bolaning kamol topishi, shaxs bo‘lib shakllanishida ijtimoiy, xususan, ota-onalar va bola o‘rtasidagi munosabatlar, ularning o‘ zaro hissiy birligi muhim ahamiyatga ega;
shaxs muayyan sxemalar hamda kognitiv tuzilmalar yordamida boshqariladi; shu sababli uning ana shu sxema va kognitiv tuzilmalarga moslashuvi ijtimoiylashuv mohiyatini anglatadi;
shaxs ijtimoiy ta’sirlar yordamida ilmiy bilimlar hamda kishilik madaniyati unsurlarini o‘zlashtiradi, ularning negizida esa u aqliy jihatdan kamol topadi va axloqiy sifatlarga ega bo‘ladi - mazkur holat shaxs ijtimoiylashuvining ustuvor jihati hisoblanadi;
shaxsning ijtimoiylashuvi turli ijtimoiy tuzumlar, jamiyat rivojining muayyan davrlarida bir xil kechmaydi; har bir davri shaxsning ijtimoiylashuvida o‘ziga xos ko‘rinishda namoyon bo‘ladi;