Piramidaning asos
tekisligidagi berilgan g izli tekislik bilan kesimi ham
xuddi prizmaning kesimi kabi yasaladi. Piramidaning tekislik bilan
kesimini yasash uchun uning yon yoqlarini kesuvchi tekislik bilan
kesishmasini yasash yetarli.
Agar
g izga parallel bo`lmagan yoqda kesimga tegishli bo`lgan biror
A
nuqta ma'lum bo`lsa, u xolda avval kesuvchi tekislikdagi
g izning shu
yoqning tekisligi bilan kesishmasi
a- rasmdagi D nuqta yasaladi.
D nuqta
to`g`ri chiziqdagi
A nuqta bilan tutashtiriladi. U xolda bu to`g`ri chiziqning
yoqqa tegishli bo`lgan kesmasi bu yoqning kesuvchi tekislik bilan
kesishmasidan iborat bo`ladi. Agar
A nuqta
g izga parallel yoqda yotsa, u
xolda kesuvchi tekislik bu yoqni
g to`g`ri chiziqqa parallel kesma bo`yicha
kesib o`tadi.
Qo`shni yon yoqda o`tib, uning kesuvni tekislik bilan kesishmasi yasaladi va hokazo.
Natijada piramidaning talab etilayotgan kesimi xosil bo`ladi.
b – rasmda to`rtburchakli piramidaning asos tomoni va
uning yon qirralaridan
birida yotgan
A nuqtadan o`tuvchi tekislik bilan kesimi yasaladi.
a-rasm b-rasm