Mavzu: pedagogika fani predmeti va vazifalari. Pedagogikaning metodologiyasi va tadqiqot metodlari


-MAVZU:TARBIYA METODLARI VA VOSITALARI



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə67/124
tarix08.04.2022
ölçüsü1,44 Mb.
#54931
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   124
MAVZU

7-MAVZU:TARBIYA METODLARI VA VOSITALARI.

REJA:


  1. Tarbiya metodlari haqida tushuncha.

  2. Tarbiya metodlari tasnifi.

  3. Ijtimoiy ongni shakllantirish metodlari.

  4. Faoliyatni tashkil etish va xulq-atvor me’yorlarini shakllantirish.

  5. Pedagogik rag‘batlantirish va hulq-atvorni tuzatish metodlari.

  6. Tarbiya metodlarini tanlab olish shartlari.

Tayanch iboralar: Metod,tushuntirish, hikoya,o‘rgatish, mashqlantirish, odatlantirish, mashq qildirish, namuna maslahat berish, uzr so‘rash, yaxshiliklar xaqida so‘rash, o‘rnak bo‘lish,nasihat qilish, o‘git, undash, ko‘ndirish, iltimos qilish, yolvorish, tilak-istak bildirish, ma’qullash, rahmat aytish, duo qilish, oq yo‘l tilash, qoralash.


Maqsad, mazmun, shakl, metod va vositalar kabi tushunchalar tarbiya jarayonining mohiyatini ochib beradi. Biroq, tarbiya mohiyatini yoritishda o‘ziga xos ahamiyatga ega bo‘lgan yana bir tushuncha ham mavjud, bu tarbiya metodlari tushunchasidir.

Tarbiya metodi (yunoncha «metodos» – yo‘l) tarbiya maqsadiga erishishning yo‘li; tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta’sir etish usullari. Maktab amaliyotiga tatbiq etilganda, metodlar – bu tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta’sir etish usullaridir.

Tarbiyaning mutlaqo yangi metodlarini yaratishga bironta tarbiyachining kuchi etmaydi. Metodlarni takomillashtirish muammosi doimo mavjud, har bir tarbiyachi o‘zining imkoniyatiga ko‘ra uni hal qiladi, tarbiya jarayonining aniq shart-sharoitlariga mos ravishda o‘zining xususiy qarashlarini ifoda etish asosida umumiy metodikani boyitadi.

Metodning ijobiy va salbiysi bo‘lmaydi, tarbiya jarayonida ma’lum yo‘lni yuqori darajadagi samarali va samarasiz deya baholash mumkin emas. Metodning samaradorligini u qo‘llanilayotgan sharoit nuqati nazaridan baholash mumkin.

Tarbiya metodlarini maqsadga muvofiq tanlash bir qator omillarga bog‘liq.

Tarbiya maqsadi va mazmuni metodlarni to‘g‘ri tanlashga imkon beradi. Maqsad qanday bo‘lsa, unga erishish metodlari unga muvofiq bo‘lishi zarur.

Tarbiyaning mazmuni shaxsning shakllanishiga qo‘yiluvchi ijtimoiy talablar mohiyatidan iborat. Unutmaslik kerakki, aynan bitta vazifa turli xil fikrlar bilan to‘ldirilgan bo‘lishi mumkin. SHuning uchun metodlarni umuman mazmun bilan emas, balki aniq fikr bilan bog‘lash g‘oyat muhimdir.

Tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlari.

Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olish maqsadga muvofiqdir. Yosh xususiyatlari muayyan bir yosh davriga xos bo‘lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlardir. Aytaylik, mas’uliyat tuyg‘usini boshlang‘ich ta’lim, o‘rta ta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida ta’lim olayotgan o‘quvchilarda ham shakllantirish mumkin. Biroq har bir bosqichda mazkur sifatni shakllantirish borasida turli metodlar qo‘llaniladi.

Xalq pedagogikasida tarbiya metodlari.

Xalq pedagogikasi o‘zbekona axloq, odob va tarbiyaning barcha qirralarini o‘zida mujassamlashtirgan. Xalq pedagogikasida turlicha tarbiya metodlari hamda vositalaridan foydalaniladi. Bu metod va vositalar nihoyatda rang-barang bo‘lib, ko‘p jihatlari bilan ilmiy pedagogikadan ustunlik qiladi. Binobarin, ushbu metodlar ilmiy pedagogikaning shakllanishiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazgan. Xalq pedagogikasida qo‘llanilgan xilma-xil tarbiya metodlarini quyidagi tarzda umumlashtirish mumkin.



  1. Tushuntirish (hikoya qilish, o‘rgatish).

  2. Mashqlantirish (odatlantirish, mashq qildirish).

  3. Namuna (maslahat berish, uzr so‘rash, yaxshiliklar xaqida so‘rash, o‘rnak bo‘lish).

  4. Nasihat qilish, o‘git (undash, ko‘ndirish, iltimos qilish, yolvorish, tilak-istak bildirish, ma’qullash, rahmat aytish, duo qilish, oq yo‘l tilash va hokazolar).

  5. Qoralash va jazo (ta’kidlash, ta’na, gina, tanbeh berish, majbur qilish, koyish, ayblash, uyaltirish, qo‘rqitish, nafratlanish, ont-qasam ichirish, urish, kaltaklash va hokazolar).

Agar e’tibor berilsa, yuqoridagi beshta metod umumiy yaxlitlikni ifodalaydi. Oldin bolaga umumiy jarayonning mohiyati tushuntiriladi. Bolalar narsa, hodisa va jarayonlarning mohiyatiga tushunmaganlarida tarbiyachi namuna vositasidan foydalanadi, ya’ni, yoshlarning mustaqil kuzatuvchanligiga e’tibor beriladi. Bu holatda ham tushunmaganlar kattalarning nasihati, o‘g‘iti asosida narsa, hodisa yoki jarayonlarning mohiyatini anglaydilar. Bordiyu, bu holatda ham kutilgan natijaga erishilmasa yoki bolalar e’tibor qaratilgan holatning mohiyatini tushunishni istamasalar, eng so‘nggi chora sifatida qoralash va jazo metodida foydalanishga to‘g‘ri keladi. Biroq, bu eng so‘nggi chora. Zamonaviy pedagogika g‘oyalariga ko‘ra qoralash va jazo metodlarini so‘nggi, aniqrog‘i kam samara beradigan chora ekanligini isbotlangan.

Xalq pedagogikasi namunalari, tarbiya metodlari va tarbiyaviy ta’sirlar muayyan vositalar yordamida qo‘llanilgan. Mehmon kutish, mehmonga borish, turli mehnat jarayonlari, hasharlar, turli gurunglar (choyxona, to‘y marosimlari), sayillar, oilaviy an’analar (tug‘ilgan kun, fuqarolik pasporti, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus hamda oliy ma’lumotga egalik to‘g‘risidagi attestat va diplom, shuningdek, davlat mukofotlarini olish kabi holatlarni nishonlash) va musobaqalar o‘ziga xos tarbiya vositasisanaladi.



Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar o‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy sifatlar, e’tiqod hamda dunyoqarashni shakllantirish maqsadida ularning ongi, his-tuyg‘usi va irodasiga ta’sir ko‘rsatish usullari sanaladi.

Bu guruh usullarining mohiyati shundaki, ular orqali o‘quvchilar ongiga jamiyatda ustuvor o‘rin tutuvchi ijtimoiy g‘oya va maqsadlar singdiriladi. YOshlar dunyoqarashini shakllantirish, ularning hayot mazmunini tushunib olishlariga ko‘maklashish uchun ijtimoiy ongni shakllantiruvchi usullar qo‘llaniladi.

O‘quvchilarda g‘oyaviy onglilik va ijtimoiy faollik, ya’ni, davlatning ichik va xalqaro siyosati mazmunini tushunish va idrok qilish ko‘nikmalarini tarbiyalash lozim. Tushuntirish ijtimoiy ongni shakllantirishda eng ko‘p ishlatiladigan usuldir. Tushuntirishning vazifasi o‘quvchilarni yuksak madaniyatli, milliy g‘urur tuyg‘usiga ega bo‘lib voyaga etishlarini tarbiyalashga yordam berishdan iborat.

Tushuntirishda o‘quvchilarga mamlakat fuqarosining davlatga nisbatan muayyan huquq va burchlar asosida bog‘langanligi borasida ma’lumotlar beriladi. Bunda davlat bayrog‘i, gerbi, madhiyasi hamda Konstitutsiyasiga sadoqat ruhida tarbiya berishning ahamiyati katta. SHu sababli davlat bayrog‘i, gerbi, madhiyasi hamda Konstitutsiyasining mohiyati tushuntirialdi.



Suhbat. O‘quvchi shaxsini g‘oyaviy va ma’naviy-axloqiy jihatdan shakllantirishda o‘qituvchining jonli so‘zi eng ta’sirchan usul hisoblanadi. Suhbat uchun mavzu tanlashda uning mazkur sinf o‘quvchilari uchun dolzarbligi, o‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy ishonch uyg‘otishning suhbat mazmuniga bo‘lgan munosabatlari va suhbatdan kutilayotgan natijani hisobga olish zarur. Suhbat quyidagi mavzularda uyushtirilishi mumkin:

a) etik mavzular (ijtimoiy ma’naviy-axloqiy me’yorlar, jamiyatda ustuvor o‘rin tutuvchi ijtimoiy munosabatlar, jamoa orasida o‘zini tutish qoidalari va boshqalar);

b) estetik mavzular (tabiat go‘zalligi, shaxslararo munosabatlar, inson go‘zalligi);

v) siyosiy mavzular (davlatning ichki va tashqi siyosati, dunyo voqealari, xalqaro munosabatlar va boshqalar);

g) ta’lim va bilishga oid mavzular (koinot, hayvonot va o‘simliklar dunyosi, elektronika va boshqalar).

Suhbatlarning, shuningdek, ijtimoiy-foydali mehnatni tashkil etish, huquqiy, ekologik, iqtisodiy va gigienik mavzularda ham tashkil etilishi o‘zining ijobiy natijalarini beradi.

Suhbat davomida o‘quvchilarga ularning o‘z fikrlarini erkin ifoda etishlari hamda mustaqil fikrlashlariga imkon beruvchi savollar bilan murojaat qilish juda muhimdir. Bu borada bahs-munoazaralarning ahamiyati katta.

Hikoya. O‘quvchilar odatda hayot va turli adabiyotlardan olingan aniq misollar bilan boyitilgan hikoyalarni katta qiziqish bilan tinglaydilar. Ularga axloq me’yorlari, xalq o‘tmishi, tabiiy boyliklar, qahramonlar hayoti va jasorati, shuningdek, tarix, adabiyot va san’at xaqida hikoya qilib berish mumkin. Badiiy adabiyot namunalari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari - radio, televidenie, gazeta va jurnallar sahifalarida e’lon qilingan ma’lumotlar ham o‘quvchilar uchun qimmatli material bo‘ladi. Suhbat ham, hikoya ham o‘quvchilarning yoshiga mos mavzularda ular tushunadigan so‘zlar vositasida adabiy tilda o‘tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Suhbat yoki hikoya mavzusining o‘quvchilar tomonidan belgilanishi, ularning samarali kechishini ta’minlaydi, buning natijasida o‘quvchilar ilgari surilayotgan mavzuga befarq qaramaydilar.

Namuna. O‘quvchilar o‘z atrofidagi kishilarda hamma yaxshi axloqiy sifatlarni ko‘rishlari va ibrat olishlari nihoyatda muhim.

O‘qituvchining shaxsan o‘zi namuna bo‘lishi, ayniqsa, yoshlarga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ular o‘qituvchining darsda va hayotda o‘zini qanday tutishini, atrofdagi kishilar bilan qanday muomala qilishini, o‘z vazifalarini qanday bajarishini kuzatib yuradilar.

O‘quvchilar o‘zlariga yaqin kishilarning xulq-atvoriga taqlid qiladilar, Xulq-atvorlar bolalarda yaxshi sifatlarning, ba’zan esa yomon sifatlarning ham tarkib topishiga ta’sir ko‘rsatadi. SHuning uchun o‘qituvchi va ota-onalar har qanday holatda ham o‘zlarini tuta bilishlari kerak. Ular qaerda bo‘lishmasin, atroflarida bolalar borligini his etishlari lozim. Kattalarning so‘zi bilan yurish-turishi va xatti-harakatlarida tafovut bo‘lmasligi kerak.

Ilg‘or kishilarning hayoti va faoliyatidan olingan ma’lumotlar, adabiy asar, kinofilg‘m va spektakllar qahramonlarining xatti-harakatidagi yaxshi namunalar bolalarning ongiga kuchli ta’sir qiladi.

Maktablarda ishlab chiqarish ilg‘orlari bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi. O‘quvchilar o‘z ota-onalarining ishlab chiqarishdagi muvaffaqiyatlari bilan faxrlanadilar, ularga taqlid qilishga intiladilar.

Namunada xalq pedagogikasi g‘oyalaridan ham foydalaniladi. Ota-onalar o‘z farzandlarini hamisha katta hayotiy tajribaga ega, dunyoqarashi va bilim doirasi keng kishilardan ibrat olishga da’vat qilib kelganlar. Masalan, «Qush uyasida ko‘rganini qiladi». Juda oddiy xulosa. SHu oddiy xulosa ostida qancha fikrlar jamlanib yotgavnligini hamisha ham fahmiga boravermaymiz. Bu bilan xalq xalq «uyingda tartibli bo‘l, aks holda bolang ko‘chada tartibsiz bo‘ladi», «bola oldida birovlarning g‘iybatini qilma, bolang g‘iybatchi bo‘ladi», demoqchi.

2. Tarbiya metodlari tasnifi.

Tarbiya metodlari bola shaxsini har tomonlama kamol toptirish maqsadi bilan belgilanadi va tarbiya jarayoniga taalluqli ko‘pgina tarbiyaviy ta’sirlarni o‘z ichiga oladi. Tarbiya metodlari ijtimoiy jamiyat tomonidan tag‘lim muassasalari oldiga har tomonlama barkamol, erkin, ijodkor, mustaqil fikr egasi bo‘lgan shaxsni tarbiyalash vazifalari bilan belgilanadi.

Bu boradagi vazifalar yosh avlodni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini mustahkamlash, vatan ravnaqi, xalq farovonligi yo‘lida faoliyat olib boruvchi shaxsni tarbiyalash, ularni bu kurashga jalb ettirish orqali amalga oshiriladi. Ushbu o‘oyaga tayangan holda, tarbiya jarayonida uning qonuniyatlariga muvofiq tarbiya metodlaridan foydalanib ish ko‘rish lozim bo‘ladi.

Tarbiya metodlari bu o‘qituvchi (tarbiyachi) va jamoa tomonidan o‘oyaviy va ma’naviy e’tiqodlarini, ma’naviy his-tuyg‘u va odatlarni tarkib toptirish maqsadida qo‘llaniladigan shaxsga tarbiyaviy ta’sirko‘rsatish yo‘llari demakdir. Tarbiya metodlari o‘quvchi (tarbiyalanuvchilar) ning o‘z shaxsni takomillashtirish borasidagi harakatni ham tashkil etishni nazarda tutadi. SHu bois hozirgi zamon pedagogikasida tarbiya metodlari o‘qituvchi va o‘quvchilarning tarbiyaviy vazifalarini hal qilishga qaratilgan o‘zaro boo‘langan, birgalikdagi faoliyati sifatida qarab chiqiladi.



O‘quvchilar u yoki bu tarbiyaviy ta’sirga turlicha munosabatda bo‘ladilar. Bu ularning alohida xususiyatlariga, tarbiyalanganlik darajasiga, tarbiya metodlarining qay darajada o‘rinli va samarali tanlanganiga hamda mohirona qo‘llanganiga bog‘liq. Tarbiya metodlarini to‘g‘ri tanlash tarbiya vazifalarini ijobiy hal qilishda, o‘quvchilarning o‘z-o‘zini tarbiyalash faolligini oshirishga yordam beradi. Tarbiyaviy natijalarga erishishni istagan har bir o‘qituvchi (tarbiyachi) tarbiya metodlari va ularnng mohiyatini puxta o‘zlashtirib olishi maqsadga muvofiqdir (8-shakl).


Tarbiya metodlari



Ijtimoiy ongni shakllantirishga xizmat qiluvchi metodlar





Odatlantirish va faoliyatda mashqlantirish metodlari





Tarbiyada rag‘batlantirish va jazolash metodlari





Hikoya, tushuntirish, o‘qitish, ma’ruza, axloqiy (ma’naviy) suhbat va baxs.





Pedagogik talab, o‘rgatish, mashq qilish, tarbiyalovchi vazifalar, musobaqa, jamoatchilik fikri, namuna ko‘rsatishi.





Rag‘batlantirish: ma’qullash, ko‘ngilni ko‘tarish, dalda berish, ishonch bildirish, qayd qilish, og‘zaki yoki yozma tashakkur bildirish, mukofatlash: jazolash: tanbeh berish.




Birinchi guruh metodlarning vazifasi o‘quvchining ijtimoiy ongiga hayot, axloq, mehnat qilish munosabatlari qoida va me’yorlari xaqida tushuncha hosil qilish va bilim berishdan iborat. Tarbiya jarayonida ushbu qoida va me’yorlar shaxsining e’tiqodi, ishonchi va hayotiy qarashlariga aylanadi. Ushbu guruhga ma’naviy, axloqiy, estetik, mafkuraviy, Huquqiy, jismoniy, ekologik, iqtisodiy va h.k. mazmundagi suhbatlar hamda namuna ko‘rsatish metodlarini kiritish mumkin.

Ikkinchi guruh metodlari yordamida o‘quvchida ma’naviy mazmunga oid odatlar hosil qiladi. O‘quvchi xulqida ijtimoiy tarbiyaning mazmuniga muvofiq ma’naviy odatlar asosida faoliyat zaminida tarkib topadi.



Faoliyat o‘quvchilarning ijtimoiy munosabat va ijtimoiy xulq-atvor tajribasi bilan boyituvchi muhim manba bo‘lib hisoblanadi Ikkinchi guruh metodlari orasida pedagogik talab metodi ahamiyatlidir. Pedagogik talab turli vazifalarnig bajarilishi, ya’ni ijtimoiy xulq-atvor me’yorini ifodalash, u yoki bu faoliyatda qatnashib bajarilishi zarur bo‘lgan aniq bir vazifani amalga oshirish, u yoki bu harakatni olib borishga undovchi bo‘lishi mumkin.

Talablar bevosita yoki bilvosita qo‘yilishi mumkin. Bevosita talablar qat’iy buyruq yoki ko‘rsatma, ishchanlik, yo‘l-yo‘riq beruvchi tavsifidagi ko‘rinishda bo‘ladi. Bilvosita talablar kechinma, intilish tuyg‘usining uyg‘otishi ko‘zda tutilgan holda maslahat, iltimos, ta’na qilish, faoliyatiga nisbatan qiziqish uyg‘otish tarzida namoyon bo‘ladi. Talablar o‘quvchida u yoki bu darajada ong, asos, maqsad hamda e’tiqod mavjudligini nazarda tutadi. Ayni vaqtda o‘qituvchi o‘quvchilarga nisbatan qo‘yilayotgan talablarning me’yorida bo‘lishiga qat’iy ahamiyat berishi lozim. Bevosita va bilvosita talab o‘rtasidagi asosiy farq quyidagi chizma ko‘rsatilgan (9-shakl).

9-shakl


O‘qituvchi




Talab




O‘quvchi




Faoliyat




O‘qi-tuvchi




1- talab




O‘quvchi




2-talab




O‘quvchi




Faoliyat


O‘qituvchi tomonidan qo‘llanilayotgan talablar bora-bora jamoa talabiga aylanadi. Jamoa talabi ijtimoiy fikr tarzida namoyon bo‘ladi. Jamoa (jamoatchilik) fikri o‘zida jamoaning muayyan faoliyati, voqea hodisaga nisbatan beriladigan bahoni yoki muhokama natijasini ifodalaydi va faol ta’sir kuchi bo‘lib qoladi.

Foydali faoliyat va maxsus tashkil qilinadigan vazifalar jarayonida ijobiy xulq-atvor va xarakterlarga o‘rgatib boriladi.

O‘rgatish-bu ijtimoiy xulq-atvorni odatiy shaklga aylantirish maqsadida o‘quvchilar tomonidan rejali va tizimli tarzda tashkil etiladigan turli harakatlar, tashkil etiladigan amaliy ishlarga undovchi faoliyatdir.

O‘rgatish o‘quvchilarni tarbiyalash va rivojlantirishning barcha bosqichlarida samarali vosita sanaladi.

Faoliyatda mashqlar mehnat, ijtimoiy faoliyat, jamoa faoliyati hamda o‘zaro munosabat odatlarini tarbiyalashga qaratilgan ligidir. Mashq qilish o‘rgatish bilan yaqin aloqada bo‘ladi. Agar o‘rgatib borish negizida bolaning faoliyat jarayonini egallashi yotsa, u holda mashq qilish faoliyati shaxs uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Mashqlantirish o‘rgatib borishga suyangan holda ko‘p bora takrorlashni, mustahkamlashni va takomillashtirib borishni nazarda tutadi, bular esa bora-bora ijtimoiy xulq-atvorni asosi bo‘lib qoladi.

Tarbiyaviy amaliyotda ko‘pincha maxsus pedagogik vaziyatlarni yuzaga keltirish zaruriyati tug‘iladi, bunda axloqiy hal qilishning mustaqil tanlash uchun imkon bo‘ladi. Pedagogik vaziyatlarda o‘quvchilar o‘z fikri va xulq-atvorini qayta o‘zgartirishi lozim bo‘lgan sharoit yaratiladi.

Ikkinchi guruh metodlari orasida musobaqa o‘quvchilar amaliy faoliyatlarini tashkil qilish metodlari samaradorligini oshirishning zarur va muhim sharti hisoblanadi. Musobaqa faoliyatining barcha sohalarida o‘quvchilarning faolligi va ijodkorligini rivojlantirishga, o‘quvchilar jamoasi faoliyatini muayyan maqsadga yo‘naltirishga ko‘maklashadi. Musobaqa to‘o‘ri tashkil qilinganda jamoa hissi muvaffaqiyatli shakllanadi, intizom va o‘quvchilarning uyushqoqligi mustahkamlanadi.

Musobaqa alohida faoliyat turi bo‘yicha, shuningdek, tizimli tarzda ham uyushtiriladi: chunonchi, eng yaxshi sinf, eng yaxshi guruh, eng yaxshi jamoa, eng yaxshi maktab va h.k.

Tarbiya jarayonida o‘quvchilarning o‘zlari tashabbus va g‘ayrat ko‘rsatishi asosida musobaqani tashkil etishlariga, uning sharti va ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishlariga erishish muhimdir. SHuningdek, jamoaning umumiy muvaffaqiyati, qabul qilingan majburiyatning bajarilishi, musobaqa natijalarini stendlarda aks etishini ta’minlash to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish zarur. Musobaqani rasmiy axborotlar uchungina tashkil etish maqsadga muvofiq emas. Jamoatchilik fikri musobaqa faoliyatining muhim asosi bo‘lib qoladi.

Birinchi va ikkinchi guruh metodlarining o‘zaro bog‘liq holda qo‘llanishi orqali ong va xulq birligi yuzaga keladi, ammo bu o‘z-o‘zidan vujudga kelmaydi, balki o‘qituvchining tashkilotchilik mahorati hamda uning o‘quvchi ongi, xulqiga ta’sir etayotgan vositalar xususiyatlari, ahamiyatini ko‘ra olishiga bog‘liq.

Bir so‘z bilan aytganda bugungi o‘quvchi tarbiya natijasida ertangi komil inson, ya’ni jamiyatning barkamol a’zosiga aylanadi. Buning uchun uning ongi va tafakkuri rivojlanib ijobiy fazilatlarni o‘zida shakllantirib borishi lozim.

Xo‘sh, inson ongi nima va u borliqni, atrof-muhitni anglashi uchun qanday faoliyat darajasiga etishi kerak?

Inson ongi - uning idroki, aql orqali hayotiy va dunyoviy xaqiqatni fahmlash asosida ma’naviy istiqbolli faoliyat darajasidir.

Aql kishining o‘z idroki, qalbi va fikri asosida dunyoviy, hayotiy xaqiqatlarni anglash va ularga o‘z faoliyatida ma’naviy-insoniy nuqtai nazardan amal qilishdir.



Uchinchi guruh metodlariga shunday metodlar kiradiki, bularda tarbiyalanuvchilardagi ijobiy xulq-atvorni rao‘batlantirish, salbiy xislatlarni tuzatish yoki oldini olish, ularning his-tuyg‘ulari va maqsadlariga bevosita ta’sir ko‘rsatishda foydalaniladi. Ushbu guruhga rag‘batlantirish va jazo berish kabi metodlar kiradi.

Rag‘batlantirish metodlari o‘quvchilarning harakatlarini ijobiy baholashni ko‘zda tutadi. Rag‘batlantirish quvonch, qoniqish, qanoatlanish kechinmalarini paydo qiladi, tetiklik va o‘ayrat bag‘ishlaydi, o‘z kuchiga ishonchini mustahkamlaydi, ijobiy xatti-harakatlarni rag‘batlantiradi, o‘z faoliyati va xulqiga mas’uliyatini oshiradi. Rag‘batlantirish metodlari xilma-xil bo‘lib, ular tarkibiga ma’qullash, ko‘ngil ko‘tarish, dalda berish, ishonch bildirish, qayd qilish, og‘zaki yoki yozma tashakkur bildirish, mukofotlash va boshqalar kiradi.

Rag‘batlantirish pedagogik talablarni hisobga olgan holda qo‘llanilishi lozim. Har qanday rag‘batlantirish o‘quvchining jamoa oldidagi chinakam xizmatlariga muvofiq bo‘lishi lozim. Rag‘batlantirish vaqtida o‘quvchining alohida xususiyatlarini, jamoada tutgan o‘rnini hisobga olish va u ketma-ket bo‘lmasligi kerak. Haddan oshirib maqtash, jamoaga nisbatan taqqoslash talabchanlikni bo‘shashtirib yuborish, bular o‘quvchida manmanlik, xudbinlik sifatlarining yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Rag‘batni tashkil etishda o‘quvchining muvaffaqiyatlari bilan birga, uning jamoadagi o‘rni, axloqiy qiyofasi, shuningdek, mehnatga, jamoa topshiriqlariga, jamoaning o‘ziga munosabati borasidagi jamoa fikrini inobatga olish ham talab etiladi.

Jazo berish metodlari – bu o‘quvchilarning xatti-harakati va faoliyatiga salbiy baho berishdir. Jazo berish axloq me’yorlariga qarama-qarshi faoliyat va xatti-harakatlarni muhokama etishni ifodalaydi. Jazo berish noma’qul xatti-harakatlarning oldini olishi, axloqni tuzatishi, jamoa oldida uyalishi, o‘zini gunohkor deb bilish hissini uyg‘otishi mumkin. Jamoa tomonidan yoki uning qo‘llab-quvvatlashi asosida jazo berish metodlari ham xilma-xil bo‘lib, ular jumlasi tanbeh berish, koyish, uyaltirish, qizartirish, xatti-harakatlarni jamoa o‘rtasida muhokama qilish, muayyan faoliyatidan chetlatish va boshqalar kiradi.

Jazo berishda ham pedagogik talablarga amal qilish zarur. Berilayotgan jazo maqsadga muvofiq bo‘lib, o‘quvchining aybiga, salbiy xatti-harakatiga qarab berilishi lozim. Jazo berish chog‘ida salbiy xatti-harakatning sabablari unig jamoaga etkazadigan zarari, o‘quvchining shaxsiy xususiyatlari inobatga olinishi lozim.

Jazo berish o‘quvchining manfaatlaridan kelib chiqmasligi yoki uning uchun xizmat qilmasligi lozim. Jazo jamoa tomonidan ham berilishi mumkin. Barcha hollarda ham jazo o‘quvchining jismoniy va ruhiy azobga solmasligi uni tahqirlamasligi, sha’nini erga urmasligi, huquqini paymol etmasligi kerak.

Tarbiya metodlarini sharoitni, vaqtni, shuningdek, ularning o‘zaro bir-biriga tag‘sirini hisobga olgan holda qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Tarbiya metodlari tarbiya vositalari bilan juda yaqin aloqada va Hatto, bir-biriga singib ketgan bo‘lsa-da, ular bir-biridan farq qiladi.

Tarbiya vositalariga tarbiyaning maqsadiga muvofiq tashkil qilingan faoliyat turlari kiradi.

O‘yin, o‘quv mehnati, sport va boshqa faoliyat turlari shunday vositalar hisoblanadi. Bundan tashqari tarbiya jarayonida turli predmetlar, moddiy va ma’naviy madaniyat namunalari, axborot hamda texnik vositalardan ham tarbiya vositasi sifatida foydalaniladi. CHunonchi, ko‘rgazmali, o‘quv qurollari, badiiy-ilmiy adabiyotlar, san’at asarlari, radio, televidenie, kompyuter, magnitafon, slayd, shuningdek, kishilar ham tarbiya vositasi bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Tarbiya vositalaridan foydalanish doimo unga muvofiq keluvchi tarbiya metodlaridan foydalanishni taqozo etadi, chunki ular yordamida ong, his-tuyg‘u, xulq-atvor tarkib toptiriladi. O‘quvchining turli ko‘rinishidagi faoliyati uyushtiriladi.

Bugungi kunda tarbiya jarayonida axborot va texnik vositalardan foydalanishga alohida diqqat e’tibor qaratilmoqda. Ulardan maqsadga muvofiq va samarali foydalanish o‘quvchilarning ma’naviy kamol topishiga olib keladi.

YUqorida bildirilgan mulohazalarga tayangan holda mavzu yuzasidan quyidagi xulosalarga kelish mumkin.



  • Tarbiya jarayonining asosini ijtimoiy hayotning ob’ektiv talablarini, shaxsning ijtimoiy mohiyatini, hamda tabiatini aks ettiruvchi qonuniyatlar tashkil etgani bois tarbiya jarayonini ilmiy asoslangan tarzda olib borish uning qonuniyatlarini chuqur o‘rganishni talab etadi.

  • Tarbiya jarayonining muvaffaqiyati uni tashkil etishda qanday tamoyillarga ko‘ra ish ko‘rilayotganligiga ham bog‘liq. Tarbiya tamoyillari yosh avlodni tarbiyalash maqsadidan kelib chiqqan va komil insonni tarbiyalashning mazmuni, metodlari va yo‘nalishiga qo‘yiladigan eng muhim talablarini belgilab beruvchi asosiy g‘oya va qoidalar yig‘indisidir.

  • Tarbiya jarayonini tashkil etishda o‘qituvchi tomonidan qo‘llaniladigan metodlar ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ular ijtimoiy jamiyat tomonidan ta’lim muassasalari oldiga qo‘yilgan yosh avlodni har tomonlama barkamol, erkin, ijodkor, mustaqil fikr egasi etib tarbiyalash vazifalari bilan belgilanadi. Tarbiya metodlari o‘zaro o‘xshash jihatlariga ko‘ra uch guruhga bo‘linadi. Tarbiya jarayonida qo‘llaniladigan tarbiya vositalari metodlari ahamiyatini kuchaytirishga xizmat qiladi.

3. Tarbiyada o‘z-o‘zini tarbiyalash. O‘quvchida o‘z-o‘zini tarbiyalashga, ya’ni, o‘z ustida ongli, bartartib ishlashga ehtiyoj paydo bo‘lgandagina tarbiya jarayonini samarali deb hisoblash mumkin. Tarbiya jarayonida o‘z-o‘zini tarbiyalash metodlaridan foydalanish samarali hisoblanadi. O‘z-o‘zini tarbiyalash metodlari o‘quvchilarning o‘zini o‘zi idora qilishlari, turli o‘quvchilar organlari faoliyatida faol ishtirok etishlarini ta’minlash, ularning ijtimoiy mavqelarini oshirish maqsadida qo‘llaniluvchi usullardir.

O‘z-o‘zini tarbiyalash o‘quvchilarning o‘zini o‘zi idora qilish va o‘quvchilarning turli organlari faoliyatida faol ishtirok etishni ta’minlash, ularning ijtimoiy mavqeini oshirishning ta’sirchan vositasidir. O‘quvchilar o‘qish, tarbiya va dam olishda o‘z-o‘zini tarbiyalash usullaridan foydalanadilar, bu usullar o‘quvchilarni o‘z-o‘zini tarbiyalash tashabbuskorlik va mustaqillikka undaydi.



O‘z-o‘zini tahlil (nazorat) qilish o‘z shaxsi, mavjud fazilatlari, xatti-harakati, xulq-atvorini tahlil qilish, mavjud sifatlarni boyitish yoki salbiy odatlarni bartaraf etishga qaratilgan faoliyat usuli.

O‘z-o‘zini tahlil (nazorat) qilish uchun o‘quvchi o‘zining yurish-turishi, intizomi, ijobiy fazilatlarining ortib borishi va aksincha, salbiy odatlarining kamayib borishi xaqida muntazam ravishda kundaligiga yozib boradi.



O‘z-o‘zini baholashmavjud fazilatlari, xatti-harakati, xulq-atvorini tahlil qilish asosida o‘z shaxsiga baho berishga yo‘naltirilgan faoliyat usuli.

O‘quvchining qobiliyatini o‘z kuchi bilan yuzaga chiqishiga yordamlashish zarur. O‘z -o‘zini baholash qiyin, lekin o‘quvchini bunga etarli tayyorlash mumkin. SHu bois o‘quvchi irodali bo‘lishi, o‘z burchini tushunishi, tahsil va tarbiya olish uchun sababli asos bo‘lishi, ya’ni, tarbiyalanishni xohlashi, o‘zini o‘rtoqlari, atrofdagilarning ko‘zi bilan ko‘rish va o‘z-o‘zini takomillashtirishga intilishi lozim.

O‘z-o‘zini baholash o‘quvchi uchun shaxsiy imkoniyatlarini hisob-kitob qilish, o‘ziga chetdan turib xolisona baho berish, o‘zidan qoniqish hosil qilishda yordam beradi.

Izohlash – tarbiyalanuvchiga hissiy-og‘zaki ta’sir etish usuli. Izohlashning hikoya va tushuntirishdan farqlanadigan muhim belgisi muayyan guruh yoki alohida shaxsga yo‘naltirilganligidir. Ushbu metodni qo‘llash sinfning o‘quvchilarining umumiy yoki jamoa a’zolarining shaxsiy xususiyatlarini bilishga asoslanadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan ish olib borishda izohlashning elementar usul va vositalari qo‘llaniladi: «SHunday harakat qilish kerak», «Hamma shunday qiladi», o‘smirlar bilan ishlaganda ma’naviy-axloqiy tushunchalarning ijtimoiy ahamiyati va ma’nosini izohlash zarur. Izohlash quyidagi holatlarni yuzaga keltirish uchun qo‘llaniladi:


  1. yangi ma’naviy-axloqiy sifatlar yoki xulq ko‘nikmalarini tarkib toptirish va mustahkamlash;

  2. tarbiyalanuvchilarning sodir etilgan muayyan hodisa (masalan, sinf o‘quvchilari ommaviy ravishda darsga kelmaganlari) ga to‘g‘ri, ongli munosabatni hosil qilish.

Maktab amaliyotida izohlash ishontirishga tayanadi. Ishontirish vositasida o‘quvchi ruhiyatiga sezilarsiz holda ta’sir etiladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari hamda o‘smirlar ishonuvchan bo‘lishadi. Pedagog ishontirishdan tarbiyalanuvchi ma’lum ko‘rsatmani qabul qilishi zarur bo‘lgan vaziyatlarda foydalanadi. Mazkur metoddan boshqa metodlarning ta’sirini kuchaytirish uchun ham foydalaniladi.

Munozaratarbiyalanuvchilarga hissiy-og‘zaki ta’sir ko‘rsatish asosida ularda ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan bahs-munozara usuli bo‘lib, siyosiy, iqtisodiy, madaniy, estetik va huquqiy mavzular («Did xaqida bahs», «Mashhur bo‘lish yo‘llari», «Biz madaniyatli kishilarmizmi?» va hokazolar)da o‘tkaziladi. Munozara turli nuqtai nazarlar to‘qnashgan vaziyatda o‘quvchilarda ma’lum hodisaga nisbatan ishonch hosil qilishga yordam beradi.

Munozara asosida turli qarashlar yotadi. Bahs ijobiy natija berishi uchun puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadga muvofiq. Munozara uchun mustaqil mulohaza va qarashni yuzaga keltiruvchi 5-6 ta savol tayyorlanadi. Ushbu savollar bilan munozara ishtirokchilari oldindan tanishtiriladilar. Ba’zan tarbiyachi munozara ishtirokchilarini o‘zi tayinlashi ham mumkin. CHiqishlar jonli, erkin va qisq bo‘lishi zarur. Matnni yozish kerak emas, agar shunday holat yuz bersa munozara zerikarli tus oladi. Pedagog munozara ishtirokchilariga fikrlarini ixcham, asosli va dalillar asosida bayon etishga yordam beradi.



Mashq va o‘rgatish (faoliyatda mashqlantirish) metodlari muayyan mashqyordamida bolalar faoliyatini oqilona, maqsadga muvofiq va har tomonlama puxta tashkil qilish, ularni axloq me’yorlari va xulq-atvor qoidalarini bajarishga odatlantirishdir. Odatlar bolalikdan tarkib topadi va shaxs rivojlanishining keyingi bosqichlarida mustahkamlanib boradi.

O‘qituvchi hamda ota-onalar bolalarda ijobiy odatlarning tarbiyalanib borayotganligini kuzatib borishlari kerak. O‘quvchilar odatlarni o‘z yaqinlaridan meros qilib olmaydi, balki ular atrofdagilar bilan faol muloqotga kirishishlari tufayli taqlid qilish, uzluksiz tarbiyani yo‘lga qo‘yish asosida tarkib toptiriladi. Natijada odat xarakterga aylanadi.

Mashq muayyan xatti -harakatlarni ko‘p marotaba takrorlashni o‘z ichiga oladi. Mashq va odatlantirish o‘quvchi uchun ongli, ijobiy jarayondir. Mashq natijasini ko‘nikma, odat, yangi bilimlar hosil qilinadi, o‘quvchining aqliy qobiliyati rivojlanadi, ma’naviy-axloqiy sifatlari boyiydi, hayotiy tajribasi ortadi.

O‘rgatish tarbiyalanuvchilar ijtimoiy xulq-atvor ko‘nikmalari, odatlarini shakllantirish maqsadida rejali va izchil tashkil qilinadigan turli harakatlar, amaliy ishlardir.

O‘rgatish bir necha izchil harakatlar yig‘indisidir. O‘qituvchi bu harakatlarni ko‘rsatib berishi, tushuntirishi, kuzatishi lozim.

Tarbiya amaliyotida mashq qilishning turli xili mavjud:


  1. faoliyatda mashq qilish;

  2. kun tartibi mashqlari;

  3. maxsus mashqlar.

Faoliyatda mashq qilish mehnat, ijtimoiy hamda jamoa faoliyatini tashkil etish va o‘zaro munosabatni yo‘lga qo‘yish odatlarini tarbiyalashga qaratilgandir. Kun tartibi mashqlari belgilangan kun tartibiga amal qilish, shu bilan bog‘liq istak va harakatlarni boshqarish, ish va bo‘sh vaqtdan to‘g‘ri foydalanish odatiga o‘rgatadi. Maxsus mashqlar madaniy xulq ko‘nikma va malakalarini hosil qiladi, mustahkamlaydi.
Topshiriqo‘quvchilarda mehnat, ijtimoiy xulq va hayotiy tajriba ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida qo‘llaniladigan usul. O‘quvchilarning topshiriqlarni jamoa bo‘lib bajarishlari ularda ijtimoiy xulq tajribalarini shakllantirishda alohida ahamiyatga ega. O‘quvchilar o‘z kuchlarini umum ishiga sarflashga, jamoa uchun mas’uliyatni his etishga o‘rganadilar, Mehnat qilish o‘quvchilarning harakatlarini shakllantiradi, mustahkamlaydi.
Pedagogik talabturli xatti-harakatlarni bajarish hamda faoliyatda ishtirok etish jarayonida o‘quvchi tomonidan amal qilinishi zarur bo‘lgan ijtimoiy xulq-atvor me’yorlari. Pedagogik talab tarbiyaning eng muhim usullaridan biridir. Pedagogik talab ma’lum harakatlarni rag‘batlantiruvchi yoki to‘xtatuvchi hamda o‘quvchini oqilona harakatlarni bajarishga undovchi xarakterga ega bo‘lishi mumkin.

Rag‘batlantirish tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga ijobiy baho berish asosida unga ishonch bildirish, ko‘ngilini ko‘tarish va uni qo‘llab-quvvatlash usulidir. O‘qituvchi har bir o‘quvchi shaxsida ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlarni anglash olishi zarur. SHundagina o‘quvchi o‘zining kamolga etayotganligini his qiladi, unda o‘z kuchiga nisbatan ishonch paydo bo‘ladi. Uni hurmat qilishadi, unga ishonishadi, uning fikrlari bilan qiziqishadi, unga quloq solishadi, demak, u jamoada o‘z o‘rniga ega. O‘qituvchi ana shunday holatning yuzaga kelishi uchun rag‘batlantiruvchi usullardan foydalanadi. O‘quvchining yanada ijobiy sifatlarga ega bo‘lishga intilishiga yordam beradi. Maktablar tajribasida rag‘batlantirishning quyidagi turlari qo‘llaniladi:


Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin