Mavzu: pedagogika fani predmeti va vazifalari. Pedagogikaning metodologiyasi va tadqiqot metodlari


Jismoniy o‘sishiga xos bu xususiyatlar tarbiyachidan ehtiyotkorlikni talab etadi. Bu yoshda bola bilim olish va o‘rganishga qiziquvchan bo‘ladi



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə14/124
tarix08.04.2022
ölçüsü1,44 Mb.
#54931
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   124
MAVZU

Jismoniy o‘sishiga xos bu xususiyatlar tarbiyachidan ehtiyotkorlikni talab etadi. Bu yoshda bola bilim olish va o‘rganishga qiziquvchan bo‘ladi.

O‘rta va katta maktab yoshi (o‘smirlik, ilk o‘spirinlik 12-17 yosh). O‘smirlikning murakkabligi anotomik-fiziologik va psixologik xususiyatdagi kuchli o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir. Bolaning o‘sishi tezlashadi. Bu davrni o‘tish davri ham deyiladi. Bu davrda jinsiy etilish davri boshlanadi. Bu bolaning fe’l-atvoriga ta’sir etadi. O‘smir hayotida mehnat, o‘yin, sport va jamoat ishlari katta rol o‘ynaydi. Ba’zilarining o‘zlashtirishi pasayadi, intizomi bo‘shashadi.

Bu davr o‘spirinlarning ilk balog‘atga etgan davridir. Mazkur davrda jinsiy etilish tugaydi. Ularda mustaqillik sezila boshlaydi. O‘spirin yoshlar hayotga kelajak nuqtai nazaridan qaray boshlaydilar. Madaniy darajasini orttirishga intilish kuchaya boradi, his-tuyg‘ularida ham o‘zgarish yuz beradi. O‘z-o‘zlarini tarbiyalashga kirishadilar. Ideal tanlash va unga ergashish kuchayadi. Bu davrda, ular o‘rtasida munozaralar o‘tkazish yaxshi natija beradi. O‘spirinlar o‘z guruhiga intiladi. Shuning uchun ham o‘spirinning barcha intilishlari ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur. Ularda o‘quv fanlarini tanlashga nisbatan ehtiyoj kuchaya boradi.

O‘spirinlik - bu aqliy faoliyatning ham rivojlanish davri sanaladi. Ular o‘z fikrlarini mustaqil ifodalashga harakat qilib, shaxslik xislat-larini namoyish eta boshlaydilar. Shunda o‘qituvchilar va katta yoshlilar ularning hali g‘o‘r fikrlari va dunyoqarashlarini to‘g‘ri yo‘naltirishlari muhim. Zero, bu davrda o‘z-o‘zini anglash, ma’naviy-axloqiy, ijtimoiy xislatlari tez shakllanadi.

Bunga uning faoliyati, jamoada va jamoat joylarida o‘zini tutishi, odamlar bilan tez muloqotga kirishishi ham turtki bo‘ladi. O‘zini kattalardek his etish, o‘ziga xosligini namoyon etish, boshqalarning diqqatini o‘ziga qaratishga harakat qiladi. Axloqiy muammolarni o‘ z qarashlari nuqtai nazaridan hal eta boshlaydi. Hayot mohiyati, baxt, burch, shaxs erkinligini o‘z qiziqishlari bilan o‘lchaydilar. Shu bois ularga katta yoshlilarning beg‘araz, to‘g‘ri yo‘nalish berishlari o‘ta muhim.


Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin