Mavzu: pedagogika fani predmeti va vazifalari. Pedagogikaning metodologiyasi va tadqiqot metodlari



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə35/124
tarix08.04.2022
ölçüsü1,44 Mb.
#54931
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   124
MAVZU

5-modda. Ta’lim olish huquqi

Jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, har kimga ta’lim olish uchun teng huquqlar kafolatlanadi.

Ta’lim olish huquqi:

ta’lim tashkilotlarini rivojlantirish;

ta’lim tashkilotlarida innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlash va oʻquv dasturlarini innovatsion texnologiyalarni qoʻllagan holda amalga oshirish;

ishlab chiqarishdan ajralgan (kunduzgi) va ajralmagan holda (sirtqi, kechki, masofaviy) ta’lim olishni tashkil etish;

kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

umumiy oʻrta, oʻrta maxsus ta’limni va boshlangʻich professional ta’limni bepul olish;

oilada yoki mustaqil oʻqish orqali ta’lim olgan fuqarolarga, shuningdek umumiy oʻrta ta’lim olmagan shaxslarga akkreditatsiyadan oʻtgan davlat ta’lim muassasalarida eksternat tartibida attestatsiyadan oʻtish huquqini berish orqali ta’minlanadi.

Oldingi tahrirga qarang.

Chet ellik fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga va qonunchiligiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida ta’lim olishga haqlidir.



(5-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashayotgan fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ta’lim olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega.




Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin