Ta’limda o‘quvchilarning faoliyati haqida gap borganda o‘quvchining bilish faolligi tushunchasi alohida ahamiyat kasb etadi.
O‘kuvchining bilish faolligi uning bilish jarayonidagi intellektual mulohazasida, umumiy va alohida topshiriqlarni bajarishida namoyon bo‘ladi. Bu xususiyatlar o‘quvchilarning faqatgina yuqori darajadagi bilim olishini kafolatlab qolmay, balki uning hayotiy faoliyati, ya’ ni o‘quvchi shaxsining shakllanishi, uning amaliyotga, hayotga bo‘lgan faol munosabati uchun harakterlidir. Shu sababli bilish faolligini oshirish insonning faol hayotiy qarashlarini shakllantirish deb bemalol aytish mumkin.
O‘quvchining bilish faoliyatining yana bir farqli xususiyati uning kechish xarakteridir. O‘quvchining bilish faoliyati maqsadi ham, mazmuni ham, usullari ham dasturga kiritilganligi bois, o‘quvchi jalb etilayotgan ta’lim jarayoni turlicha kechishi; sub’yekt (o‘quvchi) kuchi faolligi, mustaqilligi, turlicha sarf etilishi bilan borishi mumkin. Ayrim hollarda uning jarayoni taqlidiy reproduktuv, boshqalarda izlanishli, uchinchisida ijodiy xarakterga ega bo‘lishi mumkin. Aynan faoliyat jarayonining kechish xarakteriuning oxirgi natijasi egallangan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalari xarakteriga ta’siretadi.
O‘quvchining bilishi xuddi etuk ilmiy bilish yo‘li kabi haqiqat o‘qituvchi tomonidan fandagi faktlar, ilmiy kashfiyotlarni o‘rganish ularning tarixiy yo‘lini o‘zlashtirish yordamida kechadi.
Insonning asl ijtimoiy mulki sifatida faoliyatining muhim belgisi faoliyat sub’yektining atrof-muhit bilan o‘zaro ta’siri va muhim boyliklar yaratuvchi faoliyatining qayta yaratuvchi xarakteridir. O‘quvchilarning ta’limmuassasasidagi bilish faoliyatining xarakteri shundaki, uning natijasi hamma vaqt ham moddiylashgan mahsulga ega emas va o‘quvchining o‘zi hamma vaqt ham his etmaydi - javobi uchun yomon baho olgan o‘quvchining xafa bo‘lib, «men o‘qidim, o‘rgandim! Adolatdan emas» degan fikrni qat’iy takrorlashi bejiz emas.