O‘z navbatida korreksion pedagogika tarkibiga maxsus pedagogika va psixologiyaning turli soxalari kiradi. Ular quyidagilardir:
Surdopedagogika va surdopsixologiya – eshitish qobiliyati buzilgan bolalarni rivojlantirish, o‘qitish va tarbiyalash masalalarini o‘rganadi.
Oligofrenopedagogika va oligofrenopsixologiya – aqli zaif bolalarni rivojlantirish, o‘qitish va tarbiyalash masalalarini o‘rganadi.
Tiflopedagogika va tiflopsixologiya – ko‘rish qobiliyati buzilgan bolalarni rivojlantirish, o‘qitish va tarbiyalash masalalarini o‘rganadi.
Logopediya va nutqiy buzilishlar psixologiyasi – nutqi, shuningdek, motorli-harakatlanish doirasida murakkab nuqsonlar bO‘lgan bolalar (ko‘r, soqov va kar bolalar)ni rivojlantirish, o‘qitish va tarbiyalash masalalarini o‘rganadi.
Metodika – xususiy fanlarni o‘qitish xususiyatlarini o‘rganadi.
Pedagogika tarixi – ta’lim va tarbiyaning yuzaga kelishi, taraqqiy etishi, muayyan tarixiy davrlarda etakchi o‘rin egallagan pedagogik fikrlar taraqqiyoti masalalarini o‘rganadi.
Pedagogik texnologiya – ta’lim va tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, texnologik yondashuv asosida ta’lim va tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish muammolarini o‘rganadi.
Pedagogik maxorat – bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy maxoratlarini oshirish, takomillashtirish muammolarini o‘rganadi.
9. Ta’limni boshqarish – ta’lim muassasalarining faoliyatini yo‘lga qo‘yish, boshqarish, nazorat qilish xamda istiqbollarini belgilash masalalarini o‘rganadi.
10. Ijtimoiy pedagogika – ijtimoiy munosabatlar jarayonida pedagogik g‘oyalarning tutgan o‘rni va roli, shaxsni kasbiy va ijtimoiy faoliyatga yo‘naltirish muammolarini o‘rganadi.
Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari. Pedagogika fani rivoji muayyan pedagogik muammolarni tadqiq etish maqsadida olib borilgan tadqiqot ishlarining g‘oyasi, mazmuni xamda natijalari xisobiga ta’minlanadi. Ijtimoiy va ishlab chi[arish jarayonining keskin rivojlanishi shaxsni xar tomonlama kamol toptirish imkonini beruvchi omil xamda pedagogik shart-sharoitlarni aniqlash, jamiyat va shaxs ma’naviyatiga ziyon etkazuvchi xolatlarni bartaraf etishni taqozo qiladi. Tarbiya jarayonlarining moxiyatini anglash ularni keng yoki tor doirada o‘rganish, mavjud ko‘rsatkichlar vositasida ularning sodir bO‘lish sabablarini o‘rganish, zarur chora-tadbirlarni belgilash ilmiy izlanishlarni tashkil etish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Pedagogik izlanishlarning samarali kechishi bir qator ob’ektiv va sub’ektiv omillarga bog‘liq. Mazkur jarayonda maqsadga muvofiq keluvchi, maqbul. Ayni vaqtda samarali bO‘lgan metodlarni tanlay olish xam muximdir.
Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari shaxsni tarbiyalash, unga muayyan yO‘nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berishga berish tamoyillari, ob’ekti va sub’ektiv omillarini aniqlovchi pedagogik jarayonning ichki moxiyati, aloqa va qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish usullaridir.
Ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasida pedagogik yo‘nalishda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar dialektik yondashuvga asoslanadi. Pedagogik xodisa, voqelik va ularning qonuniyatlarilarni aniqlashga bunday yondashuv pedagogik xodisa va jarayonlarning umumiy aloqasi, ularning izchil, uzluksiz rivojlanishi, bolaning fiziologik rivoji uning psixologik, intellektual jixatdan takomilashtirib borishini ta’minlashi, qarama-qarshiliklarning shaxs kamolotini ta’minlashdagi o‘rni va roli, shuningdek, dialektika kategoriyalarining axamiyatini e’tirof etadi.
Pedagogik ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish murakkab, muayyan muddatni taqozo etuvchi, izchillik, uzluksizlik, tizimlilik xamda aniq maqsad kabi xususiyatlarga ega bo‘lgan jarayon bo‘lib, uning samarali bo‘lishi uchun bir qator shartlarga rioya etish zarur. Ular quyidagilardir:
muammoning dolzarbligi va mavzuning aniq belgilanganligi;
ilmiy farazlarning to‘g‘ri shakllantirilganligi;
vazifalarning tadqiqot maqsadi asosida to‘g‘ri belgilanganligi;
tadqiqot metodlar tizimiga nisbatan ob’ektiv yondashuv;
tajriba-sinov ishlari jarayoniga jalb etiluvchi respondentlarning yosh, psixologik va shaxsiy xususiyatlari, shuningdek, shaxs rivojlanishi qonuniyatlarining tO‘g‘ri xisobga olinganligi;
tadqiqot natijalarini oldindan tashxislash va uning natijalarini bashoratlash;
tadqiqot natijalarining kafolatlanganligi.
Zamonaviy sharoitda pedagogik yo‘nalishda tadqiqotlarni olib borishda quyidagi metodlardan foydalanilmoqda:
Pedagogik kuzatish metodi.
Suxbat metodi.
Anketa metodi.
Intervyu metodi.
Ta’lim muassasasi xujjatlarini taxlil qilish metodi.
Test metodi.
Pedagogik taxlil metodi.
Bolalar ijodini o‘rganish metodi.
Pedagogik tajriba metodi.
Matematik-statistik metod.
Pedagogik kuzatish metodi. Uni qo‘llash jarayonida ta’lim muassasalarining o‘quv-tarbiya ishlari jarayonini o‘rganish asosida tadqiq etilayotgan muammo xolat aniqlanadi, tajriba- avvali va yakunida qo‘lga kiritilgan ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi farq to‘g‘risidagi ma’lumotga ega bo‘linadi. Pedagogik kuzatish murakkab va o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Kuzatish aniq maqsad asosida, uzluksiz, izchil va tizimli amalga oshirilsa, kutilgan natijani qO‘lga kiritish mumkin. Olib borilayotgan pedagogik kuzatish ta’lim-tarbya sifatini oshirish, o‘quvchi shaxsini shakllantirishga xizmat qilsa, mazkur metodning axamiyati yanada oshadi.
Pedagogik kuzatuvni tashkil etishda xatoga yo‘l qo‘ymaslik muximdir. Buning uchun tadqiqotchidan quyidagilar talab etiladi:
kuzatuv jarayonida aniq maqsadga egalik;
kuzatishni tizimli ravishda yO‘lga qo‘yish;
kuzatishning xar bir bosqichida muayyan vazifalarni xal etish;
xar bir xolatning moxiyatini sinchiklab O‘rganish;
xulosa chixarishga shoshilmaslik.
Suxbat metodi. Bu metod pedagogik kuzatish jarayonida ega bo‘lingan ma’lumotlarni boyitish, mavjud xolatga to‘g‘ri baxo berish, muammoning echimini topishga imkon beruvchi pedagogik shart-sharoitlarni yaratish, tajriba-sinov ishlari sub’ektlari imkoniyatlarini muammo echimiga jalb etishga yordam beradi. Suxbat maqsadga muvofiq xolda indiviudal, guruxli xamda ommaviy shaklda o‘tkaziladi. Suxbat jarayonida respondentlarning imkoniyatlari to‘la-to‘kis namoyon bilishga erishish muximdir. Uning samarali bo‘lishi uchun quyidagilarga amal qilish maqsadga muvoiq:
maqsaddan kelib chiqqan xolda suxbat uchun belgilanuvchi savollarning mazmuni aniqlash xamda savollar o‘rtasidagi mantiqiylik va izchillikni ta’minlash;
suxbat joyi va vaqtini aniq belgilash;
suxbat ishtirokchilarining soni xususida ma’lum to‘xtamga kelish;
suxbatdosh to‘g‘risida avvaldan muayyan ma’lumotlarga ega bo‘lish;
suxbatdosh bilan samimiy munosabatda bo‘lish;
suxbatdoshning o‘z fikrlarini erkin va batafsil ayta olishi uchun sharoit yaratish;
savollarning aniq, qisqa va ravshan berilishiga erishish;
olingan ma’lumotlarni O‘z vaqtida taxlil qilish.
Anketa metodi (fransuzcha – tekshirish). Ushbu metod yordamida pedagogik kuzatish va suxbat jarayonida to‘plangan dalillar boyitiladi. Anketa metodi xam tizimlangan savollar asosida respondentlar bilan muloqotni tashkil etishga asoslanadi. Anketa savollariga javoblar, kO‘p xollarda, yozma ravishda olinadi. O‘rganilayotgan jarayon moxiyatidan kelib chiqqan xolda anketa savollari quyidagicha bO‘ladi:
ochiq turdagi savollar (respondentlarning erkin, bafsil javob berishlari uchun imkon beruvchi savollar);
2) yopiq turdagi savollar (respondentlar «xa», «yo‘q», «qisman» yoki «ijobiy», «qoniqarli», «salbiy» va xokazo tarzdagi javob variantlarini tanlash orqali savollarga javob beradilar).
Anketa metodini qo‘llashda xam bir qator shartlarga amal qilish zarur. Ular quyidagilardir:
anketa savollari tadqiq etilayotgan muammoning moxiyatini yoritishga xizmat qilishi lozim;
anketa savollari yirik xajmli va noaniq bO‘lmasligi kerak;
anketa savollari o‘quvchilarning dunyoqarashi, yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olish asosida tuzilishi zarur;
anketa savollari respondentlar tomonidan to‘la javoblar berilishini ta’minlovchi vaqtni kafolatlay olishi zarur;
anketa o‘quvchilarning pedagogik va psixologik tavsifnomalarini tuzish manbaiga aylantirib yuborilmasligi zarur;
anketa javoblari muayyan mezonlar asosida puxta taxlil etilishi shart.
Intervyu metodi respondent tomonidan tadqiq etilayotgan muammoning u yoki bu jixatini yorituvchi xodisaga nisbatan munosabat bildirilishini ta’minlaydi. Intervyu respondent e’tiboriga turkum savollarni xavola etish asosida o‘tkaziladi. Intervyu jarayonida olingan savollarga nisbatan tadqiqotchi tomonidan munosabat bildirilishi uning samarasini oshiradi.
Ta’lim muassasasi xujjatlarni taxlil qilish metodi. Pedagogik xodisa va dalillarni tekshirish maqsadida ta’lim muassasalari faoliyati mazmunini yorituvchi ma’lumotlarni tekshirish maqsadga muvofiqdir. Mazkur metod O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni xamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablarining ta’lim muassasalari amaliyotidagi bajarilish xolatini o‘rganish, bu boradagi faolllik darajasi, erishilgan yutuq xamda yo‘l qO‘yilgan kamchiliklarni aniqlash, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va ta’lim muassasasi pedagogik tajribasini oshirish maqsadida qo‘llaniladi.
Ta’lim muassasasi faoliyati moxiyatini yorituvchi xujjatlar quyidagilardan iborat: o‘quv mashg‘ulotlarining jadvali, o‘quv dasturi, gurux (yoki sinf) jurnallari, o‘quvchilarning shaxsiy varaqalari, buyruqlar, Pedagogik Kengash yig‘ilishi bayonnomalari yozilgan daftar, Pedagogik Kengash qarorlari, ta’lim muassasasi smetasi xamda pasporti, tarbiyaviy ishlar rejasi, o‘quv-tarbiya ishlarini tashkil etish borasidagi xisobotlar, ta’lim muassasasi jixozlari (o‘quv partalari, stol stullar, yumshoq mebellar va xokazolar) qayd etilgan daftar va xokazolar.
Mazkur metod muayyan yo‘nalishlarda o‘quv-tarbiya ishlari samaradorligi darajasi, o‘quvchilarda xosil bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar xajmi, ilg‘or pedagogik tajribalar mazmunini o‘rganishda muxim axamiyatga ega.
Test metodi. Ushbu metod respondentlar tomonidan muayyan fan soxasi yoki faoliyat (shu jumladan, kasbiy faoliyat) bO‘yicha o‘zlashtirilgan nazariy bilim va amaliy ko‘nikma, malakalar darajasini aniqlashga xizmat qiladi. Test o‘z moxiyatiga ko‘ra quyidagi savollardan iborat:
ochiq turdagi savollar (respondentlarning erkin, bafsil javob berishlari uchun imkon beruvchi savollar);
2) yopiq turdagi savollar (respondentlar «xa», «yo‘q», «qisman» yoki «ijobiy», «qoniqarli», «salbiy» va xokazo tarzdagi javob variantlarini tanlash orqali savollarga javob beradilar).
3) to‘g‘ri javob variantlari qayd etilgan savollar (respondentlar o‘z yondashuvlariga ko‘ra to‘g‘ri deb topgan javob variantini belgilaydilar).
Test metodini qo‘llashda aniqlanishi zarur bO‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarni turkum asosida berilishiga e’tibor berish maqsadga muvofiqdir. Ushbu metodning afzalligi respondentlar javoblarini aniq mezonlar bo‘yicha taxlil etish imkoniyati mavjudligi xamda vaqtning tejalishi bilan tavsiflanadi. Biroq, metod ayrim kamchilikdan xam xoli emas. CHunonchi, aksariyat xolatlarda javoblar yozma ravishda olinadi, shuningdek, respondent taklif etilayotgan javob variantlardan birini tanlashi zarur. SHu bois respondent o‘z fikrini batafsil ifoda etish imkoniyaga ega emas.
Pedagogik taxlil metodi. Tadqiqotni olib borish jarayonida ushbu metodni qo‘llashdan ko‘zlangan maqsad tanlangan muammoning falsafiy, psixologik xamda pedagogik yo‘nalishlarda o‘rganilganlik darajasini aniqlashdan iborat bO‘lib, tadqiqotchi ilgari surayotgan g‘oyaning nazariy jixatdan xaqqoniyligini asoslashga xizmat qiladi.
Bolalar ijodini o‘rganish metodi. Mazkur metod o‘quvchilarning muayyan yo‘nalishlardagi layoqati, qobiliyati, shuningdek, ma’lum fan soxalari bO‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash maqsadida qO‘llaniladi. Uni qo‘llashda o‘quvchilarning ijodiy ishlari – kundaliklari, insholari, yozma ishlari, referatlari, xisobotlari muxim vosita bO‘lib xizmat qiladi. Metodning afzalligi shundaki, u ma’lum O‘quvchiga xos bO‘lgan individual imkoniyatni kO‘ra olish, baxolash va uni rivojlantirish uchun zamin yaratadi.
Bolalar ijodini o‘rganishning quyidagi shakllari mavjud:
fan olimpiadalari;
turli mavzulardagi tanlovlar;
maktab ko‘rgazmalari;
festivallar;
musobaqalar.
Pedagogik tajriba (eksperiment – lotincha «sinab ko‘rish», «tajriba qilib kO‘rish») metodi. Pedagogik tajriba metodidan muammo echimini topish imkoniyatlarini o‘rganish, mavjud pedagogik sharoitlarning maqsadga erishishning kafolatlay olishi, ilgari surilayotgan tavsiyalarning amaliyotda o‘z in’ikosiga ega bo‘la olishi xamda samaradorligini aniqlash maqsadida foydalaniladi. Mazkur metoddan foydalanish tadqiqotchi tomonidan ilgari surilayotgan maxsus metodikaning samaradorligini aniqlay xamda unga baxo bera olishi zarur.
P edagogik tajriba tashkil etilish sharoitiga ko‘ra quyidagi guruxlarga
bO‘linadi:
Pedagogik tajriba xam bir qator shartlarga amal qilgan xolda tashkil etiladi. Xususan:
tajribaning maqbul loyixa (dastur) asosida uyushtirilishi;
tadqiqot ilmiy farazining puxta asoslanishi;
tadqiqot ob’ektlari vv usullarining to‘g‘ri tanlanishi;
tajriba o‘tkazilish vaqti xamda davomiyligini aniqlanishi;
zarur pedagogik shart-sharoitlar (asbob-uskuna, jixozlar, vositalar)ning yaratilganligi;
tajriba ma’lumotlarini umumlashtirish, taxlil qilish va natijalarni qayta ishlash.
Matematik-statistik metod tajriba-sinov ishlari, shuningdek, umumiy xolda tadqiqotning samaradorlik darajasini aniqlash maqsadida qO‘llaniladi, muammo xolatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar maxsus matematik formulalar yordamida qayta taxlil etiladi. YAkuniy qiymat tadqiqot samarasini ifodalovchi asosiy kO‘rsatkich xisoblanadi. Ayni vaqtda pedagogik yo‘nalishda tadqiqotlar olib borishda Styudent, Rokich, V.P.Bespalko xamda V.V.Grechixin metodlaridan keng foydalanilmoqda.
Dostları ilə paylaş: |