Mavzu: Pedagogika tarixi fan sifatida.
Reja:
1.
“Pedagogika tarixi” fanining maqsad va vazifalari.
2. “Pedagogika tarixi” fani gʻoyalarining kishilik jamiyati taraqqiyoti bilan oʻzaro aloqadorligi.
3. Oʻzbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyev taʼlim-tarbiya jarayonida milliy meros,
pedagogik
qadriyatlardan samarali foydalanishning ijtimoiy ahamiyati haqida.
“Pedagogika tarixi” faning maqsadi
– eng qadimgi zamonlardan to hozirgi
kungacha turli tarixiy davrlarda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar taraqqiyotini
tizimli yondashuv asosida o’rganishdan iborat.
Maktab va pedagogika ko’p asrlik tarixiy yo’lni bosib o’tgan. Mazkur davrda
pedagogika fani ko’plab g’oyalar va kontseptsiyalar bilan boyib bordi. “Pedagogika
tarixi” faning predmeti - eng qadimgi zamonlardan to hozirgi kungacha tarbiya,
maktab va pedagogik fikrlarning rivojlanish jarayoni.
“Pedagogika tarixi” fanining vazifalari:
1)
milliy o’z-o’zini anglash, kasbiy rivojlanish bilan bog’liqlikda umumiy va
pedagogik madaniyatni shakllantirish;
2)
pedagogik fikrlar rivojini tahlil etish va tizimlashtirish;
3)
pedagogik g’oyalarni tahlil etish asosida ularni o’quv-tarbiya jarayoniga
tatbiq etish.
Pedagoka tarixini o’rganish manbalari:
1)
arxeologik yodgorliklar;
2)
qo’lyozmalar;
3)
xalq og’zaki ijodi;
4)
adabiy yodgorliklar;
5)
hujjatlar;
6)
badiiy adabiyot;
7)
memuarlar;
8)
Sharq va G’arb mutafakkirlarining asarlari.
Eng qadimgi kishilarga xos bo‘lgan
xislatlar, ularning dastlabki, oddiy
istaklari, orzu-umidlari qadimgi eposlarda aks etgan
afsonaviy obrazlar hamda
qahramonlar qiyofasida o‘z ifodasini topgan. Ruhga sig’inish (onimizm), ajdodlar
ruhiga sig’inish (totemizm), sehrgarlik kabi diniy e’tiqodlar va marosimlar
yoritilgan afsona va rivoyatlarda eng qadimiy ajdodlarimizning tafakkur dunyosi aks
etgan. Ammo bu rivoyat va afsonalar ham massaget, sak, xorazmiy, so‘g‘d hamda
parfiyanlar yashagan davrlar ruhini ifoda etadi, xolos.
Eng qadimgi madaniy boyliklarimizni o‘rganishda
quyidagi uch guruhga
ajratilgan manbalarga tayanamiz:
Arxeologik qazilmalar natijasida topilgan ko‘rgazmali ashyolar.
Xalq og’zaki ijodi materiallari hamda yozma manbalar.
Buyuk adiblar, allomalarning ijodiy merosi.
Ma’lumki, ibtidoiy kishilar mehnat faoliyati jarayonida o‘z ehtiyojlarini
qondirgan va bu jarayon yosh avlodda ham mehnat qilish, amaliy faoliyatni yo‘lga
qo‘ya olish borasidagi nazariy bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilishga zamin
hozirlagan. Mehnat faoliyatini tashkil etish jarayoni dastlabki paytlarda butun
ijtimoiy hayotni yo‘lga qo‘yish negizida amalga oshirilgan bo‘lsa,
keyinchalik
tarbiya inson faoliyati asosiy jihati, ijtimoiy ongni shakllantirishning muhim omiliga
aylandi. Dastlabki urug‘chilik jamiyatidan oldin ham inson yashash uchun
kurashgan, mazkur davrda urug‘ning barcha a’zolari jamoa bo‘lib harakat qilganlar.
Keyinroq kishilar mehnat faoliyatini jamoa a’zolarining yosh jihatlariga ko‘ra
quyidagi uch guruh asosida tashkil etganlar.
-bolalar va o‘smirlar;
-ijtimoiy hayot va mehnatda to‘la ishtirok etuvchilar;
-keksalar.
Ibtidoiy jamiyatda bola o‘zi uddalay oladigan faoliyatning tashkil etilishida
bevosita ishtirok etib, hayot kechirish va mehnat qilish ko‘nikmalarini o‘zlashtirgan.
Bu holat og’ir sharoitda kechgan. O‘g’il bolalar erkaklar bilan ov qilish, qurol yasash
kabi yumushlarni bajarsalar, qizlar ayollar tomonidan bajariladigan mehnat sirlarini
o‘zlashtirar edilar. Hech qayyerda yozilmagan odat va an’analarga ko‘ra, yosh
bolalar keksalar nazorati ostida ma’lum tajribalarga ega bo‘lardilar. Bola ma’lum
tayyorgarliklardan so‘ng maxsus sinovlardan o‘tib, amaliy faoliyatda faol ishtirok
eta olish huquqini qo‘lga kiritar edi. Ushbu an’ana, ya’ni, bolalarni ma’lum
yoshgacha enaga yoki murabbiyga topshirish yaqin davrlargacha saqlanib qolgan,
hatto hozirgi kunda ham ko‘zga tashlanadi.
Urug’chilik jamoasi bosqichida esa bolalar mehnatining ko‘lami
kengayib,
kasb-hunar faoliyatining turlari ko‘payib boradi. Tajribali kishilar bolalarni
tarbiyalash bilan birga ularni yozishga ham o‘rgata boshlaydilar. Asta-sekin harbiy
tarbiyaning boshlang’ich ko‘rinishlari yuzaga kela boshlaydi. Bolalarga harbiy
san’at sirlarini o‘rgatish ancha murakkab ish bo‘lib, ushbu
tarbiyani tashkil etish
maxsus bilim hamda tayyorgarlikka ega bo‘lishni taqozo etar edi. Shu bois maxsus
harbiy bilim va tayyorgarlikka ega bo‘lgan kishilar bolalarga bu boradagi bilimlarni
berish jarayoniga jalb etila boshladilar.
Jamiyatning ijtimoiy jihatdan taraqqiy eta borishi bolalarga dalalarni
o‘lchash, suv toshqinlarining oldini olish, kishilarni
turli kasalliklardan
davolash usullariga oid bilimlarni berishga bo‘lgan ehtiyojni yuzaga
keltirdi. Mazkur ehtiyojni qondirish yo‘lidagi harakatning tashkil etilishi
natijasida turli maktablar faoliyat yurita boshladi.
Maktablarda asosiy
e’tibor bolalarga og’zaki bilimlar berish bilan birga ularda yozuv
ko‘nikmalarining shakllantirilishiga qaratildi. Dastlab suratkashlik
rivojlanib, piktografik xat paydo bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik qo‘shni
mamlakatlardan kirib kelgan harflar yordamida yozish usuli paydo bo‘ladi
va bu usul tez tarqala boshlaydi.