘gitlar, pand-nasixatlarni, shuningdek Soxibqiron xaqidagi tarixiy asarlarni ko‘zdan kechirish kifoya.
Muxammad Tarag‘ay – Ulug‘bek 1394 yiliing 22 martida Eronning g‘arbidagi Sultoniya shaxrida(bobosi Soxibqiron Amir Temurning xarbiy yurishi paytida) tavallud topdi. U Shoxrux Mirzoning to‘ng‘ich o‘g‘li bo‘lib, unga Muhammad Tarag‘ay deb ism berildi. Lekin uni bobosi alohida mehr bilan Ulug‘bek deb atayvergani uchun uning asosiy ismi Ulug‘bek bo‘lib qoladi va u jahonga shu nom bilan shuhrat tarqatadi. Ulug‘bekning bolalik yillari bobosi Temurning harbiy yurishlari davriga to‘g‘ri keladi. Ulug‘bekning tarbiyasi bilan buvisi Saroymulkxonim shug‘ullanib, sevimli nabirasiga o‘qish-yozishni o‘rgatgani, tarixiy mavzularda hikoya va rivoyatlar so‘zlab bergani uning hayotida o‘ziga xos maktab bo‘ldi.
Rasadxona negizida Samarqandda astronomiya maktabi vujudga keladi. Bu maktabda tanikli olimlar dars beradilar.Shunday qilib, Ulug‘bekning falakkiyot maktabi o‘z davrining akademiyasi («Dorul-ilm») bo‘lgan va o‘rta asrlar musulmon Sharqi falakiyotining rivojiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Mirzo Ulug‘bek xizmatlaridan yana biri shundaki, u avvalo yosh avlodning akdiy va ma’rifiy tarbiyasiga katta axamiyat berib, ularni dunyoviy bilimlarni egallashga da’vat etdi, xar qanday johillik va bilimsizlikka qarshi kurashdi.
Dostları ilə paylaş: |