Mavzu:Pedagogik texnalogiyalarning rivojlanish
bosqichi õziga xos hususiyatlari
SHarof Rashidov nomidagi Samarqanda davlat unversiteti
Kirish
Pedagogik texnologiya o'zida quyidagi o'ziga xos xususiyatlami namoyon
etadi: 1) Pedagogik texnologiya pedagogik jarayonnni takomillashtirish,
optimallashtirishga bo‟lgan ijtimoiy ehtiyojni qondirish omili sanaladi.
2).Pedagogik
texnologiya didaktik, tarbiyaviy xarakterdagi ta‟lim-tarbiya jarayonini
samarali,
mahoratli tarzda tashkil etishga oid nazariy va amaliy bilimlar majmui,
metodologik
fan sifatida namoyon bo‟ladi. 3).Pedagogik texnologiya ta‟lim-tarbiya
jarayonining
umumiy mohiyatini aks ettiruvchi yaxlit jarayondir. 4). Pedagogik texnologiya
yo‟naltiruvchanlik vazifasini bajaradi, ya'ni, u shaxsni rivojlantirish,
tarbiyalash,
shakllantirish uchun xizmat qiladi. 5). Pedagogik texnologiya - shaxsiylik
xususiyatiga ega bo‟lib, muayyan texnologiyalarni ta‟lim-tarbiya jarayonida
qo‟llashga nisbatan yagona, qatiiy, me‟yoriy (standart) talablar
qo‟yilmaydi.6). Har
bir pedagog u faoliyat olib yuritayotgan ta‟lim-tarbiya muhitining
xususiyatlari,
mavjud ichki va tashqi shart-sharoitlarini inobatga olgan holda muayyan
texnologik
yondashuvni amalga oshirish imkoniyatiga ega.
Reja:
1.
Pedagogik texnologiyalarni kelib chiqish zarurati, vujudga
kelishi va shakllanishi.
2.
«Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat»
fanining mazmuni, maqsadi, predmeti va vazifalari
3.
Bugungi kunda pedagogik texnologiyalar tushunchasiga
berilgan ta'riflar va ularniig tahlili.
4.
Pedagogik texnologiyalarning o'ziga xos xususiyatlari.
5.
Pedagogik texnologiyaning manbalari, metodologik
asoslari va uning xususiy metodikadan farqi.
1.Pedagogik texnologiyalarni kelib chiqish zarurati, vujudga
kelishi va shakllanishi.
Bugungi kunda jamiyatimizda yangi ijtimoiy munosabatlarning shakllanishi,
ta'limning dunyo ta'lim tizimiga integratsiyalashuvi, demokratiyalash va
insonparvarlashtirish jarayonlarining rivojlanishi ta'lim jarayonida
zamonaviy pedagogik texnologiyalarga yangicha yondashuv zarurligini
taqozo etmoqda.
Nega bugungi kunga kelib, pedagogik texnologiyaga qiziqish shunchalik
darajada kuchaydi, degan mulohaza tug’ilishi tabiiy. Jamiyatimizga
qanchadan-qancha bilimli va malakali kadrlarni etishtirib kelgan
pedagogikaning o'ziga xos uslublari mavjud. Pedagogik jamoatchilikning
aksariyati mana shu yo'ldan bormoqda, ammo mustaqillik va kelajak sari
intilayotgan jamiyatga bu yo'l kutilgan samara bilan xizmat qila olmaydi.
Chunki buning zamirida ma'lum sabablar mavjud, ya'ni:
Rivojlangan mamlakatlar qatoridan o'rin olish uchun, aholi ta'limini
jadallashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida zamonaviy
pedagogik texnologiyalardan foydalanish zarurligi;
Fan-texnika taraqqiyotining o'ta rivojlanganligi natijasida axborotlar tizimi
hajmining tobora ko'payib borayotganligi;
Zamonaviy texnika va texnologiyalarni ta'limga tatbiq etish, ta'lim jarayonini
kompyuterlashtirish, o’quv-tarbiya jarayonida axborot texnologiyasi va
texnik vositalardan foydalanish kerakligi;
Talaba va o'qituvchi faoliyatini to'g’ri yo'lga qo'yish, o'qituvchi ta'lim maqsadi
va mazmunini puxta bilishi, ta'lim usullari, metodlari va vositalarini yaxshi
egallagan bo'lishi, talabaning qiziqish va intiluvchanligini to'g’ri yo'lga
yo'naltira olishi lozimligi;
O'qituvchi ta'lim jarayonini yuqori darajada, samarali tashkil etish uchun
maqsad va vazifalarni aniq belgilashi, ta'lim natijasini oldindan qayd etishi,
o’quv predmetlarini to'liq o'zlashtirishga erishish uchun zaruriy ta'lim
vositalari, shart-sharoitlarini tayyorlashga erishishi kerakligi;
O’quv jarayoni uchun zarur moddiy-texnik bazaning yaratilgan bo'lishligi;
Ta'lim-tarbiya jarayoni natijalarini xolisona va ob'ektiv baholash, talabalarning
bilim va malakalarini egallash jarayonini nazorat qilish va baholashni
avtomatlashtirishga erishilganligi;
O'sib kelayotgan yosh avlodni hayotga mukammal tayyorlash talabi ularga
eng ilg’or bilim berish usuli hisoblangan ob'ektiv borliqqa majmuiy
yondashuv tamoyilidan foydalanishni talab qilishi kabi muammolardadir.
Demak, zamonaviy pedagogik texnologiya yuqorida keltirilgan shartlarning
barcha talablariga javob beradigan ta'limiy tadbir hisoblanadi.
Bugunga kelib pedagogik texnologiyaga qiziqish kuchayganining sababi
shundaki, rivojlanayotgan davlatlarda, odatda, birinchi navbatda,
pedagogik texnologiyaga ta'lim sohasidagi siyosatning bosh vazifasi
sifatida qarab kelingan. Bunday yondashish YUNESKO tomonidan ham
ma'qullandi va 1972 yilda «Ta'limni rivojlantirish masalalari» bo'yicha
Xalqaro Komissiya tashkil topdi. Bu komissiya zamonaviy texnologiya -
ta'limni modernizatsiyalashda harakatlantiruvchi kuchdir, deb baholadi.
2. «Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat» fanining
mazmuni, maqsadi, predmeti va vazifalari.
Pedagogik jarayonlar uchun tatbiq qilinuvchi texnologiyaning an'anaviy va
noan'anaviy, tarixiy, klassik, yangi va zamonaviy turlari farq qilinmoqda.
Asosiy maqsad - shaxsning ta'lim va tarbiyasi hamda uning aqlan va
jismonan rivojlanishi bilan bog’liq kasbiy faoliyat ekanligini nazarda tutsak,
qanday nomlanishidan qat'iy nazar, pedagogik texnologiya komil inson
tushunchasiga mazmunan singib ketishi lozim.
«Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat» kursining maqsadi -
talabalarni pedagogik texnologiyalarning mazmuni, o'ziga xos xususiyatlari
va turlari bilan tanishtirish va pedagogik texnologiyalardan o'quv
jarayonida samarali foydalanish mahoratini shakllantirishdir.
Pedagogik texnologiyaning maqsadi
– ommaviy ta’lim sharoitida ta’lim
jarayonining zaruriy samaradorligini ta’minlash va talabalar tomonidan
o‘qishning ko‘zlangan natijalariga erishish kafolatidan iboratdir.
Pedagogik texnologiyaning bosh vazifasi
– ommaviy ta’lim sharoitida «oddiy»
pedagoglarga o’qitishning yetarli samarasiga erishishni ta’minlovchi, o‘quv
jarayonini yaratishh hisoblanadi.
Pedagogik texnologiyaning predmeti
– o‘quv jarayoining o‘zi hisoblanadi.
Pedagogik texnologiyaning ob’yekti –o‘quv jarayonining tarkibiy qismlari
hisoblanadi.
Pedagogik texnologiya amaliyotga joriy etish mumkin bo'lgan ma'lum
pedagogik tizimning loyihasi hisoblanadi. Pedagogik texnologiya - ta'lim
texnologiyasi, yangi pedagogik tajriba, yangi pedagogik texnologiya,
zamonaviy pedagogik texnologiya, axborot texnologiyasi, yangi tajriba,
ta'lim-tarbiya metodlari tushunchalarini qamrab oladi. Demak,
pedagogik texnologiya didaktik vazifalarni samarali amalga oshirish, shu
sohadagi maqsadga erishish yo'li bo'lib hisoblanadi.
Shunday qilib, pedagogik texnologiyaning predmeti - pedagogik tizimini
konsteptual asoslariga dalil keltirishdan, maqsadlarni qo’yishdan,
natijalarni shakllantirishdan, o’quv materialini tanlash va
strukturalashtirishdan, pedagogik modelini tanlashdan, to ularni amalga
oshirishgacha, ularning muqobillik va samaradorlik darajasini
baholashgacha loyihalashtirishdan tarkib topadi. Tizimli yondashish
o’qitish tizimining barcha asosiy tomonlarini - maqsadni aniqlash va
o’quv jarayonini loyihalashdan tortib, to yangi o’qitish tizimining
samaradorligini tekshirish, uni sinovdan o'tkazish va
ommalashtirishgacha bo'lgan jarayonni o'z ichiga oladi. U o'z harakat
tartiblarini takrorlanuvchanligi va ularni to'la o’quv jarayoniga tadbiq
etish g’oyasi, oqibat natijada bu jarayonni «jonli o’qituvchiga» bog’liq
bo'lmay qolishiga olib keladi. Haqiqatan ham, agar o’quv jarayoni to'la
takrorlanuvchan, alohida ko'rinish (epizod)larga bo'linsa, o’qituvchining
vazifasi oldindan tuzilgan (o'zi tuzgan bo'lishi shart emas) material bilan
o'qishni tashkil etishda tashkilotchi va maslaqatchi rolini ijro etishdan
iborat bo'lib qoladi.
3. Bugungi kunda pedagogik texnologiyalar tushunchasiga
berilgan ta'riflar va ularniig tahlili.
Dastlab «texnologiya» tushunchasiga aniqlik kiritaylik. Bu so’z texnikaviy
taraqqiyot bilan bog’liq holda fanga 1872 yilda kirib keldi va yunoncha ikki
so’zdan – «texnos» (techne)- mahorat, san’at va «logos» (logos) – fan,
pedagogikot so’zlaridan tashkil topgan. Bu ifoda zamonaviy texnologiya
jarayonini to’liq tavsiflab berolmaydi. Texnologik jarayon har doim zaruriy
vositalar va sharoitlardan foydalangan holda amallarni muayyan ketma-
ketlikda bajarishni ko’zda tutadi.
Keyingi o'n yillar ichida yaratilgan, pedagogikaga bag’ishlangan
adabiyotlarda «Pedagogik texnologiya», «Progressiv pedagogik
texnologiya», «Yangi axborotlar texnologiyasi» kabi tushunchalar uchrab
turadi. Ammo, ularga hozirgikungacha to’liq ta'rif berilmagan.
Qator yillardan beri, pedagogik texnologiyaga o’quv jarayonini texnik
vositalar yordamida amalga oshirish, deb qarab kelindi. Faqat 70-yillardan
boshlab pedagogik adabiyotlarda bu tushuncha yangicha talqin etila
boshlandi. Texnologiya deganda, sub'ekt tomonidan ob'ektga ko'rsatilgan
ta'sir natijasida sub'ektda sifat o'zgarishiga olib keluvchi jarayon
tushuniladi. Texnologiya har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan
foydalanib, ob'ektga yo'naltirilgan maqsadli amallarni muayyan ketma-
ketlikda bajarishni ko'zda tutadi.
4.Pedagogik texnologiyalarning o'ziga xos xususiyatlari.
Yuqorida ta'kidlangandek, pedagogik texnologiyaning asosiy mohiyati
ta'limda talabalarni qiziqtirib o’qitish va bilimlarni to'liq o'zlashtirishga
erishishdir. Ta'limda berilayotgan bilimlarni talabalarning aksariyat
ko'pchilik qismi puxta o'zlashtirishi pedagogik texnologiyani joriy
etishning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Ilmiy adabiyotlarda pedagogik texnologiyaning uch aspekti to’g’risida
Tavsifiy aspektda rejalashtirilgan o’qitish natijalariga erishishning
maqsadi, mazmuni, metodlari va vositalarining ishtiroki asosida
algoritm jarayoni ishlab chiqiladi.
Amaliy aspektda pedagogik texnologiya jarayoni amalga oshiriladi.
Ta'lim amaliyotiga nisbatan pedagogik texnologiyaning uch sathi
belgilanadi: umumpedagogik, xususiy metodik, lokal (modul).
Umumpedagogik texnologiya yaxlit ta'lim jarayonni ifoda qiladi.
Xususiy metodik texnologiya bir fan doirasidagi o’quv -tarbiya jarayonini
amalga oshirish metodlari va vositalaridan iborat bo'ladi.
5.Pedagogik texnologiyaning manbalari, metodologik
asoslari va uning xususiy metodikadan farqii.
Mavjud pedagogika fanida dars jarayoniga oid berilgan ma'lumotlarda
e'tibor ko’proq yangi bilimlarni bayon etish, uni mustahkamlash va
natijasini hisobga olishga qaratilgan. Bilim berishda talabaning avvalgi
bilimlari, hayotiy tajribasi etarlicha hisobga olinmagan. Dars rejasida
avval o'tilgan mavzuni yakunlab, yangi mavzuga bog’lash taklif etilgan.
Lekin shu yangi o'tilayotgan mavzu bo'yicha talabaning bilimni aniqlash,
mavzuga xos bo'ladigan dastlabki ma'lumotlarni berish etarlicha amalga
oshirilmagan. Pеdаgоgik tехnоlоgiyaning аn’аnаviy tа’limdаn аfzаlligi, u
pеdаgоgik jаrаyonini bir butunlikdа ko’rib, pеdаgоgik mаqsаdi,
kutilаdigаn nаtijаlаri, uning mаzmuni, pеdаgоgik mеtоdlаri, shаkllаri vа
vоsitаlаri, hаmdа tаhsil оluvchi vа pеdаgоgik bеruvchilаrning
fаоliyatlаrini tizimgа kеltirib, pеdаgоgik bоsqichlаrini lоyihаlаb,
pеdаgоgik jаrаyonini nаzоrаt qilish vа pеdаgоgik nаtijаlаrini bаhоlаsh
kаbi elеmеntlаrini o’zаrо uzviy bоg’lаb tizimgа kеltirib turib uning
lоyihаsini tuzishidаdir.
Pеdаgоgik tехnоlоgiyasining аn’аnаviy pеdаgоgikdаn kеyingi fаrqi, u tаhsil
оluvchilаrning o’zlаrigа bеrilgаn bilimni yodlаb оlib аytib bеrishigа emаs,
bаlki pеdаgоgik vа tаrbiya jаrаyonining yakunidа аmаliy ishlаrni
bаjаrishigа yo’nаltirilgаnligidаdir.
Qo'llanilgan adabiyotlar
1. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.
–T.: O'zbekiston,
2012.
2. O'zbekiston Respublikasining “Ta'lim to'g’risida”gi Qonuni.
Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. - T.:
“Sharq”, 1998.
3. O'zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi
to'g’risida”gi Qonuni. Barkamol avlod –O'zbekiston taraqqiyotining
poydevori.
– T.: “Sharq”, 1998.
4. Karimov I.A. O'zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida.-T.:
«O'zbekiston», 2011.
5. Azizxo‘jaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. -
T.: Nizomiy nomidagi TDPU. 2006 y.
Dostları ilə paylaş: |