2.24-rasm. Charm-attorlik buyumlarining eni (E), uzunligi (U), balandligi (B). 37
C harm-attorlik buyumlarida juda ko'p material turfari ishlatilishi mumkin, Sirtqi
detallarga charm, sun'iy va sintetik charmlar, plyonkalar, gazmollar; ichki detallar uchun esa to'qima hamda turli sun'iy va sintetik materiallar ishlatiladi.
Ixtiyoriy o'lcham va shakldagi buyumlarning tikish (yig'ish) hamda ko'rinadigan ziylariga ishlov berish usullari mavjud.
Charm-attorlik buyumlarini yig'ishda, asosan, ag'darma va noag'dar-ma usul qo'llaniladi.
Ag'darma usulda korpusning hamma asosiy detallari biriktirma chok va uning turlari yordamida biriktiriladi. Ag'darma usul eng qulay va oson, ish unumdorligi yuqori bo'lgan usul bo'lib, detallarning ziyiga qo'shimcha ishlov berish talab etilmaydi. Sirtqi detallarni biriktiriladigan bunday choklar, buyumlaroing ichida joylashgan bo'lib, ularni astar berkitib turadi. Shuning uchun iplar yedirilmaydi. Astarsiz buyumlarda mag'iz choklar qo'llaniladi. Ag'darma usul, asosan, sirtqi detallarga yumshoq materiallar ishlatilganda qo'llaniladi.
Noag'darma usul murakkab usul hisoblanadi, chunki ziylarga maxsus ishlov berish kerak bo'ladi. Noag'darma usulda buyumlarning ko'rinadigan ziylari bukiladi, qirqiladi va mag'iz (2.26-rasm) yoki qaviq choklar yordamida tikiladi.
Ko'rinadigan ziylarni biriktirishning uch xil ko'rinishi bor: birinchi detallarning ziyini, ikkinchi detaining ziyi bo'yicha qayriladi va tikiladi (a), birinchi detaining ziyini qayirib, ikkinchi detaining ziyi qirqiladi (b) va ikkala detal qayirib tikiladi (d).
Qirqilgan detallarning ziyi materialning rangida bo'yaladi.
Xaltalarning detallarini, yopqich, cho'ntak, koketka va qo'shimcha detallarni biriktirish uchun qo'yma choklar ishlatiladi.
Biriktirma choklar — tashqi va ichki detallarda ishlatiladi. Biriktirma chokning mustahkamligini oshirish va bezash uchun poyabzaldagi mag'iz o'rniga keder ishlatiladi (2.27-rasm).
2.27-rasm. Kederli biriktirma choklar: a-qjrqilgan, b — ikkiga buklangan, rf—proflllangan.
Nazorat uchun savollar?