Mavzu: Pedagoglik kasbi va uning kasbiy kompetensiyalari Reja: Pedagogning kasbiy vakolatlari mazmuni "Kasbiy kompetensiya" tushunchasining ma'nosi


Department of Educational Studies University of Qxford(234)



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə23/29
tarix16.05.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#113844
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29
Mavzu Pedagoglik kasbi va uning kasbiy kompetensiyalari Reja P

Department of Educational Studies University of Qxford(234) Ilk yoshli bolalar o'yin
faoliyatining birinchi bosqichi tanishtiruvchi o'yin bo'lib, u narsa-buyum-o'yin faoliyatidir.
Uning mazmuni qo'l ishidagi murakkab va nozik harakatlardir.
Keyingi bosqich aks ettirish o'yini hisoblanadi. Bu ilk yoshli bolalar o'yini psixologik
mazmunining rivojlanishida eng yuqori nuqta hisoblanadi. Kattalar ta‟lim-tarbiyaviy
ishlarini ma‟lum izchillik bilan olib borsalar, bu yoshdagi bolalar narsa va buyumlar
nomini, nimaga ishlatilishini bilib oladilar va bu yangi bilimlarni o'z o'yinlarida qo'llay
boshlaydilar.
Bu yoshdagi bolalar o'yini mazmun jihatidan predmetli faoliyatni aks ettiradi.
Birinchi yoshning oxiri va ikkinchi yoshdagi bolalar o'yinida syujetni aks ettirish yuzaga
keladi. Bola qo'lidagi buyum bilan undan qanday foydalanish kerakligini aks ettiradi.
Navbatdagi bosqich rolli o'yin bo'lib, unda bolalar o'zlariga tanish bo'lgan kattalar
mehnati va kishilarning ijtimoiy munosabatlarini aks ettiradilar.
Bolalar o'yin faoliyatining bosqichma-bosqich rivojlanishi to'g'risidagi ilmiy tasavvurlar
har xil yosh guruhlarida bolalarning o'yin faoliyatiga rahbarlikning aniq sistemali
tavsiyalarni ishlab chiqish imkoniyatini yaratdi.
Shunday qilib MTMning pedagogik jarayonda o'yinning tutgan o'rni juda katta bo'lib,
o'yindan maktabgacha yoshidagi bolalarni tarbiyalash va ularga ta'lim berishda keng
foydalaniladi. Zero:
- o'yin bolalarning mustaqil faoliyati bo'lib, unda bolaning ruhiyati namoyon bo'ladi;- o'yin Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar hayotini tashkil etish shaklidir;
- o'yin bolalarni har tomonlama tarbiyalash vositalaridan biridir;
- o'yin bolalarga ta‟lim va tarbiya berishning metod va usulidir;
- o'yin bolalarni o'quv faoliyatiga tayyorlash vositasidir.
Taniqli pedagog-olimlarning olib borgan tadqiqotlari
o'yinga kompleks rahbarlik qilish orqali bolalarga o'yinning mazmuni, tashkil etilishi,
tuzilishi, bolalarning axloqiy munosabatlari, bolalar o'yinining rivojlanish darajasiga ta‟sir
etish mumkinligini ko'rsatdi.
Bolalar o'yini uning mazmuni, xususiyati, tashkil etilishiga ko'ra xilma-xildir.
Ijodiy o'yinlarni bolalar o'zlari o'ylab topishadi. Unda oldindan belgilangan qoidalar
bo'lmaydi. O'yin qoidasini bolalar o'zlari o'yin jarayonida belgilashadi.
Qoidali o'yinlarning mazmuni va qoidasi kattalar tomonidan belgilanadi. Qoidali
o'yinlarga quyidagilar kiradi: didaktik o'yinlar, harakatli o'yinlar, musiqaviy o'yinlar, ermak
o'yinlar.
Bolalarga ta'lim-tarbiya berish maqsadida kattalarning o'yinni tanlay bilishi, unga to'g'ri
rahbarlik qilish "MTM ta‟lim va tarbiya dasturfda belgilangan vazifalarni muvaffaqiyatli
amalga oshirishni ta‟minlaydi.
O'yin bolalarni rivojlantirish va tarbiyalash vositasidir. Psixologlar o'yinni maktabgacha
yosh davrida yetakchi faoliyat deb hisoblaydilar. O'yin tufayli bolaning yuqori rivojlanish
bosqichiga o'tishini ta'minlovchi sifatlar shakllanadi, ruhiyatida sezilarli o'zgarishlar yuz
beradi.
O'yinda bola shaxsining hamma tomoni bir-biriga o'zaro ta‟sir etgan holda shakllanadi.
O'ynayotgan bolani kuzatayotib uning qiziqishlarini, tevarak-atrof to'g'risidagi tasavvurini,
kattalarga va o'rtoqlariga bo'lgan munosabatini bilib olish mumkin.
Shaxsdagi biron sifatni tarbiyalash uchun uning boshqa tomonlarini ham rivojlantirish
kerak. Masalan, bolaning o'yiniga qiziqishini, tashkilotchilik qobiliyatini rivojlantirish
uchun mazmun jihatidan boy o'yinlar yaratilishi kerak. Bolalarning ijodiy o'yinlarini
rivojlantirish uchun esa o'z navbatida yaxshi tashkil etilgan bolalar jamoasi zarur bo'ladi.
O'yin bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalash sistemasida, MTMning ta‟lim-tarbiya
ishida, axloqiy, mehnat va estetik tomonlama tarbiyalashda katta o'rin tutadi.
O'yinda bola organizmiga xos bo'lgan talab va ehtiyojlar qoniqtiriladi, hayotiy faollik
ortadi, bardamlik, tetiklik, quvnoqliktarbiyalanadi. Shuning uchun ham bolalarni jismoniy
tarbiyalash sistemasida o'yin munosib o'rin egallaydi.
O'yin ta‟lim va mashg'ulotlar bilan, kundalik hayotdagi kuzatishlar bilan uzviy bog'liq
bo'lib juda katta ta‟lim- tarbiyaviy ahamiyatga ega. Ijodiy o'yinlarda muhim bilim egallash
jarayoni yuzaga keladi, bu bolaning aqliy kuchini ishga soladi, tafakkurini, xayolini,
diqqatini, xotirani faollashtirishni talab qiladi, bola masalalarni mustaqil hal qilishga
o'rganadi, o'ylagan narsasini amalga oshirish uchun yaxshiroq va osonroq usul o'ylab
topadi, o'z bilimlaridan foydalanish va uni so'z bilan ifodalashga o'rganadi.
O'yinda aks ettirilayotgan narsani bilib olishga qiziqish uyg'onadi. Ko'pincha o'yin bolalarga yangi bilim berish va ularning fikrini, bilim doirasini kengaytirish uchun xizmat
qiladi. Ijodiy o'yinni tor didaktik maqsadlarga bo'ysundirib bo'lmaydi, bu o'yin yordamida
juda katta tarbiyaviy vazifalar hal qilinadi.
Mavzu: O‟yin bola tarbiyasining muhim vositasi
Reja:
1. O 'yinning bola faoliyatidagi mohiyati va o'ziga xosligi
2. Taniqli pedagog-olimlarning olib borgan tadqiqotlari
3. Bolalar o‟yinlarining turkumlari
Qoidali o'yin bolaning sensor rivojlanishini, tafakkur va nutqini, ixtiyorsiz diqqati va
xotirasini, har xil harakatlarini muntazam ravishda mashq qildirib borish imkonini beradi.
Har bir qoidali o'yin ma‟lum didaktik maqsadga ega bo'lib, bolani umumiy rivojlantirishga
qaratilgan bo'ladi. Ta‟limning o'yin shaklida bo'lishi muhim ahamiyatga ega bo'lib bolani
umumiy rivojlantirishga qaratilgan bo'ladi. Ta‟limning o'yin shaklida bo'lishi muhim
ahamiyatga ega bo'lib, bolaning yosh xususiyatlariga mos keladi. Qiziqarli o'yin bolaning
aqliy faolligini oshiradi, o'yinda bola mashg'ulotdagiga nisbatan murakkabroq masalani hal
qilishi mumkin. Bu ta‟lim butunlay o'yin shaklida bo'lishi kerak degan gap emas. Ta‟lim
turli usullar va metodlarni qo'llashni talab etadi. O'yin ta'lim shakllaridan biri bo'lib, boshqa
bir metod bilan qo'shib olib borilgandagina yaxshi natija beradi, bular kuzatish, suhbat,
so'zlab berish va hokazolar.
Bola o'ynayotib o'z bilimidan foydalanishni, uni har xil sharoitda ishlata bilishni
o'rganadi. Ijodiy o'yinlarda bolalarning fantaziyasi, buyum yasashi, tajriba qilishiga keng
yo'l ochiladi.
O'yinda aqliy rivojlanish bilan birga axloqiy sifatlar ham shakllanadi. O'yin jarayonida
yuz bergan kechinmalar bola ongida chuqur iz qoldiradi, shuning uchun o'yin bolada yaxshi
hislarni, ulug'vor orzular va intilishlarni, sog'lom qiziqishlarni tarbiyalashga yordam beradi.
O'yin mustaqil faoliyat bo'lib, bu jarayonda bolalar o'z tengdoshlari bilan aloqa qilishga
kirishadilar. Ularni umumiy maqsad, unga erishishdagi umumiy kechinmalar birlashtiradi.
Shuning uchun o'yin do'stona munosabatlarni tarbiyalashda, jamoa hayoti malakalarini,
tashkilotchilik qobiliyatlarini shakllantirishda muhimdir. Birgalikdagi o'yin bilan birlashgan
kichik bolalar jamoasida murakkab munosabatlar vujudga keladi. Tarbiyachining vazifasi
har bir bolani faol o'yinga jalb qilish, bolalar o'rtasida do'stlikka, haqqoniylikka, o'rtoqlarini
javobgarligini sezishga asoslangan munosabatlar o'rnatishdan iborat.
O'yin mehnat tarbiyasi vazifasini bajarishga ham yordam beradi. Bolalar o'z o'yinlarida
har xil kasbdagi kishilarni aks ettiradilar. Bu bilan ular kattalarning harakatlariga taqlid qilib
qolmay, shu bilan bir qatorda ularning ishiga, mehnatiga bo'lgan munosabatlarini ham aks
ettiradilar. O'yin bolada ko'pincha mehnat qilish xohishini uyg'otadi, o'yin uchun kerakli
narsalarni tayyorlash va yasashga majbur qiladi. O'yinda hozirgi zamon bolalariga xos
bo'lgan texnikaga qiziqish paydo bo'ladi va rivojlanadi, bolalar har xil mashinalar yasaydilar
va texnik o'yinchoqlar bilan o'ynaydilar.
O'yin estetik tarbiyaning muhim vositasidir. O'yinda ijodiy xayol, fikrlash qobiliyati
yuzaga keladi va rivojlanadi. Yaxshi tanlangan o'yinchoq badiiy didni tarbiyalashga yordam
beradi. Harakatli o'yinlarda harakatning go'zalligi va maromi bolalarni o'ziga maftun qiladi.
O'yinning katta tarbiyalovchi ahamiyati o'z-o'zidan amalga oshmaydi. O'yin befoyda,
hatto zararli bo'lishi, ba'zan yomon hislarni qo'zg'atishi mumkin. Tarbiyachi o'yin
yordamida bolalarni har tomonlama rivojlantirish vazifasini amalga oshirish uchun unga
muntazam ravishdata'sir etib borishi zarur.Bu vazifani hal etishda o'yin bolalar bog'chasidagi ta‟lim- tarbiyaviy ishning hamma
tomonlari bilan bog'langan bo'Iishi kerak. O'yinda bolalarning mashg'ulotlarda olgan bilim
va malakalari aks etadi va rivojlantiriladi, ular orqali esa bola hayotga o'rgatiladi. Ikkinchi
tomondan, o'yinda tarbiyalangan sifatlar faoliyatning boshqa turlariga ko'chiriladi.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin