Pedagogik texnologiyalarning rivojlanish bosqichlari va o‘ziga hos hususiyatlari
II BOB Pedagogik texnologiyalarning rivojlanish bosqichlari va o’ziga xos hususiyatlari.. 2.1. Ta’lim texnologiyasining rivojlanish bosqichlari Pedagogik texnologiya”ning rivojlanish bosqichlari. Yangi o’zbek davlatchiligining tamal toshi qo’yilyapti: ijtimoiy, iqtisodiy, ma‟naviy, mafkuraviy sohalarda tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Ta‟limtarbiya sohasining isloh qilinishi pedagogika fanini fivojlantirish uchun qulay imkoniyatlar yaratib berdi. Endilikda kishilik jamiyati tomonidan uzoq yillar davomida yaratilgan tarbiya tajribalarini o’rganish vat adqiq qilish ishlari keng yo’lga qo’yildi. Sho’rolar tuzumi davrida barcha ijtimoiy fanlar kabi pedagogika ham kommunistik mafkura qobig’i bilan o’ralgan, uning rivojlanish me‟yori cheklangan, ilg’or chet mamlakat g’oyalari esa burjua g’oyalari, deb tanqid qilinar va rad etilar edi. Holbuki, har qanday g’oya ham o’zida ma‟lum ijobiy jihatlarni mujassamlashtirishi mumkin, ularni amaliyotga joriy etish foydadan xoli emas edi. Jumladan, pedagogik texnologiya (PT) ham burjua didaktikasiga tegishli yo’nalish sifatida qarab kelindi va bu muammoni tadqiqot ob‟ektiga aylantirishning iloji yo’q edi. Bugun malakatimiz istiqloli sharofati tufayli barcha fan sohalarini rivojlangan davlatlarda to’plangan tajribalar asosida tahlil qilish va yanada takomillashtirish imkoniyatlari mavjud. Umuminsoniy qadriyatlarni ijodiy o’rganish va hayotimizga tatbiq etish davri keldi. Milliy dasturda ta‟kidlanganidek, yaqin kelajakda «kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlikning xalqaro huquqiy bazasi yaratiladi, xalqaro hamkorlikning ustivor yo’nalishlari ro’yobga chiqariladi, xalqaro ta’limtizimlari rivojlantiriladi» . Bu faslda biz pedagogik texnologiya nazariyasining vjudga kelishi va rivojlanishi tarixiga nazar tashlaymiz.
60-yillarning o’rtalarida bu tushuncha mazmuni chet el pedagogik nashrlarda keng muhokamaga tortildi. 1961 yildan boshlab AQSHda «Pedagogik texnologiya» (Educational Technol-ogy), 1964 yildan Angliyada «Pedagogik texnologiya va dasturli ta‟lim» (Technology and programmed Learning). YAponiyada esa 1965 yildan «Pedagogik texnologiya» (Educational Technology) jurnallari chop etila boshlandi. 1971 yilda xudi shu nomli jurnal Italiyada chiqarila boshlandi. PT muammosining o’ta dolzarbligi hisobga olinib, uning ilmiy asoslarini tadqiq qilish maqsadida maxsus korxonalar tuzildi. Misol uchun, 1967 yilda Angliyada pedagogik texnologiya Milliy Kengashi (National council for Educational Technology) tashkil etildi va 1970 yildan boshlab «Pedagogik texnologiya jurnali» (Journal of Educational Technology) chiqa boshladi. AQSHning qator universitetlari va ilmiy markazlarida ham PT muammolariga jiddiy e‟tibor berildi. 1971 yilda maxsus «Kommunikatsiya va texnologiya Assotsiatsiya»si (Association for Educational Communications and Technology) faoliyat ko’rsata boshladi. Hozirgi kunda bu tashkilotning barcha shtatlarda va Kanadada 50 dan ziyod filiallari ishlab turibdi.
Yaponiyada PT muammolari bilan to’rtta ilmiy jamiyat shug’ullanmoqda, faol harakatdagi pedagogik texnologiya Markaziy Kengashining 22 ta davlat universitetlarida markazlari mavjud. Har uch oyda yapon tilida chiqadigan «Pedagogik texnologiya sohasidagi tadqiqotlar» (Educational Technology Research) jurnallarida yirik olimlarning ilmiy ishlari o’z o’rnini topmoqda.
Yaqinda Umumyapon pedagogik texnologiya Markaziy Kengashi (The Japanese Council of Technology Centers) tuzilib, bu sohada xalqaro aloqalar o’rnatish ishlari bilan mahur. Didaktikaning bu yo’nalishiga e‟tibor nihoyatda oshib borishini 70- yillarda o’tkazilgan qator xalqaro konferensiyalar tasdiqlaydi. SHunday xalqaro konferensiyalar 1966 yildan boshlab har yili bahorda Angliyada o’tkazilib kelinadi va anjuman materiallari «Pedagogik texnologiya jihatlari» (Aspects of Educational Technology) nomida nashr qilinadi. Shu kabi ma‟lumotlarni keltirishni g’arb davlatlari misolida yana ham davom ettirish mumkin, biroq 1 – chizma bunga ehtiyoj qoldirmaydi. YUqoridagilarning o’ziyoq PT pedagogika nazariyasi va amaliyoti sohasidagi alohida hodisa sifatida diqqat markazda turganligini, 60-yillardan boshlab chet ellarda yangi yo’nalish sifatida shakllanganligini ta’kidlab turibdi.
Texnologiya tushunchasi 60-yillardagi Amerika va G‘arbiy Yevropada ta’limni isloh qilinishi bilan bog‘liq ravishda kirib keldi. B.Blui, J. Koroll, P.Ya.Galperin, V.I.Davidov, N.A.Menchinskaya, Z.I.Kalmikova, L.I.Zankov texnologiyalari mashhur. O‘qitishni tashkil qilishning texnologik yondashuvlari V.P.Bespalko, N .F.Talizina, L.M.Fridman, Yu.N.Kulyutkina, G.S.Suxobskoy, T.V.Kudryavsev, A.M. Matyushkin, M.l.Maxmutov kabi aksariyat psixolog va didaktikachilarga taalluqlidir. 10 Texnologik yondashuvlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, aksariyat o ‘qitish texnologiyalari bo‘sh texnologiyalanganligi bo‘yicha qolib ketmoqda. Bir qator texnologiyalarda nazariy asoslar kuehaytirilgan bo‘lib, amaliy tomoni u qadar oydinlashtirilmagan. T.A.Ballo texnologiyaning bir tomonini, ya’ni o ‘qitishda topshiriqli yondashuvni yoritadi. BoshqaJarida yo kompyuter orqali dasturlashtirilgan o‘qitish yoki o‘qitishning muammoli tuzilmasi ajralib turadi. L.V. Zankov, T.Ya.Galperin, V.l.Davidov tadqiqotlarida bosqichli o‘qitishning yaxlit texnologiyalari haqida fikr yuritiladi. 1. Pedagogik texnologiyada hali ko‘p aniqlanmagan masalalar bor. Bu muammoni tadqiq etish, o‘qitish texnologiyasining tushunchasi va metodologik mohiyatini aniqlash bilan bog‘liq.
Pedagogik texnologiya o‘ziga xos va potensial yaratiladigan pedagogik natijalarga erishish uchun, pedagogik tizinuiing barcha tashkiliy tomonlariga aloqador nazariy va amaliy (ta’lim tizimi doirasida) tadqiqotlar sohasi sifatida belgilanadi. «Pedagogik texnologiya — psixologik va pedagogik o‘gitlar yig‘indisi bo‘lib, shakllar, metodlar, usullar, o‘qitish yo‘llari, tarbiyaviy vositalaming maxsus to‘plamidir. Ayni zamonda u pedagogik jarayonning tashkiliy-metodik omilini ham bildiradi» (B.Lixachev). «Pedagogik texnologiya — o‘quv jarayonini amalga oshirishning mazmuniy texnikasi» (V.P. Bespalko). «Pedagogik texnologiya — rejalashtirilgan o ‘qitish natijalariga erishish jarayoni tavsifi» (I.P. Volkov). «Texnologiya — ishlov berish, holatni o ‘zgartirish san'ati, mahorati, malakasi va metodlar yig‘indisi» (V.M. Shepel). «Pedagogik texnologiya — bola va o ‘qituvchining ularga zarur sharoit yaratish orqali o ‘quv jarayonini loyihalashtirish, tashkil etish hamda o ‘tkazish bo'yicha ular pedagogik faoliyatining har tomonlama o‘ylangan modelidir.» (V. M. Manaxov). «Pedagogik texnologiya — bu ta’lim shakllarini jadallashtirish vazifasini ko‘zlagan o ‘qitish va bilimlarni o ‘zlashtirishning barcha jarayonlarini texnika va inson omillarida va ulaming birgalikdagi harakatlari vositasida yaratish, tatbiq etish va belgilashning izchil metodidir» (YUNESKO). «Pedagogik texnologiya — pedagogik maqsadlarga erishishda foydalaniladigan shaxsiy imkoniyatlar, jihozlar va metodologik vositalarda amalda boMishning tizimli yig‘indisi va tartibini bildiradi» (M.V.Clarin). «Pedagogik texnologiya — o‘zida turli mualliflar (manbalar)ning barcha ta’riflari mazmunini qamrab olgan mazmuniy umumlashma hisoblanadi».(G.K. Selevko). Texnologiyalar va pedagogik texnologiyalarga quydagicha ta’riflar berilgan: - “Faoliyatda, biror ishda, mahoratda, san’tda qo’llaniladigan usullar yig’indisidir” ( Izoxli lug’at ta’rifi) - “Texnologiya – ishlov berish, axvolni o’zgartirish san’ati, mahorati, qobiliyati, metodlari yig’indisidir” ( V. M. Shepelh) 11 - “Pedagogik texnologiya ta’limni rejalashtiriladigan natijalarga erishish jarayoni tafisloti” ( I. P Volkov ta’rifi) - “Ta’lim texnologiyasi – didaktik tizimning tarkibiy jarayonli qismi” ( M. Chorshanov ta’rifi) - “Pedagogik texnologiya- muayyan vaziyatlarda pelagogik maslaxatlarni yechishning optimal usuli” ( A. Kushnir) - “ Aniq natijani qo’lga kiritishga yo’naltirilgan aniq faoliyat” ( V. P. Yudin ta’rifi) - “Tarbiyachining mahoratiga bog’liq bo’lmagan holda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlaydigan, ta`lim oluvchi shaxsini shakllantirish jarayonning loyixasidir” ( V.P. Bespalhko ta’rifi) - “Tarbiyachining o’qitish ( tarbiya) vositalari yordamida ta`lim oluvchilarga muayyan sharoit va izchillikda ta’sir ko’rsatish xamda mazkur faoliyatning maxsuli sifatida ularda oldindan belgilangan sifatlarni shakillantirish jarayonidir” (N. Saidaxmedov ta’rifi.) Texnologiya va pedagogik texnologiyaga berilgan tahrif mazmunidan mahlumki mahorat sanhat bilan ta’lim jarayonini tashkil etish boshkarish amalga oshirish ma’nolari kelib chikadi. Faqat, V.P.Bespalkoning ta’rifida pedagogik texnologiyani tarbiyachining mahoratiga bogliq bo’lmay ammo pedagogik jarayonning ijobiy muvaffaqiyatli bo’lishini taminlashini, ta`lim oluvchilar shaxsini esa ijobiy tomonga shakllantirishini ta’kidlagan. Bizningcha, olim Ta`lim beruvchimahoratiga bogliq bo’lmay deganda mulhtimediyani nazarda tutgan bo’lsa ajab emas. Chunki, mulhtimediya asosida dars o’tish jarayonida Ta`lim beruvchiboshqaruvchi rolini o’taydi, asosiy vazifani, dars loyixasini mulhtimediya (ovozli, rejali, ko’rgazmali, ma’lum bir soatga muljallangan, DTS ga mos keladigan dars shakli) boshqaradi ya’ni dars mulhtimediya asosida tashkil etiladi. Unda Ta`lim beruvchideyarli boshqaruvchi rolini o’taydi va passiv ishtirok etadi.Ta’kidlash joizki mulhtimediya asosida o’tilgan darslar yuqori saviyada bo’ladi.Unda ta`lim oluvchilarning ilmiy saloxiyati, bilish faoliyati shakllanadi.
Pedagogik texnologiyalarning rivojlanish tarixi turli davrlarda turlicha ko’rinishlarda bo’lagan. Masalan, pedagogik texnologiya-1940-1950-yillarda “ta’lim texnologiyasi”deb nomlanib ta’lim jarayonida texnik vositalardan (diafilm kineskop magnit metalari va boshqalar) dan foydalanib dars o’tishga nisbatan pedagogik texnologiya deb atalgan. 1950-1970-yillarda bilimlarni o’zlashtirishning barcha tomonini qamrab olib kompleks integrativ jarayonga nisbatan qo’llanilgan ta’lim turiga pedagogik texnologyalar deb atalgan. Hozirgi kunda pedagogik texnologiyalar deb ta’limning komphyuterli va axborot texnologiyalarini yaratish va dars jarayonida ulardan foydalanishga nisbatan aytiladi. Hozirgi kunda pedagogik texnologiyalar bu ta’lim jarayonini tubdan islox etish, yangicha shakl, usul, vositalar asosiga qurish boshqarish va tashkil etishning mexanizmi va loyixasidir.