Pedagogik texnologiyalarning rivojlanish bosqichlari va o‘ziga hos hususiyatlari
2.2. Pedagogik texnologiyada qo‘llaniladigan usul va vositalarning xususiyatlari. Jamiyat hayotining jadal tarzda rivojlanishi, taraqqiyot ehtiyojlari va imkoniyatlarining kengayishi, turli-tuman axborotlar oqimining tezlashishini hisobga olib, zamonaviy pedagogik texnologiya fani pedagogik prognostikaning yangi shakl, vosita va usullaridan foydalanish mexanizmini yaratishni o‘z zammasiga olmog‘i talab etiladi. Bugungi kunda turli tipdagi ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan ta’limning o‘rni va darajasini aniqlashga yo‘naltirilgan tadqiqotlarda pedagogik prognostikaning imkoniyatlaridan keng foydalanishni taqozo qiladi. Shundagina ta’lim jarayonining natijalari fan, ishlab chiqarish, madaniyat, iqtisod hamda jamiyat hayotining barcha sohalarini rivojlantirishga xizmat qila oladi. Pedagogik prognostikaga tayangan holda yaratilgan nazariyalargina uzluksiz ta’lim jarayonini uning bosqichlari va komponentlarining mazmuni, shakli va vositalarini, ta’lim natijalarining jamiyat hayotiga ko‘rsatadigan ta’sir darajasini oldindan loyihalashtirishga asos bo‘la oladi. Demak, shundagina o‘quv-tarbiya jarayonini yangi prinsiplar va yangi mafkuraviy negizda qayta qurish, ta’lim sohasida islohotlarni amalga oshirish mumkin.
Texnologik yondashuv ishlab chiqarish jarayonining umumiy tavsifini yoritishga xizmat qiladi. Muayyan mahsulotni ishlab chiqarish maqsadida xom-ashyoni tanlash (dastlabki bosqich)dan mahsulotni istehmolchiga yetkazib berishga bo’lgan (so’nggi bosqich) davrni o’z ichiga olgan jarayon texnologik jarayon sifatida ehtirof etiladi. Ishlab chiqarish jarayoniga nisbatan texnologik yondashuv muayyan sohalarda islohotlarni tashkil etish, ularning muvaffaqiyatini tahminlash, erishilgan yutuqlarni boyitib borish kabi maqsadlarga erishishning samarali omili sifatida namoyon bo’ladi. Moddiy ishlab chiqarish sohalariga zamonaviy, ilg’or, yuksak texnologiyalarning tatbiq etilishi bir qator shartlar asosida kechadi, xususan, ilm-fan hamda texnikaning so’ngi yutuqlariga tayanish, yirik moliyaviy mablag’lar va yuksak darajadagi kasbiy mahoratga ega malakali mutaxassislarning mavjudligi bu boradagi yutuqlarni kafolatlaydi. Moddiy ishlab chiqarish sohalarida ilg’or texnologiyalarni tayyorlash, ularning kasbiy mahoratini doimiy ravishda oshirib borishga erishish ekanligini ham anglanadiki, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayot bir-biri bilan uzviylik, aloqadorlik hamda yaxlitlik tamoyili asosida rivojlanib boradi. Jamiyat ijtimoiy hayotida yetakchi o’rin tutgan g’oya va qarashlar iqtisodiy ishlab chiqarish va rivojiga o’z tahsirini o’tkazsa, o’z navbatida, iqtisodiy o’sish aholining madaniy turmush tarzining yaxshilanishiga olib keladi.
Insoniyat tsivilizatsiyasining quyi bosqichlarida shaxsni tarbiyalash, unga ta’lim berishga yo’naltirilgan faoliyat sodda, juda oddiy talablar asosida tashkil etilgan bo’lsa, bugungi kunga kelib ta’lim jarayonini tashkil etishga nisbatan o’ta qathiy hamda murakkab talablar qo’yilmoqda. CHunonchi, murakkab texnika bilan ishlay oladigan ishlab chiqarish jarayonining mohiyatini to’laqonli anglash imkoniyatiga ega, favqulodda ro’y beruvchi vaziyatlarda ham yuzaga kelgan muammolarni ijobiy hal eta oluvchi malakali mutaxassisni tayyorlashga bo’lgan ijtimoiy ehtiyoj ta’lim jarayonini texnologik yondashuv asosida tashkil etishni taqozo etmoqda. Shu bois, ijtimoiy taraqqiyot bilan uzviy aloqadorlikda rivojlanib borayotgan pedagogika fanining vazifalari doirasi kengayib bormoqda. Ayni vaqtda, Respublika ijtimoiy hayotiga shiddatli tezlikda axborotlar oqimi kirib kelmoqda va keng ko’lamni qamrab olmoqda. Axborotlarni tezkor surhatda qabul qilib olish, ularni taxlil etish, qayta ishlash, nazariy jihatdan umumlashtirish, xulosalash hamda o’quvchiga yetkazib berishni yo’lga qo’yish ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Ta’lim-tarbiya jarayoniga pedagogik texnologiyani tatbiq etish yuqorida qayd etilgan dolzarb muammoni ijobiy hal etishga xizmat qiladi
Texnologiya deganda, odatda ashyolarni qayta ishlash metodlari va ishlab chiqarish jarayoni hamda ulaming ilmiy tavsiflarining majmui tushuniladi. Siyosiy lug‘at (М.,1989)da texnologiyaga shunday izoh beriladi: 9 1) ishlab chiqarish jarayonida ashyolar, materiallar, yarim tayyor ashyolami qayta ishlash, tayyorlash holati, xususiyati, shaklining o'zgarish metodlari yigindisi; 2) ashyolar, materiallar va yarim xom ashyolarga muvofiq ishlab chiqarish qurollari orqali ta ’sir o`tkazish usullari to'g'risidagi fan. «Qomusiy lug‘at»da ham shunga yaqin izoh beriladi, lekin unda birmuncha kengroq yoritiladi: «Fan sifatida texnologiyaning vazifasi har tomonlama samarali va tejamli ishlab chiqarish jarayonlarini aniqlash va amaliyotda undan foydalanish maqsadida fizika , kimyo, mexanika va boshqa qonuniyatlarini bajarish.» (M., 1979) Texnologiya grekcha so‘z bo‘lib, “texnos”- san’at, mahorat, “logos”- ta’limot degan ma’nolami bildiradi. Pedagogik texnologiya tushunchasining shakllanishi va rivojlanishi tarixida turli qarashlar mavjud bo‘lgan: u texnik vositalar haqidagi ta’limot deb, hamda o‘qitish jarayonini loyihalashtirilgan holda izchil va muntazam tashkil etish deb talqin qilingan. Hozir pedagogik texnologiyalarning bir qancha ta’riflari mavjud. V.P. Bespalko pedagogik texnologiyani amaliyotga tatbiq qilinadigan muayyan pedagogik tizim loyihasi sifatida belgilaydi.
U pedagogik tizim texnologiyalar ishlab chiqish uchun asos boladi, deb hisoblaydi. Bunda asosiy diqqat о‘quv-pedagogik jarayonni oldindan loyihalashga qaratiladi, didaktik vazifa va o‘qitish texnologiyalari tushunchasidan foydalaniladi. Shu tariqa V.P. Bespalko o‘quv jarayonini loyihalash g‘oyasini ilgari suradi. Afsuski, hozirigi qadar pedagogik texnologiya va loyiha tushunchalari haqida aniqlik yo‘q. N.F.Talizina har bir pedagog real pedagogik jarayonni tashkil etishdan oldin o‘quv jarayoni haqida texnologik darajada bilimlar tizimini bilib olgan bo`lshi shart deb hisoblaydi, U fan va amaliyot oralig‘ida tamoyillarni olg‘a suruvchi, metodlar ishlab chiquvchi, ulami izchil qo‘llash kabi masalalar bilan shug‘ullanuvchi alohida fan bo‘lishi kerak, deb hisoblaydi. Ularsiz pedagogik jarayon texnologiya real o‘qitish jarayoni sifatida asoslanmay qoladi.
Ayrim mualliflar o ‘qitish texnologiyalariga fan va san’at oralig‘idagi fan deb qaraydilar, boshqalari uni loyihalash bilan bog‘laydilar. Shunday qilib, bir yondashuvda o‘qitish texnologiyalari o‘qitishning barcha vositalarini qamrab olgan qandaydir jihozlash sifatida ham belgilanadi. Unda texnologiya o‘quv jarayonini texniklashtirishni taqozo qiladi. Boshqa yondashuvda texnologiyaga ta’lim amaliyotini yangi yoki zamonaviylashtirilgan bilimlar bilan ta’minlashning usuli sifatida qarashga imkoniyat beradi. Bunda texnologiyaga ta’limning ilmiy tamoyillari va amaliyotini tatbiq etish sifatida qaraladi.
Xulosa Maktabgacha ta’lim sohasi uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo’g’ini hisoblanib, u har tomonlama sog„lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Mustaqillik yillarida respublikada ta’lim-tarbiya tizimi va barkamol avlodni tarbiyalash davlat siyosatining asosiy ustuvor yo’nalishlari darajasiga ko’tarildi. Biroq, o’tkazilgan tahlillar maktabgacha ta’lim sohasida olib borilayotgan ishlarning samarasi va natijasi etarli darajada emasligini ko’rsatmoqda.
Maktabgasha ta’lim muassasalarida pedagogik texnologiyalardah foydalanish va loyihalashtirish ta'lim maqsad, mazmun, tarbiyachining shaxsi, o’quvchilardagi dastlabki bilimlarning xarakteri, o'qitishning moddiy-texnik bazasi va boshqa omillar bilan belgilanadi. Bunda tarbiyachi o’quvchilar ishining borishini kuzatish va ular erishgan natijalarni baholash asosida o'zining ko'rsatmalari, yo'naltiruvchi savollari, tegishli tushuntirish-lari va hokazolar bilan ularning o'quv faoliyati jarayoniga tuzatishlar kiritadi
Uzluksiz ta’limtizimining muhim bo’g’ini bo’lgan maktabgacha ta’limtizimini yanada takomillashtirish, samarali davlat boshqaruvi tizimini yaratish, MTMlari davlat va nodavlat tarmog’ini kengaytirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, MTMlariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, ta‟lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash ko’zda tutilgan.
Dasturiy ta’lim o’quvchilarga muayyan bilimlarning alohida qism holida emas, balki izchil, yaxlit tarzda berilishini nazarda tutadi.. Dasturiy ta’lim o’zida ta’lim maqsadlari, ularni o’zgartirish va baholashning mos ravishdagi mezonlari hamda ta’lim muhitining aniq tavsifini qamrab oladi.