2.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’lim-tarbiya
jarayonida milliy meros, pedagogik qadriyatlardan samarali foydalanishning
ijtimoiy ahamiyati haqida.
Prezidentimiz asarlarida g`oyaviy-tarbiyaviy
ishlarni olib borish, bu ishlarni olib boruvchi kishilarni faollikka chaqiruvchi fikrlar
ham mavjud.
O`zbekiston Yoshlar ittifoqi jahon madaniyati rivojiga beqiyos hissa qo`shgan
buyuk ajdodlarimiz merosiga hurmat, unga munosib bo`lish tuyg`usini
shakllantirish, bu bebaho boylikni chuqur o`rganish va keng targ`ib etishga
qaratilgan mazmundor, ta`sirchan loyihalarni amalga oshirishga tashabbus
ko`rsatishi nur ustiga nur bo`lur edi. Boy tarixiy ma`naviy meros, milliy va
umuminsoniy qadriyatlar uyg`unligi asosida O`zbekiston fuqarolarida milliy g`urur
va iftixor tuyg`ularini shakllantirish va yuksaltirish g`oyaviy-mafkuraviy sohada
olib borish zarur bo`lgan asosiy vazifadir. Tarixiy ma`naviy meros, milliy va diniy
qadriyatlarni tiklash va shu asosda milliy g`oya va mafkurani shakllantirish va
mustahkamlash masalasiga Prezident Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh
Assambleyasining 72-sessiyasida so`zlagan nutqida ham e`tibor qaratilgan.
Jamuyatimizda siyosiy faollik ortib bormoqda, barcha sohalarda chuqur
islohotlar amalga oshirilmoqda. Ulardan ko`zlangan maqsad - “Inson manfaatlari
hamma narsadan ustun” degan oddiy va aniq-ravshan tamoyilni amalga oshirish
ustuvor ahamiyatga ega bo`lgan demokratik davlat va adolatli jamiyat barpo
etishdan iborat”. Umuman olganda Prezident asarlarida tarixiy ma`naviy meros,
milliy va diniy qadriyatlar, barkamol insonni tarbiyalash masalalariga katta e`tibor
qaratilgan. Bugungi kunda jamiyat ma`naviyatini yuksaltirish sohasidagi eng asosiy
vazifa milliy g`oyani shakllantirish va odamlar ongiga singdirishdan iborat bo`lib,
milliy g`oyani shakllantirishda xalqimizning azaliy an`analariga, udumlariga, tiliga,
diliga, ruhiyatiga asoslanib, fuqarolarda kelajakka ishonch, mehr-oqibat, insof, sabr-
toqal, adolat, ma`rifat tuyg`ularini singdirish masalasiga katta e`tibor qaratilmoqda.
Milliy g`oya xalqning tub manfaatlarini ifoda etadigan, uni o`z oldiga qo`ygan
maqsadlari sari birlashtiradigan va safarbar etadigan g`oyadir. Milliy g`oya o`z tarixi
va taraqqiyotining tub burilish davrlarida har qanday millat va xalqning kelajagini
belgilaydi, unga yetishishning o`ziga mos yo`larini tanlab, ana shu jarayonga xos
ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy yo`nalishlar bilan barcha g`oyaviy tamoyillarni ham
belgilab oladi. Bunda butun millat uchun umumiy bo`lgan g`oyalar muhim ahamiyat
kasb etib, agar milliy mafkuraning bosh g`oyasi ozod va obod Vatan, erkin va
farovon hayot barpo etishdan iborat bo`lsa, bosh g`oyaning mazmun va
mohiyatidan
kelib chiqadigan Vatan ravnaqi
, Yurt tinchligi, Xalq farovonligi, Komil
inson, Ijtimoiy hamkorlik, Millatlararo hamjihatlik, Diniy bag`rikenglik kabi
g`oyalar ana shunday umummilliy g`oyalar qatoriga kiradi. Muayyan ijtimoiy guruh
va qatlamning, millat yoki davlatning ehtiyojlarini, maqsad va intilishlarni, ijtimoiy-
ma`naviy tamoyillarini ifoda etadigan g`oyalar, ularni amalga oshirish usul va
vositalari tizimiga mafkura deyiladi. Ijtimoiy hamkorlikka asoslangan, erkin
demokratik jamiyat barpo etishni ko`zlagan davlatlarda milliy mafkura aholining
barcha qatlamlarini jipslashtirishga, umummanfaat va yagona maqsad yo`lida
birlashishga chorlaydi. Dunyoviy va diniy g`oyalar bir-birini boyitib borgan
sharoitda taraqqiyot yuksak bosqichga ko`tariladi. Bunga insoniyat tarixida o`chmas
iz qoldirgan Imom Buxoriy va Muso Xorazmiy, Imom Moturidiy va Abu Rayxon
Beruniy, Imom G`azzoliy va Abu Nasr Forobiy singari mutafakkirlar yonma-yon
yashab faoliyat ko`rsatgan davr misol bo`la oladi. Ilmiy kashfiyotlar ham milliy
g`oya va mafkura rivojiga katta ta`sir o`tkazib, zamonaviy fan yutuqlari, jumladan,
kosmonavtika, kibernetika, elektronika, biologiya va tibbiyot, tabiiy va ijtimoiy-
gumanitar fanlar odamlar tasavvurini keskin o`zgartirmoqda. Avni vaqtda yuksak
ilmiy-texnikaviy taraqqiyot, globallashuv jarayonlar bir tomondan, inson aql-
idrokining imkoniyatlariga, kelajakka ishonchni orttirayotgan bo`lsa, ikkinchi
tomondan, ekologik halokatlar, ma`naviy tanazzul kabi umumbashariy
muammolarni ham keltirib chiqarmoqda.
Shuning uchun
, ilm-fan va madaniyat
borasidagi yutuqlaridan oqilona foydalanish uchun ham jamiyatga sog`lom g`oya,
sog`lom mafkura zarurdir.
Milliy g`oyaning tarixiy ildizlari - xalqimizning tarixiy taraqqiyoti jarayonida
yaratilgan boy madaniy va ma`naviy merosi, milliy qadriyatlari, urf-odat va
an`analari, bayram va marosimlaridagi ozodlik, erkinlik to`g`risidagi qarashlari, ota-
bobolarimizning mustaqillik yo`lida ko`rsatgan jasorati, bunyodkorlik ishlari hamda
ularni amalga oshirishda ma`naviy ruh bergan tafakkur tarzida namoyon bo`ladi.
Bugungi kunda yurtimiz ko`rkiga-ko`rk bag`ishlab kelayotgan qadimiy obidalar
osori atiqalar xalqimizning yuksak salohiyati, kuch-qudrati, bunyodkorlik
an`analaridan
dalolat berib
, ular Vatammizning shonli tarixi to`g`risida yaqqol
tasavvur va tushunchanalarni shakllantiradi, shu muqaddas diyorda yashaydigan har
bir inson qalbida g`urur va iftixor tuyg`ularini uyg`otadi. Milliy g`oyani anglash
umummaqsad yo`lida birlashish, uyushish, o`zini safarbar etish, hamjihatlik va
hamkorlik, totuvlik hamda bag`rikenglik fazilatlari sifatida namoyon bo`ladi.
Avvalo, u aholining milliy-tarixiy turmush va tafakkur tarzidan, xalq
an`analari va urf-odatlaridan kelib chiqadi. Kattalarni hurmat qilish, oila va
farzandlar to`g`risida g`amxo`rlik qilish, ochiq ko`ngillilik, millatidan qat`iy nazar
odamlarga xayrixohlik bilan munosabatda bo`lish, o`zgalar kulfatiga hamdard
bo`lish va o`zaro yordam tuyg`usi kishilar o`rtasidagi munosabatlarning me`yori
hisoblanadi.
Vatanga mehr-muhabbat
, istiqlol g`oyalariga sadoqat, mehnatsevarlik,
bilimga, ustozlarga, ma`naviy meros va ma`rifatparvarlik g`oyalariga nisbatan
hurmat ehtirom - O`zbekiston aholisiga xos fazilatlardir. Respublikadagi o`ziga
xos`demografik vaziyat - g`oyat muhim xususiyatlardan biridir. Respublikamizda
aholi va mehnat resurslari yuksak suratlar bilan o`sib bormoqda. Respublikaning
yana bir xususiyati - mliliy tarkibining o`ziga xosligidir. Etnik tarkibda tub aholi
ustun mavqeni egallab, shu bilan bir vaqtda respublika hududida o`z madaniyati va
an`anasiga ega bo`lgan vuzdan ziyod millat vakillari yashab turibdi.
O`zbekistonning milliy-madaniy jihatdan g`oyat turli-tumanligi milliy o`zligini
anglash va ma`naviy qayta tiklanishning kuchayib borishi bilan uzviy birlikda
jamiyatni yangilash, uni ochiq jamiyatga aylantirish uchun qudratli omil bo`lib
xizmat qiladi va respublikaning jahon hamjamiyatiga qo`shilishi uchun qulay
sharoitlarni vujudga keltiradi. Milliy g`oya va milliy mafkuraning taraqqiy etishi
muayyan qonuniyat asosida amalga oshirilib, yagona maqsadga-Vatanimiz
mustaqilligini mustahkamlash, yurtimizda ozod va obod Vatan barpo etish, erkin va
farovon jamiyat qurish uchun xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |