shuningdek, jamoaviy ishlashga o'rganishi kerak. Sportga ishqibozlik maktabgacha ta'limda oddiy bir o'yin ichida ham zarur bo'lgan eng asosiy negiz hisoblanadi deydi Amy Kaiser. Bolalar ushbu yoshida juft va kichik guruhlarga bo'Iinib o'ynashni va boshqalarni baholay olishni o'rganadi deb qo'shimcha qiladi Kaiser. BSc Computer Science Go to hw.ac.uk/diihai Amy Kaiser 2015 Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash mazmuni va vazifalari
Bolaning biologik rivojlanishi jarayonini tabiiy fanlar maj- mui o'rganadi,
ularning asosini I.M.Sechenov, I.P.Pavlov va ular izdoshlarining organizm va
muhit birligi, organizmning yax- litligi va uning hayotiy faoliyatida markaziy asab
sistemasin- ing tartibga soluvchilik roli haqidagi ta’limoti tashkil etadi.
Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar organizmining o'ziga xos tomoni
shundaki, u juda tez o'sadi va rivojlanadi. Shu bilan birga organizm funksiyalari
va sistemalarining shakllanishi hali tugallanmagan bo'ladi, shunga ko'ra u tez
jarohatlanadi. Shuning uchun bolalarga jismoniy tarbiya berishda quyidagi- lar
birinchi darajali vazifalar hisoblanadi:
Sog'lomlashtiruvchi vazifalar. Bolalar sog'lig'ini mustah- kamlash, organizmning
shakl va funksiyalarini uyg'un rivoj- lantirish, ish qobiliyatini oshirish, har xil
tashqi ta’sirlarga chi- damliligini kuchaytirish, uzoq umr ko'rishini ta’minlash.
Ta’limiy vazifalar. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarga xos bo'lgan o'ta
qabul qiluvchanlikni, sharoitning o'zgarishiga yengil moslashish qobiliyati bir
qator ta’limiy vazifalarni amalga oshirish imkoniyatini yaratadi, chunonchi: kerakli
ko'nikma va malakalarni shakllantirish, jismoniy sifatlar (chaqqonlik, kuchlilik,
chidamlilik, tezkorlik, egiluvchanlik, muvozanat, ko'z bilan chamalash)ni o'stirish,
to'g'ri qaddi - qomat, gigiye- na ko'nlkmalarini tarbiyalash, jismoniy tarbiya
haqidagi bilim- larni o'zlashtirish.Boladagi harakat ko'nikmalari (emaklash, yurish, yugurish, velosipedda uchish
va h.k) nisbatan yengil shakllanadi va ular bolaning muhit bilan aloqasini
osonlashtiradi. Bola chanada uchayotib qor, shamolning, suvda suzayotib suvning
xossalari bilan tanishadi. Jismoniy mashqlar, gigiyena malakalarini egal- lash bilan
bog'liq bo'lgan dastlabki bilimlar shakllantiriladi.
Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarga mashg'ulotlarning foydasi, jismoniy
mashqlarning ahamiyati va texnikasi, ularni o'tkazish metodikasi haqidagi,
harakatli o'yinlar va hokazolar haqidagi tushuncha va bilimlarni berish muhimdir.
Bolalar gavda qismlarining nomini, harakat yo'nalishini (yuqoriga, pastga,
oldinga, orqaga, o'ngga, chapga), to'la ayla- nish, fizkultura asboblarining nomi va
qay maqsadda ishlatili- shi, ularni asrash va tutish, kiyim - kechak va poyabzalga
qa- rash qoidasini bilishlari kerak.
Jismoniy mashqlar bilan shug'ullanish jarayonida bolada tabiat hodisalari,
ijtimoiy hayot, hayvonlar, qushlar, hasharotlar haqidagi bilimlarni mustahkamlash
zarur.
Tarbiyaviy vazifalar. Bolalarda sport mashg'ulotlariga mu- habbatni,
sportchilarning yutuqlariga qiziqishni tarbiyalash lozim.
Jismoniy mashqlarni bajarishda xarakterning ijobiy xususiyatlari (uyushqoqlik,
intizomlilik, kamtarlik, ko'ngilchanlik va hokazo) va axloqiy fazilatlar (halollik,
haqqoniylik, o'rtoqlik hissi, o'zaro yordam), jamoada shug'ullanish malakasi,
fizkultura asboblarini ehtiyot qilish, topshiriqni mas'uliyat bilan ba- jarishlarini
tarbiyalash, shuningdek, irodaviy fazilatlar (botir- lik, qat’iylik, o'z kuchiga
ishonch, qiyinchiliklarni yengishda sabotlilik, chidamlilik va boshqalar)ni
namoyish qilish uchun juda qulay sharoit yaratiladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiyasi vazi- falarini hal etishda
ularning yosh xususiyatlari hisobga olina- di. Jadal o'sish va rivojlanish
maktabgacha yoshdagi bola orga- nizmining o'ziga xos xususiyatidir.
Lekin sistemalar va ular vazifalarining shakllanishi hali tugallanmagan bo'ladi.
Shuning uchun maktabgacha yoshdagi bola juda nozik bo'ladi. Shu munosabat
bilan quyidagi sog'lomlashtirish vazifalari birinchi o'ringa qo'yiladi:
1} hayotni muhofaza qilish, kasallikka qarshi kurash olib borish, organizmning
tashqi muhit ta’siriga qarshiligini oshirish;
2) organizmning barcha sistemalarini to'g'ri va o'z vaqtida rivojlantirish, ularning
funksional imkoniyatlarini kengayti- rish, to'g'ri qaddi - qomatni uyg'un jismoniy
rivojlantirish.
Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash
Reja:
1. Jismoniy tarbiya nazariyasi
2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash mazmuni va vazifalari
3. Jismoniy tarbiyaning asosiy vositalariJismoniy tarbiyaning asosiy vositalari Rejim (kun tartibij. Bolalar hayotining rejimi (tartibi) - bu bedor yurish, uxlash,
ovqatlanish, faoliyat xilma-xil turlarining har kuni muayyan izchillikda takrorlanib, oqilona
almashinib turishidir. Tartib rivojlanish uchun qulay sharoit ta'minlashi kerak, shuning
uchun u bolaning yoshi, uning salomatligi, kattalar mehnatining xususiyatlari, bola
tarbiyalanayotgan oila turmushi va muassasaga bog'liq tarzda o'zgaradi.
Muayyan vaqt ichida tartibning asosiy tarkibiy qismlari bir maromda va doimiy bo'lishi
uning ajralmas xususiyatlaridir.
Tartibning bir maromdaligi tabiat hodisalarining maromi, organizm faoliyatining
maromiga asoslanadi. Bu bedor yurish va uxlashning, tana haroratining o'zgarishi, nafas
olish, yurak urishining qisqarish maromida, ovqat hazm qilish traktining ish maromida
namoyon bo'ladi va hokazo.
Oqilona tartib: 1} bedor yurish va uxlashning eng maqbul nisbati asosida quriladi, bu
vaqtda boshmiya qobig'i uchastka- lari o'rtasidagi vazifalar qayta taqsimlanadi, olingan
axborot qayta ishlanadi; 2) aqliy va jismoniy ishlarning nisbati, ovqat hazm qilish maromini
hisobga olish asosida quriladi.
Tartibdan chetga chiqish darhol bolaning kayfiyatida, shu bilan birga uning xulq-atvorida
namoyon bo'ladi.
Tartibni tuzishda quyidagilarni hisobga olish zarur:
1. Oliy asab faoliyatining yosh xususiyatlarini.
2. Ovqat hazm qilish sistemasi ishidagi yosh xususiyatlarini.
3. Alohida xususiyatlar: asabiy bolalar va asab tizimi zaif bo'lgan bolalar ko'proq
uxlashlari kerak.
4. Harakatga bo'lgan yosh ehtiyojlari: bir kecha kunduzda- gi harakat miqdori 3 yoshli
bolalarda 10-19 ming qadamni, 7 yoshli bolalarda 14-25 ming qadamni tashkil qiladi.
5.
Yil fasli, iqlim sharoitlarini, bolalarni uyqusini tashkil etishni hisobga olish lozim.
Gigiyenik sharoitlar. Bizning jamiyatda jismoniy tarbiya davlatning ona va bola
to'g'risidagi g'amxo'rligiga, mehnat- kashlar yashash sharoitlarining doimo yaxshilanib
borishi, moddiy farovonligining o'sishiga asoslanadi.
Bolalarning jismoniy to'g'ri rivojlanishi uchun gigiyenik sha- roit (bino, maydoncha,
jihozlar, kiyim - bosh, poyabzal) yaratish, bolalar hayotining ilmiy asoslangan rejimini
(bular oqilo- na ovqatlanish, harakatlarni rivojlantirish va organizmni chi- niqtirish
tadbirlarini o'z ichiga oladi) albatta, bo'lishi zarur. Shu bilan birga, tibbiyot xodimlarining
doimiy nazorati, zaru- riy profilaktik va davolash ishlarini olib borishi talab etiladi.
Bog'chada har bir guruh uchun xonalar ajratiladi. Guruh xonalari bolalarning erkin
harakat qila olishi va sof havo bilan nafas olish imkonini beradigan darajada katta, yorug',
quruq va issiq, derazalari janubi - sharqqa qaragan bo'lishi kerak.
Guruh xonasining balandligi 3 - 3,5 m bo'lib, har bir bolaga bino sathidan 2,5 kv. m joy,
taxminan 8 kub m havo to'g'ri ke- lishi; xona bezagi gigiyenaga xos, tez toza bo'ladigan,
yoqimli, yumshoq rangda bo'lishi kerak. Guruhda tartib bo'lishiga rioya qilish zarur.
Xonada yorug'likni to'sadigan og'ir va qalin par- dalar, gilamlar, yumshoq mebellar,
umuman ortiqcha narsalar bo'lmasligi kerak. Hamma jihozlar ta'lim - tarbiya talabiga, bo
lalarning bo'yi va gavda tuzilishiga mos bo'lishi va maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan
qo'yilgan maxsus normaga ja- vob berishi lozim.
Bolalarning stol-stullari ancha mustahkam va yengil tuzi- lishi, sodda hamda oson
yuviladigan bo'lishi kerak. Stollar yorug'lik chap tomondan tushadigan qilib joylashtirilishi
lozim. O'yinchoq va ko'rgazmali qurollar ham gigiyenik talablarga ja- vob beradigan,
pishiq, zararsiz rangda, tashqi ko'rinishi silliq bo'lishi kerak.Tarbiyachi o'z guruhining gigiyenik sharoiti uchun javob- gardir. Xonani bolalar sayrga,
musiqa mashg'ulotiga chiqib ketgandan keyin shamollatish, deraza fortochkalari esa yil
fasllaridan qat‟iy nazar doimo ochiq bo'Iishi kerak.
Bog'cha maydonchasi. Har bir yosh guruhi uchun butalar bilan ajratilgan alohida
maydoncha bo'Iishi kerak. Maydonchada bolalarning harakatlarini rivojlantirish uchun joy
(tekis maydoncha), qum, suv, qurilish materiallari bilan o'ynaladigan o'yinlar uchun joy,
ijodiy o'yinlar va turli o'yinchoqlar bilan o'ynaladigan o'yinlar uchun joy ajratiladi.
Maydonchada ha- rakatlarni rivojlantiruvchi jihozlar: tirmashib chiqish uchun devorchalar
(uch, to'rt va olti burchakli), muvozanat saqlash mashqlari uchun xoda, tepalik, sakrash,
uloqtirish mashqlari uchun kerakli jihozlar bo'Iishi kerak. Bularning hammasi bolalarning
yoshi va kuchiga mos, pishiq, mustahkam, chiroyli bo'Iishi zarur. Bog'cha maydonchasida
bolalarning velosipedda yurishlari uchun yo'laklar bo'Iishi kerak.
Yomg'ir va quyoshdan saqlanish uchun yopiq ayvonlar bo'ladi. Maydoncha har doim
ozoda, tartibli bo'Iishi zarur. Bog'cha maydonchasi skameykalar, o'ynash uchun zarur
bo'lgan o'yinchoqlar, qum yashiklari, har xil kema, samolyot maketlari, narvonchalar bilan
jihozlangan bo'ladi.
Qishki vaqtlarda qor tepalikcha, yaxlatilgan yo'lchalar, qor inshootlari qurish lozim.
Bolalarning ovqatlanishi (nonushta, tushki ovqat, kech tush- ki ovqat va kechki ovqat)
osoyishta vaziyatda o'tishi kerak. Bola stol atrofiga yaxshi ishtaha bilan o'tirsa, uning
organizmi- da ovqatning yaxshi hazm bo'lishiga yordam beruvchi shart- sharoit hosil
bo'ladi. Yaxshi ishtaha bolalarda mustaqillikni, madaniy-gigiyenik malakalarni, stol
atrofida o'zini to'g'ri tutib o'tirish malakalarini tarbiyalashga yordam beradi. Eng muhi- mi -
bolalarning yoshligidan boshlab ularda yaxshi ishtaha bo'lishini ta‟minlash muhim
ahamiyatga egadir. Ba'zi bolalar keragidan ortiq, ba'zilari keragidan kam ovqat yeyishlari
mumkin. Shuning uchun bolaga ovqat normasnni ularning yoshiga qarab berish kerak.
Ammo bolani taomni oxirigacha yeyishga majbur etish kerak emas, majbur etish har doim
ovqatdan ol- adigan lazzatlanishni kamaytiradi, uni hazm qilishni qiyin- lashtiradi, ba'zan
bola ovqatdan butunlay voz kechishi mumkin. Bolaning to'g'ri ovqatlanayotganining asosiy
mezoni uning jismoniy jihatdan uyg'un rivojlanganligidir.
Bolalarni ilk yoshligidan boshlab ovqatni mustaqil yeyish- ga o'rgatish ularda ovqatni
ishtaha bilan yeyishga, ovqatga ijo- biy munosabatni uyg'otishga yordam beradi. Ikkinchi
yosh- ning boshidan qoshiqdan foydalanishga o'rgatish, to'rtinchi yoshdan sanchqidan,
beshinchi yoshda pichoqdan foydalanish malakalarini tarbiyalab borish zarur. Bundan
tashqari, bolalarda ovqat yeyishdan oldin qo'lini yuvish, tartibli yeb-ichish, chapillatma,
tovushsiz chaynash va ichish, salfetkadan foydalanish, to'g'ri o'tirish, ovqat uchun tashakkur
bildirish, ovqatdan keyin og'izni chayqash kabi madaniy-gigiyenik malakalar ham
tarbiyalab boriladi.
Ovqatlanish vaqtida bolalarga tanbeh berish, ularni koyish yaramaydi. Bu bolalarning
asabini buzadi, ishtahasini bo'g'adi. Bir bolaga berilgan tanbeh boshqa bolalarning diqqatini
tort- masligi lozim. Ovqatni yaxshi yeya olmaydigan bolalarga tarbiyachi yoki enaga
yordam beradi.
Bolalarda ovqatlanish bilan bog'liq bo'lgan madaniy-gigi- yenik malakalarni tarbiyalash
kattalardan ijobiy namuna ko'rsatishni talab etadi. Madaniy-gigiyenik malakalarni qanday
bajarayotganliklarini tarbiyachi nazorat qilib borishi, katta va tayyorlov yoshidagi bolalarda
esa uning ahamiyatini, ba- jarish usulini ongli egallab olishlariga erishishi lozim.
Uyqu. Bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalashda uyqu muhim ahamiyatga egadir. Uyqu
miya katta yarimsharlarining normal ishlashi uchun zarur bo'lgan kuch-quvvatni tiklaydi.
Chuqur va yaxshi, uzoq davom etadigan uyqu nerv sistema- sining, organizm charchashining oldini oluvchi asosiy vosita- dir. Agar bola yomon uxlasa, uyquga to'ymasa
nerv sistema- si faoliyatining buzilganidan dalolat beradi. Nerv sistemasi tez qo'zg'aluvchi
bolalar aksariyat yomon uxlashadi. Bunday bolalarning' uyqu tormozlanishi chuqur normal
uyquni ta'minlay olmaydi. Shunda bunday bolalar kichkinagina, arzimagan shar- padan ham
uyg'onib ketaveradi. Bola qanchalik yomon uxlasa, uning axloq normasi, o'zaro
munosabati, muomalasi shuncha yomonlashadi, bunday holni biz injiqlik deb tushunamiz.
Yax- shi uyqu bolaning sog'lomligidan darak beradi.
Bola yaxshi uxlashining asosiy sharti uning yoshiga mos bo'lgan sutkalik rejimni
hayotining' birinchi kunidan boshlab to'g'ri tashkil etishidir. Bola tez va yaxshi uxlashi
uchun kerakli shart-sharoit yaratish, uyg'oqlik vaqtida faollashtiruvchi har xil harakatlarni
tashkil etish kerak.
Bola yaxshi uxlashining asosiy shartlaridan biri hayotining birinchi oyidan boshlab uni
toza havoda uxlatishdir. Kislorodga to'ygan qon butun organizmdagi nerv hujayralarining
tiklani- shiga yordam beradi. Toza havo bolaning nafas olishini yax- shilaydi,
shamollashdan saqlaydi. Jismonan nimjon va 1,5 yoshgacha bo'lgan bolalarni toza havoda
uxlatish, sayr qildirish ni- hoyatda zarurdir.
Agar bola yaxshi uxlasa, tetik, quvnoq bo'lib uyg'onadi va hafsala bilan kiyina boshlaydi.
Bolalar kiyimi. Yozgi kiyim rangi ochiq, asosan, oq gazlama- dan, qishki kiyim to'q
rangli materialdan tikilishi lozim. Bolalarning kiyimi ularning yoshiga yarasha, yengil,
qulay, qis- maydigan, estetik didiga javob beradigan paxta matosidan tikilishi kerak.
Bolalarning oyoq kiyimi ham qulay, poshnasi 1, - 1,5 sm bo'lishi kerak. Vaqti-vaqti bilan
bolalarga qishda binoning ichida, yozda maydonchada yalangoyoq, yurishga ruxsat be- risli
kerak. Notekis joyda yalangoyoq yurish tovon yassiligini yo'qotadi, bola organizmini
chiniqtiradi.
Sayr. Bolalarning uzoq vaqt ochiq havoda bo'lishlari ularning sog'ligiga va jismoniy
taraqqiyotiga har tomonlama ijobiy ta‟sir ko'rsatadi. Bolaning ochiq havoda bo'lishi
natijasida qon kislorodga to'yadi, temperaturaning o'zgarib turishi, havoning namligi,
shamol ta'siri termoregulyatsion apparatni mashq qildiradi, organizmni chiniqtiradi.
Bolaning faolligi oshadi, harakatlari, jismoniy sifatlari takomillashadi.
O'tkaziladigan sayrning tashkiliy jihatlari, mazmuni va metodikasini tarbiyachilar puxta
o'ylashlari lozim. Sayrga yig'ilish ko'p vaqtni olmasligi, buning uchun bolalarni bir tar
tibda kiyinish va yechinishga o'rgatish kerak. Sayr rejasiga atrof hayotni kuzatish, sport
mashg'ulotlari, mehnat faoliyati, o'yinlar kiradi. Bolalarning turli faoliyatlarini tashkil etish
uchun bolalar maydonchasi pedagogik talabga javob beradigan qilib jihozlangan bo'Iishi
kerak. Har bir guruh maydonchasida turli o'yinlar o'tkazish uchun qurilish materiallari,
qum, suv, turli o'yinchoqlar, sirpanish uchun tepaliklar, muz maydoncha- si, tirmashib
chiqish, muvozanat saqlash, sakrash uchun mosla- malar o'rnatilgan bo'Iishi kerak.
Velosiped uchish uchun yo'l bo'Iishi kerak. Bolalar 3-4 soat ochiq havoda vaqt
o'tkazishlari lozim. Faqat qattiq yomg'irda, kuchli shamolda, sovuq - 25° dan oshganda
sayrga chiqish kerak emas.
Harakatli o'yinlarni o'tkazish muddati mashg'ulotning maz- muniga bog'liq. Hatto 15-20
daqiqalik sayrlar ham yaxshi his- siy, jismoniy madad beradi. Tarbiyachi bolalarning bir
vaziyat- da turib qolmasliklariga e'tibor berib turishi lozim. Harakatli o'yinlarni tinchroq
o'yinlar bilan almashtirib turish kerak. Kichik guruh bolalari bilan haftasiga bir marta, katta
guruh bolalari bilan haftasiga 2 marta ekskursiya uyushtiriladi.
Bolada faqat harorat, iqlim o'zgarishlariga tez ta‟sir bildirishgina tarkib topmasdan shu bilan
birga gemoglabin miqdori oshadi, ularning immun tizimi yaxshilanadi. Kundalik hayotda chiniqtirish tadbirlarini jismoniy mashqlar, bolaning xilma-xil faoliyati
bilan bog'liq holda olib borish chiniqtirish uchun ham, organizmni mustahkamlash uchun
ham yaxshi natija beradi.
Madaniy-gigiyenik ko'nikmalar va odatlarni tarbiyalash. Madaniy-gigiyenik
ko'nikmalarga badanni ozoda tutishga, to'g'ri ovqatlanishga, atrof-muhitda tartib saqlashga
rioya qilish va bolalarning bir-birlari bilan, kattalar bilan, o'zaro madaniy munosabatlariga
doir ko'nikmalar kiradi.
Madaniy-gigiyenik ko'nikmalarni shakllantirishda quyidagi shartlarga e'tibor qaratish
zarur:
1. Maktabgacha ta'lim muassasasi va oilada harakatlar va topshiriqlarni bajarish uchun
qulay vaziyatni (qulay mebel, ji- hozlar) yaratish.
2.0'zlashtirilayotgan madaniy-gigiyenik ko'nikmalarni qat'iy belgilangan tartibda bir
vaqtda bajarishga o'rgatish.
3. Har bir bola bilan yakka tartibda ish olib borish.
Bolalarning madaniy-gigiyenik ko'nikmalarni o'zlash- tirishlarini nazorat qilib borish.
4. Bolalarning kattalarning barcha gigiyenik va madaniy ta- lablarini so'zsiz bajarishga
o'rgatish.
Jismoniy mashqlar va massajdan foydalanish. Jismoniy mashqlar - jismoniy tarbiya
vazifalarini hal etishga qaratilgan maxsus harakatlar, harakat faoliyatining murakkab
turlari- dir. Jismoniy mashqlar organizmga ko'p qirrali fiziologik ta‟sir ko'rsatadi. U modda
almashinuvini, qon aylanish jarayonlarini faollashtiradi, suyaklarning o'sishiga yordam
beradi.
Massaj. Kichik bolalarni tarbiyalashda passiv gimnastika turlaridan biri - massaj
(uqalash) qo'llaniladi. Uqalash ta‟sirida qon tarkibi, asab tizimi vazifalari, shuningdek ter va
muskul- larning oziqlanishi yaxshilanadi, issiqlik chikishi ko'payadi, muskullarning
charchashi yo'qoladi.
Bolalar bog'chasi kun tartibida xilma-xil o'yinlarga alohida o'rin beriladi. Vaqtdan
to'laqonli foydalanish uchun tarbiyachi o'yinchoqlar va qo'llanmalarni oldindan tanlab
qo'yishi, bolalarni bajarish ko'nikmalarini tarbiyalashi zarur.
Sayr qilish har tomonlama tarbiyaviy ishlar uchun keng im- koniyatlar beradi. Sayr
chog'ida, tabiat va ijtimoiy hodisalar ku- zatiladi, bolalarning mehnat va o'yin faoliyati,
sport mashqlari uyushtiriladi.
3 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan bolalarning ovqatlani- shi. Maktabgacha ta'lim
muassasalarida butun ovqatlanish- ni tashkil etish bolalarda taomni yeyishga ijobiy
munosabat- ni yaratishga qaratilgan bo'lishi kerak. Muayyan vaqtda, 3,5
4 soat oralig'ida bolalarga mazali tayyorlangan, chiroyli tashqi ko'rinishga ega bo'lgan taomlar beriladi. Ovqatlanish uchun zarur bo'lgan hamma narsa oldindan tayyorlab
qo'yiladi, chun- ki kutish ishtahani pasaytiradi, asab tizimini qo'zg'atadi. Stol- ni enaganing
o'zi bezaydi, o'rta guruhdan boshlab esa bu ishda navbatchi bolalar faol ishtirok etadilar.
Navbatchilikning tarti- bi va harakatlarning xususiyatlari tarbiyachi tomonidan pux- ta
o'ylanadi va bolalar aniq ketma-ketlikda tushuntiriladi. Normal ovqatlanish jarayoni uchun
osoyishta vaziyat katta ahami- yatga ega.
3 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan bolalarda madaniy-gigiyenik ko'nikmalarni tarbiyalash.
Butun maktabgacha yosh davomi- da madaniy-gigiyenik ko'nikmalarni shakllantirish
yuzasi- dan katta ishlar olib boriladi. Harakatlar muvofiqligini rivoj- lantirishdagi
fikrlashdagi ro'y bergan katta siljishlar bolalarning o'ziga-o'zi xizmat qilishi, navbatchilik,
jamoadagi muloqot davrida zarur bo'lgan xilma-xil harakatlarni uddalashi uchun imkon
beradi.
4 yoshga qadam qo'ygan bolalar qo'llarini to'g'ri yuvishni (qo'llarni bir-biriga ishqab
sovun surish, sovunni yuvib tash- lash va har bir barmoqni artish)ni, tish yuvishni (dastlab
oddiy xo„l cho'tka bilan, 4 yoshdan boshlab poroshok bilan), ovqatdan keyin og'izni
chayqashni, dastro'molchadan foydalanish- ni, stol atrofida o'zini madaniy tutish
qoidalariga rioya etish- ni (qoshiqdan, sanchqidan foydalanishni, ovqatni to'kmaslikni)
bilishi kerak. Bolalar o'yinchoqlarga ehtiyotkorlik bilan muno- sabatda bo'lishni, ozodalik
va tartib saqlashni o'rganadilar.
5 yoshga qadam qo'ygan bolalar ancha mustaqil bo'lib qo- ladilar, ular endi sovun bilan
yuzlarini, bo'yinlarini, quloqla- rini yuva oladilar, ancha puxtalik bilan kiyina oladilar, har
bir harakatni bajarish tartibini biladilar, bir-birlarining tashqi ko'rinishlaridagi yoki
atrofdagi nuqsonlarni seza boshlaydilar.
3- 7 yoshli bolalar o'ziga o'zi xizmat ko'rsatishga doir barcha harakatlarni ancha tezroq
va aniqroq bajara oladilar. Ular tez, toza, kiyimlarini, polni ho'l qilmasdan yuvina olishlari,
puxta va tez kiyina olishlari, o'z tashqi ko'rinishlarini kuzatib borish- lari kerak. Ovqatlanish
ko'nikmalariga katta talablar qo'yiladi: bolalar sanchqi, pichoqdan to'g'ri foydalanadilar,
tartibli ovqat yeydilar. O'yin burchaklarini yig'ishtirish, navbatchilik turlari majburiyatlari
va ko'nikmalari doirasi kengayadi, navbatchi- larning vazifalari murakkablashadi.
Madaniy gigiyenik ko'nikmalarni muntazam mustahkam- lab borish kerak. Tarbiyaviy
ishlar tizimining o'zgarishi, malakalarni shakllantirish va ulardan foydalanishga e'tiborning
yo'qligi ularning tezda yo'qolishiga olib kelishi mumkin.
3 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun jismoniy mashqlar. Maktabgacha yoshdagi
bolalar bilan ish olib borish- da jismoniy mashqlar katta o'rin tutadi. 3 yoshdan 7 yoshgacha
bo'lgan davrda bolalar tarbiyachi rahbarligida va mustaqil ravishda asosiy harakatlarni, sport
mashqlarni egallagan, xilma-xil harakatli o'yinlarni o'ynashni o'rgangan bo'lishlari kerak. Bu
keng dastur ishning xilma-xil vositalari va shakllaridan foydalangandagina bajarilishi
mumkin.
Har kuni bolalar bir necha bor jismoniy mashqlarni baja- radilar: ertalab gigiyenik
gimnastika shaklida; haftasiga ik- ki marta jismoniy tarbiya mashg'ulotlari tarzida bajaradi
lar, ularga turli xildagi saf tortishlar, umumiy rivojlantiruvchi mashqlar, asosiy harakatlar,
harakatli o'yinlar kiradi. O'rta va katta yoshdagi bolalar bilan o'tirib bajariladigan
mashqlardan jismoniy tarbiya daqiqalari, mashg'ulotlar orasida jismoniy tarbiya tanaffuslari
o'tkaziladi. Sayr chog'ida sport mashqlari, harakatli o'yinlar uyushtiriladi, bolalarning kichik
guruhlari bilan ish olib boriladi. Kunduzgi uyqudan keyin saf tortishlar, qayta saf tortishlar,
raqs harakatlari, maroqli mashqlar baja- rilib, ular chiniqtirish tadbirlari bilan qo'shib
o'tkaziladi. Sayr chog'ida va xonada bolalarning turli qo'llanmalar va motorli o'yinchoqlar
bilan mustaqil o'yinlari uyushtiriladi.Maktabgacha ta'lim bolalar muassasalarida jismoniy tarbiyaning quyidagi o'ziga xos
vositalaridan foydalaniladi: 1) harakatli o'yinlar o'tkazilib, ularga eng ko'p o'rin beriladi; 2}
asosiy gimnastika (asosiy harakatlar, umum rivojlantiruvchi va saf tortish mashqlari); 3)
sport mashqlari (konkida uchish, chang'ida yurish, suzish, velosipedda uchish); 4) bolalar
turiz
Ko'rsatilgan vositalardan uyg'un birlikda foydalanish har tomonlama jismoniy rivojlanishni
ta‟minlaydi
Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarga aqliy tarbiya berish