Mavzu: pedagogika fani predmeti va vazifalari. Pedagogikaning metodologiyasi va tadqiqot metodlari


O‘qitish (didaktik) jarayonining mohiyatini quyidagi formula yordamida to‘liq anglash mumkin: DJ=M+Ao‘f + Ao‘fb Bu yerda



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə89/124
tarix08.04.2022
ölçüsü1,44 Mb.
#54931
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   124
MAVZU

O‘qitish (didaktik) jarayonining mohiyatini quyidagi formula yordamida to‘liq anglash mumkin: DJ=M+Ao‘f + Ao‘fb Bu yerda:

DJ - didaktik jarayon.

M - motivatsiya.

Ao‘f - o‘quvchilarning o‘zlashtirish faoliyati algoritmi.

Ao‘fb - o‘quvchilarning billish faoliyatini boshqarish.

O‘qitish jarayoni uchta vazifani bajaradi: ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi.

O‘qitish jarayonining ta’limiy vazifasio‘quvchilarda bilim, ko‘nikma, malaka va kompetentsiyalarni shakllantirishdan iborat. O‘qitish natijasi sifatida bilimlarining to‘liqligi, chuqurligi, tizimliligi, anglanganligi, mustahkamligi va amaliy xususiyat kasb etishi muhimdir. Bu kabi holatlar ta’lim jarayonining metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil etilganligini ifodalaydi.

Ta’lim jarayonida o‘quvchilarda ular tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy bilimlar asosida hosil qilingan amaliy ko‘nikma va malakalar hamda kompetensiyaning shakllanishi ham alohida ahamiyatga ega.

O‘qitishning tarbiyaviy vazifasi ta’lim jarayonida shaxsning ma’naviy-axloqiy va estetik tasavvurlari, xulq-atvori va dunyoqarashi shakllantirilishida o‘z ifodasini topadi. Ta’limning tarbiyaviy xususiyati, eng avvalo, ta’lim mazmunida aks etadi. O‘qitish jarayonida tarbiyaning ikkinchi omili o‘qituvchi va o‘quvchilarning munosabatlari, sinfdagi psixologik muhit, o‘qish jarayoni ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlari, o‘quvchilarning idrok etish faoliyatlariga o‘qituvchining rahbarligi hisoblanadi.

O‘qitishning rivojlantiruvchi vazifasio‘quvchi nutqining, fikrlashi, shaxsning sensorli va harakatlanish sohalari, emotsional- irodaviy, intellectual sohalarini rivojlantirishda o‘z aksini topadi. O‘qitish jarayonida o‘quvchini aqliy rivojlantirish, aqliy faoliyat usullari, analiz qilish, taqqoslash, tasniflash, kuzatish, xulosa chiqarish, ob’yektlarning muhim belgilarini ajrata bilish, faoliyat maqsadi va usullarini aniqlashni bilishga o‘rgatish, uning natijalarini tekshirishni malakasini rivojlantirishga erishiladi.

5.O‘qitish jarayonining bosqichlari.O‘qitish o‘qituvchi rahbarligida o‘quvchining o‘quv materiallarini rejali ravishda bilib olish jarayonidir. Bu jarayonni bilish bosqichidan iborat bo‘lgan tarkibiy qismlarga (yoki komponentarga) ajratish mumkin. O‘quvchi bilmaslikdan bilish, uddasidan chiqa olmaslikdan uddulay olish, malakalar hosil qilish yo‘lidan borib, ushbu bosqichlardan o‘tishi kerak.


Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin