Mavzu: pedagogika fani predmeti va vazifalari. Pedagogikaning metodologiyasi va tadqiqot metodlari


Mazkur davrda yoshlar xulqi ham tarkib topa boshlaydi. Bunda shaxsning jamoadagi mavqei, jamoa shaxslari bilan muomala- muloqoti muhimdir



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə15/124
tarix08.04.2022
ölçüsü1,44 Mb.
#54931
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   124
MAVZU

Mazkur davrda yoshlar xulqi ham tarkib topa boshlaydi. Bunda shaxsning jamoadagi mavqei, jamoa shaxslari bilan muomala- muloqoti muhimdir.

Albatta, bu borada, ta’lim muassasasida faoliyat ko‘rsatayotgan yoshlar ijtimoiy harakati ta’siri katta ahamiyatga ega. Chunki o‘spirin-yoshlar mustahil hayot ostonasida bo‘lib, ularning bu hayotga to‘g‘ri qadam qo‘yishi uning jamiyatning faol fuqarosi bo‘lishining muhim shartidir.

5.Shaxs rivojlanishining gender xususiyatlari. “Gender” atamasi 1968 yilda amerikalik psixolog olim Stoller tomonidan ilmiy iste’molga kiritilgan bo‘lib, “jins” ma’nosini bildiradi. Jinsiy munosabatlar ilgari ham psixologiyada faol o‘rganilgan bo‘lsa-da, yangi atamaning paydo bo‘lishi ijtimoiy fanlarda yangi oqimlarni yuzaga keltirdi. “Gender tarixi”, “Gender psixologiyasi”, “Falsafaning gender tomonlari”, “Gender antropologiyasi”, “Gender sotsiologiyasi”, keyinchalik esa “Gender pedagogikasi” kabi fan tarmoqlari shakllandi. “Gender” tushunchasi, avvalo, erkak va ayol, o‘g‘il va qiz bolalar munosabatlarining ijtimoiy-psixologik hamda pedagogik tomonlarini qamrab oladi.

Adabiyotlarda gender tushunchasining bir necha xil talqini mavjud. Jumladan, faylasuflar uni quyidagicha tavsiflaydilar: «Gender» inglizcha so‘z bo‘lib, jinsga mansublikning ijtimoiy jihatlari ma’nosini anglatadi. Bu tushuncha erkaklar va ayollar o‘rtasida nafaqat biologik farqni, balki jamiyatning jinsiy taqsimotida ijtimoiy va madaniy tavsiflarning butun majmuini hisobga oladi. Erkaklar va ayollarga tegishli ijtimoiy bog‘liqlik, xulq-atvor va kutilgan natijalarni ifodalaydi. Psixologlar ham gender tushunchasiga o‘ziga xos tarzda yondashganlar: psixikaning gender asoslari jins va u bilan bog‘liq ijtimoiy stereotiplar, shaxsning psixologik ko‘rinishidir. Olimlar orasida bu xususiyatlarning qaysi biri tug‘ma, qaysi biri esa ta’lim va tarbiya jarayonida rivojlanganligi to‘g‘risida keskin munozaralar bormoqda. O‘g‘il va qiz bolalarning har bir xalq madaniyatida har xil tarbiyalanishi tufayli, ular maktabga kelgan davrdan boshlab jinslarning psixologik farqlari ma’lum bo‘ladi. Bu farqlar orasida psixologlar (A.E.Taras, 2002) qizlar o‘g‘il bolalardan matematik va vizual qobiliyatlari bilan ustunroq deb ta’kidlashadi. O‘g‘il bolalarda qizlarga qaraganda o‘ziga ishonch hissi kuchliroqdir. Qiz bolalar bir xillikka asoslangan qiziqarsiz faoliyatni engilroq qabul qilishadi. O‘zgaruvchan muhitga tez moslashishadi. O‘g‘il bolalar har bir holatni umumiy tarzda baholashsa, qizlar yaxshilab tekshirib, o‘rganib, keyin unga baho berishadi.

Pedagogik ma’noda gender - o‘g‘il va qiz bolalarning murakkab ta’limiy sotsiomadaniy birligi bo‘lib, ularning xatti-harakati, mentaliteti va emotsional xususiyatlari, o‘quv faoliyatidagi o‘zaro teng va farqli jihatlarini o‘z ichiga oladi.

Bugungi kunda o‘g‘il va qiz bolalarning rivojlanishidagi fiziologik, axloqiy, emotsional, xulq-atvorga oid farqlar to‘liq o‘rganilgan. Ana shu asosdan kelib chiqib, o‘quvchilarning rivojlanishida hisobga olish lozim bo‘lgan quyidagi gender xususiyatlarni sanab o‘tish mumkin:


Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin