Pedagogik g‘oyalarning rivojlanish bosqichlari.
Yoshlarga axloqiy tarbiya berishda davlat rahbarlari maxsus suhbat- lar o'tkazib, shu yol bilan ularga axloqiy va siyosiy tarbiya berar, bolalarni savol-javob jarayonida aniq va lo'nda javob berishga o'rgatgan. Yigitlar 18—20 yoshga etganda «Efeblar» o'spirinlar guruhida harbiy xizmatni o'taganlar.Spartadaqizlartarbiyasigahamalohidae’tiborberilgan. Ulami harbiy va jismoniy tarbiya malakalari bilan qurollantirib borilgan. Chunki erkaklar jangga ketganlarida ular shaharni qo'riqlab, qullarni itoatda saqlashini ta’minlar hatto jangga ham qatnashardilar.
Afinada esa hayot, tartib, intizom, maktab tizimi va undagi ta’lim- tarbiya spartanikidan butunlay farq qilar, qullar xususiy mulk hisoblanar edi. Afinada eramizdan ilgarigi V—IV asrlarda madaniyat gullab yashnadi. Fan, me’morchilik va haykaltaroshlik rivoj topdi.Ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan etuk kishini, Afinada eng ko'rkam va barkamol inson(ideal) hisoblangan.Bolalar 7 yoshga etguncha uyda tarbiyalanar, o'g'il bolalar 7 yoshdan boshlab maktabga qtnar, qizlar esa oilada ona ko'magida uy-ro'zgor ishlariga o'rgatilar, chunki xotin-qizlaming hayoti uy doirasidan chiqmas edi.Afinada bolalar dastlab 7 yoshdan 13—14 yoshgacha «grammatist» (savod o'rgatish ma’nosida) yoki «kifarist» (grekcha musiqa o'qituvchisi ma’nosida) maktablarda tahsil oiganlar. Bu xususiy maktablarda o'qish pullik bo'lgan. Shuning uchun kamxarj fuqarolaming bolalari ushbu maktablarda ta’lim ololmagan.
Maktablarda «didaskol» deb atalgan o'qituvchilar mashg'ulot olib borar edilar. (Men o'qitaman, degan ma’nodagi «didasko» so'zidan keyinroq «didaktika» — ta’hm nazariyasi kehb chiqqan).O'g'il bolalami maktabga qullar etaklab borar edi, bunday qul pedagog deb atalgan («pays» - bola, «agogeyn» - etaklab borish degan so'zlardan olingan). Grammatist maktabida o'qish, yozish va hisoblash o'rgatilar edi, o'qishda harflarni hijjalab o'qitish usuli, so'ng qo'shib o'qish usulidan foydalanganlar. Yozuvni o'rgatishda mum surilgan yaltiroq taxtachalardan foydalangan va ingichka cho'p yordamida yozganlar. Sonlar barmoqlar, sopol toshlar, sanoq taxtasi yordami bilan hisoblagan. Kifarist maktabida adabiy bilim va estetik tarbiya berilar, muzika, ashula, deklomatsiyalar o'rgatilar edi.O'g'il bolalar 13-14 yoshga etganlaridan keyin palestra («kurash maktabi») deb atalgan o'quv yurtiga o'tar, bu yerda ikki-uch yil davomida jismoniy mashqlar bilan shug'ullanardilar. Masalan: sakrash, yugurish, kurashish, disk va nayza uloqtirish, suvda suzish kabilar. Palestrada o'qish tekin bolgani uchun yoshlaming ko'pchiligi shu yerda o'qish bilan cheklanib qolar edi. Badavlatroq oiladan bolganlari esa palestrani tugat- gach gimnasiyga (jismoniy, ijtimoiy tarbiya) kirar edi. Ularga falsafa, siyosat, adabiyot fanlari o'rgatilar, tahsilni tugatganlar davlat boshqaruvihda qatnashishlari mumkin edi.
Nihoyat, Spartada bo'lgani kabi, Afinada ham 18 dan 20 yoshgacha bolgan yoshlar Efeblar qatoriga o'tib, harbiy xizmatga tayyorlanar va siyosiy bilimlarini oshirishni davom ettirardilar.Aholining ko'pchilik qismi bolalarni maktablarda o'qita olmaganligi sababh ularga kasb-hunar o'rgatish odat tusiga kirgan edi. Ayrim xat- savodi bor ota-onalar bolalariga o'qishni o'zlari o'rgatar edilar. Bu davlat tomonidan qonunlashtirilib qo'-yilib bechorahol tabaqaga mansub ota- onalar o'z bolalariga biror kasbni o'rgatishga majbur edilar. Aks holda ulaming bolalari kelgusida keksayib qolgan ota-onalari to'g'risida moddiy g'amxo'rlik qilishdan ozod etilgan.Qadimgi Yunonistonda pedagogik nazariyalarning tug'ilishi
Yunonistonda maktab va madaniyatning tez rivojlanishi pedagogika nazariyasining tug'ilishiga imkon yaratdi. Pedagogika nazariyasiga olim va faylasuflardan Suqrot, Platon, Aristotel va Demokritlar asos soldilar. Quyida bu faylasuf olimlar haqida qisqacha to'xtalib o'tamiz.Suqrot(Sakrat). (eramizdan avvalgi 469-399-yillar) O'zining ijtimoiy kehb chiqishiga qaramay (Suqrot haykaltaroshning o'g'li edi) konservativ zamindor aristokratlarning ideologi edi. Bu albatta uning falsafiy va pedagogik qarashlarida o'z aksini topdi. Suqrot dunyoning tuzilishini, buyu(mlarning fizik holatini bilib bo'lmaydi, odamlar faqat o'zlarinigina bilishi, axloqni kamol toptirishi lozim deb hisoblar, faylasuf bo'hshi bilan birga ajoyib notiq ham edi. Keng maydonlarda so'zga chiqar, axloqqa doir masalalar yuzasidan suhbatlar o'tkazar, tinglovchilami savol-javob yo'li bilan haqiqatni topishga undar edi. Bu «Suqrot metodi»(Evristik) nomi bilan fanga kirgan.Suqrot — falsafiy dialektikaning asoschilaridan biri. Baxs orqah, ya'ni muayyan masalalarni o'raga qo'yish va ularga javob topish yo'li bilan haqiqatni aniqlash mumkin deb uqtiradi faylasuf.
Aristotelning yozishicha Suqrot mavjud haqiqatdan umumiy tushunchalarga o'tish haqidagi induktiv ta’limotni hamda har bir narsaning\ mohiyatini bilishning birinchi imkoniyatini beradigan tushunchalami aniqlash haqidagi ta’limotni yaratgan. Suqrotning etika sohasidagi asosiy tezislari quyidagilardan iborat: ezgulik bilimdir, donishmandlik, ya'ni yaxshilikni biluvchi yaxshilik qiladi; yomonlik qiluvchi esa yaxshilikni yo bilmaydi yoki pirovardida yaxshilikning tantanasi uchun yomonlik qiladi. Suqrotning ta'biricha, aql bilan axloq o'rtasida ziddiyat bo'hshi mumkin emas. Ulug' faylasuf tarbiyada axloqiy, estetik, jismoniy tarbiya mezonini ishlab chiqdi. Lekin Suqrotning axloqiy qarashlarida tengsizlikni yaqqol sezish mumkin. Uning fikricha, axloq faqat imtiyozli «mumtoz»largagina xos, «mumtoz» kishilar haqiqiy axloqning yagona egalari bo'lganliklari uchun hokimiyat ham ularning qollarida bo'lmog'i kerak deydi.
Suqrot davlat boshqaruvining monarxiya, tiraniya, aristokratiya, pohtiya va demokratiya kabi shakllarini tanqid qilgani uchun ayblanib, o'hm jazosiga hukm qilinch o'z ixtiyori bilan zahar ichgan.Aflotun(Platon) eramizdan ilgari (424-347-yillari) yashagan. Qadimgi Yunonistonning mashhur - idealist faylasufi, Suqrotning sho- girdi, ob'ektiv idealizm nazariyasining asosichisi «g'oyalar dunyosi»ni birlamchi, his qiluvchi narsalar dunyosini ikkilamchi deb hisobladi.
Aflotun olamni hodisalar dunyosi va g'oyalar dunyosi deb ikkiga boldi. Uning fikricha g'oyalar abadiy va o'zgarmasdir. Uning nazarida, narsalar g'oyalar olamining soyasidir, xolos.
Afina aristokratiyasining namoyondasi bo'lgan Aflotun, aristokrati- yaning abadiy hukmronligi haqidagi nazariyani ilgari surdi. Uning fikricha ideal aristokrajtik davlat uch xil ijtimoiy guruh: faylasuflar, jangchilar, hunarmandlar va dehqonlar guruhidan iborat bo'lishi lozim. Faylasuflar davlatni boshqaradilar, jangchilar uni har qanday dushmandan himoya qiladilar, uchinchi guruh esa mehnat qihb, mo'l hosil etishtirib, faylasuflar va jangchilami boqadilar. Uning tasawuridagi ideal davlatda qullar ham hunarmandlar ham huquqsizdirlar, qanoat va itoatkorlik fazilatlariga xos deb ta’kidlaydi u.Aflotun - davlat tomonidan tashkil etilmog'i va hukmron guruhlaming
- faylasuflar va jangchilarning manfaatini ko'zlamog'i lozim. Aflotun o'zining pedagogika tizimida Sparta va Afina tizimining ba’zi bir belgilarini birlashtirishga intiladi.Aflotunning fikricha, bolalar uch yoshdan 6 yoshgacha davlat tomonidan tayinlab qo'-yilgan tarbiyachilar rahbarhgida maydonchalar- da turh o'yinlar o'ynash bilan shug'ullanishlari lozim. Aflotun o'yinlami maktabgacha tarbiya vositasi deb hisoblab, ularga katta ahamiyat beradi, shuningdek, bolalarga hikoya qihb beriladigan materiallarni sinchiklab tanlash kerakligini ham uqtirib o'tadi. U bolalarga yoshlik chog'idanoq ijtimoiy tarbiya berish tarafdori edi.
Aflotun xotin-qizlar tarbiyasi xususida fikr yuritib, Spartadagi usulni ma’qullaydi.Umuman Aflotun tarbiya tizimining butun mazmuni va mohiyati jismoniy mehnatdan g'oyat nafratlanish ruhi bilan sug'orilgan. Aflotun g'oyasiga ko'ra bo'lajak faylasuflar va jangchilarning «jismoniy mehnat to'g'risida xato o'ylashlari» ham taqiqlab qo'yilgan, shuningdek qullaming bolalarini o'qitmagan ma’qul.Biroq, Aflotun maktabgacha tarbiya to'g'risida, davlat tomonidan izchillik bilan ohb borilishi lozim bo'lgan tarbiya tizimi to'g'risida bir qancha muhim fikrlarni aytib, ijobiy o'mak namunasida tarbiyalashni talab qilgan.
Aflotun o'zining axloqiy g'oyalarini ilgari surar ekan, ustozi Suqrotga ergashib, ob’ektiv idealizm yo'lini tutadi. Aflotun etikasining asosiy nazariy tayanch nuqtasi — inson ongi chegaralaridan tashqarida bo'lgan va mangulik g'oyalari olamida xudoning doimiy nazorati ostida bo'ladigan yagona o'zgarmas «yaxshilik» g'oyasidir. Uning fikricha, erdagi yaxshiliklaming hamma turi o'zida me’yor, go'zallik va haqiqatdan iborat uch tushunchani jamlagan ohy «yaxshilik g'oyasi»ning inikosigina bo'hshimumkin. Odamning axloqiy hayoti shu oliy «yaxshilik g'oyasi»ga intihshga to'la bo'ysungan va xushbaxtlikni tashkil etadigan, faqat ohy «yaxshilik» g'oyasiga intilishdagina xulqning namunasini ko'rish mumkin.
Platonning shogirdi bolgan, makedoniyalik Iskandami tarbiyalagan, qadimgi Gresiyaning eng yirik ideahst-faylasufi va olimi Arastuning pedagogika nazariyasini yaratishdagi va uni rivojlantirishdagi xizmatlari juda ulkan.Arastu(Aristotel) (eramizdan avvalgi 384-322-yillar)da yashagan. Aflotunning shogirdi, makedoniyalik Iskandarning ustozi. Qadimgi Yunonistoning yirik ideahst-faylasufi va olimi.Aflotun olamni g'oyalar va hodisalar dunyosiga bolgan boisa, uning shogirdi Arastuning aytishicha, g'oyani shaklga o'xshatish mumkin. Har qanday buyumda biz uning moddasini va shaklini ko'rishimiz mumkin. Moddada narsalar bo'hshi uchun imkoniyatlar bor; modda biron shakl oiganidan so'nggina narsa boiib qoladi. Chunonchi, marmaming o'zi bir moddadir, ammo unga ma’lum shakl berilsa, haykal tusini olishi mumkin.
Butun hayot taraqqiyot jarayonidir, bu jarayon, Arastuning fikricha, tashqi kuchlaming ta’siri ostida sodir bo'lmaydi, balki ichki taraqqiyotning o'zidir. Arastu tashqi olamning mavjudligiga shubha qilmaydi va hissiy tajribani, sezgilarni bilishning asosi deb hisoblaydi. Arastuning ta’kidlashicha bilishdagi xatolar noto'g'ri tafakkurdan, ya’ni hissiy tajribani noto'g'ri talqin qilishdan kehb chiqadi.Arastu shakl bilan mazmunning birligini ko'rsatib o'tdi, taraqqiyot g'oyasini olg'a surdi.Arastu olamda tana va jon bor, tana bilan jon materiya bilan shakl tariqasida bir-biridan ajralmagan holda mavjuddir, deydi. Uningcha, uch xil jon bor: o'simlikdan tarkib topgan jon oziqlanish va urchib ko'payishda namoyon boladi; hayvonotdan tarkib topgan jon, o'simlik xossalaridan tashqari sezgilarda va istaklarda namoyon bo'ladi; aqlning ifodasi bolgan jon, o'simlik va hayvonot xossalaridan tashqari, u tafakkur yoki bilish xislatlariga ega. Insondagi jonning hayvoniy qismi aqlga tobe bolganligi sababh, uni iroda deb atash mumkin.
Arastuning fikricha, jonning mana shu uch xiliga muvofiq uch xil tarbiya - jismoniy, axloqiy va aqhy tarbiyalardir. Tarbiyaning maqsadi aql va irodani kamol toptirishdan iborat. Har bir moddada rivojlanish imkoniyati bor bolganidek, insonga ham tabiat faqat qobiliyatlaming boshlang'ichinigina beradi, insonda kamol topish imkoniyati mavjud va bu imkoniyat tarbiya vositasi bilan ro'yobga chiqariladi.Eramizdan avvalgi minginchi yillarning o’rtalarida eng qadimgi ajdodlarimiz tomonidan qahramonlik mavzusida juda ko’plab afsona va rivoyatlar yaratilgan bo’lib, ular avloddan avlodga og’zaki va yozma ravishda o’tib borgan. Agar ushbu afsonalar zardushtiylik dinining muqaddas kitobi “Avеsto” asari mundarijasidan o’rin olmaganda edi, biz ular haqida hеch qanday ma'lumotga ega bo’lolmagan bo’lardik. Qadimgi Markaziy Osiyo xalqlarining ma'naviy madaniyati haqidagi bilimlarning bеbaho manbasi “Avеsto” bo’lib, u dunyodagi eng qadimgi dinlardan bo’lgan zardushtiylik tarafdorlari uchun muqaddas kalima hisoblanib, payg’ambar Zardusht to’planganlarga undan va'z o’qigan. “Avеsto”ning eng qadimgi matnlari mil.av. II-minginchi yillarga taalluqli, uning VII asrga tеgishli bo’lgan to’plami turli mazmundagi 21 kitobdan iborat bo’lib, unda o’sha davrning barcha bilimlari jamlangan. Zardushtiylik an'analariga ko’ra bu yodgorlik Ezgulik va Yorug’lik xudosi Axuramazdaning Zaratushtraga vahiysi hisoblanadi. Biroq unda qadimgi mifologik tasavvurlar, miflarning kеng tarqalishi, qahramonlik epik rivoyatlaridan parchalar ham tasvirlanadi. Shuningdеk, diniy yo’l-yo’riq “payg’ambar davridan” kеyin zardushtiylikning rivojlangan “e'tiqod ramzi” yuzaga kеldi. “Avеsto” asari kim tomonidan yaratilgani borasida turli qarashlar mavjud bo’lib, mashhur sharqshunos olim Е.E. Bеrtеlsning fikriga ko’ra, ushbu asar 1278 yilda Rayd Zardusht ibn Bahrom ibn Pajdu dеgan kishi tomonidan yozilgan. Mazkur fikr “Zardushtnoma” dostonida bayon etilgan ayrim fikrlar asosida yuzaga kеlgan. Xususan, dostonda Avеsto va Zеndni Zardusht dunyoga kеltirgani, uning tug’ilishi va kеyingi hayoti xususidagi ma'lumotlar kеltiriladi. Zardusht tomonidan asoslangan din uning hayotligidayoq ko’plab o’lkalarga yoyiladi. Biroq Zardusht vafot etganidan so’ng zardushtiylik dinining g’oyalari yanada kеng yoyila boshlaydi.“Avеsto” asari eramizdan avvalgi VI asrning oxiri va IV asrning boshlarida yaratilgan bo’lib, u uzoq davrlar mahsuli sanaladi, davrlar o’tishi bilan qayta-qayta ishlanadi.
Dostları ilə paylaş: |