Mavzu: prokariot va eukariot hujayralarning tasnifi



Yüklə 101,5 Kb.
səhifə2/5
tarix17.03.2023
ölçüsü101,5 Kb.
#88538
1   2   3   4   5
2mavzuu

Kapsulalar shakllanishida prokariotlarning quyidagi turlari - leykonostoklar (Leuconostoc mesenteroides), pnevmokokklar (Streptococcus pneumoniae), turli batsillalar (Bac.licheniformis), tuproq tarkibidagi ba’zi erkin yashovchi, azotdan iborat bo‘lgan bakteriyalar (Azotobacter chroococcum) va boshqalar shuningdek, turli xil eukariot hujayralar (A.pullulans, Cryptococcus neoformans, Lipomyces lipofer, Rhodotorula glutinis) qatnashadi. Tabiiy sharoitda odamning ba’zi mikrofloralari shakli uzun polisaharidli fibrilldan iborat bo‘lgan, glikokaliks ishlab chiqaradi va ular hujayraning organizmga yoki hujayralarga zich yopishib olishini ta’minlab beradi (Streptococcus mutans).
Xivchinlar prokariot va eukariotlarning alohida turlarida rivojlangan harakatlanuvchi organlardir. Ular vibrionlarga, ko‘pgina enterobakteriyalarga, spirill, spiroxeta, tripanosom, zamburug‘ zoospora va boshqalar uchun harakterilidir. Xivchinlar ilmoq yoki blefaroplastlarda yoki bazal tanada hujayra devori bilan bog‘langan. Zamburug‘larda blefaroplast ko‘pincha yadro bilan iplar (rizoplasta) yordamida bog‘langan. Rasmda ko‘rsatilganidek, bazal tanalar halqa jamlanmalariga va sterjenga kiritiladi. Grammusbat bakteriyalarda 2 ta halqa (M va S), grammanfiylarda esa ular 4 tadan iborat bo‘ladi ( M,S,P,L).
Xivchinlar soni har xil mikroorganizmlarda turlicha; bir qutbli (monotrix) Vibrio metschnikovii, bir qutbda xivchinlar tutami (lofotrix) Ps. Aeruginosa, ikkala qutbda xivchinlar tutami (amfitrix) Spirillum species, hujayraning hamma yuzasida joylashgan (peritrix) Proteus vilgaris. Xivchinlar diametri – 20–30 nm, ba’zan 60 nm, uzunligi -5 dan 50 mkm gacha bo‘ladi. Bir qator sodda zamburug‘larda xivchinlar zoosporalar va harakatchan gametlar (ba’zan ular kiprikchalar deb ham ataladi) uchun harakterli bo‘lib, ba’zida ular protozoy organizmlarning alohida turlarida ham uchraydi. Xivchinlar o‘zida bir komponentli tizimni namoyon qilib, buramalar va to‘lqinsimon aylanalardan iborat. To‘lqin uzunligi har bir tur uchun doimiydir, masalan 2,5 mkm Salmonella typhimurium xivchinlar uzunligi. Buramasimon bakteriyalardagi spiroxetalar harakatlarini o‘q atrofidagi ipchalar, ikki qator xivchinlardan tuzilgan hujayra devori qoplab turadi.
Agar bakteriyalarda xivchinlar shakli bir xil bo‘lsa, zamburug‘larda ular ikki tipga bo‘linadi; qamchisimon (to‘qilgan) yoki tebranuvchi va yaltiroq tangachalar bilan qoplangan. Hujayralar xivchinlar bilan birgalikda 4 turga bo‘linadi: oxirida joylashgan bitta xivchin, oldinda joylashgan bitta xivchin bilan, ikkita ikkala tomonda, ikkita ikkala tiplarga kiruvchi xivchinlar Kiprikchalar yoki fimbriyalar (12-v rasm) xivchinlarga nisbatan qisqa va ingichka bo‘lib, ko‘pgina grammanfiy bakteriyalar va boshqa mikroorganizmlarda mavjud. Ularning diametri 8,5–
12,0 nm; uzunligi – 10,0 nm gacha (ba’zilari 2 mkm gacha) bo‘lishi mumkin. Kiprikchalar xivchinli va xivchinsiz organizmlarda bo‘ladi. Oddiy va jinsli tukchalar yoki sex-kiprikchalar farqlanadi. Jinsli tukchalar bir hujayrada ikkitadan ko‘p bo‘lmaydi. Kiprikchalar adgeziyada (yopishishda) va jinsiy konyugatsiyada ishtirok etadi.
Sitoplazma (gialoplazma) eukariotlarga nisbatan prokariotlarda gomogenroq bo‘ladi. Masalan, o‘suvchi mitselii uchlaridagi giflar to‘liq sitoplazma bilan to‘ldirilgan bo‘ladi, ulardan ma’lum bir uzoqlikda, asosan hujayraning qarish davrida vakuoli shakllanadi. Vakuola hujayra sharbati bilan to‘ldirilgan bo‘lib, ularda zaxira moddalari – purin va pirimidinlar, aminokislota, polifosfatlar, ba’zi vitaminlar zaxirasi joylashgan. Vakuola hujayra turgori (elastikligi)ni ta’minlab turadi, uning tashqi shaklini saqlab turish va o‘sishi uchun zarur bo‘lib, qisman yuqori organizmlar hujayralarida lizosom vazifasini bajaradi. Sitoplazmada yadro tomonidan sintezlangan ribosoma yig‘iladi.
Sitoplazma - geterogen sistema bo‘lib, unda dispers muhit va dispers faza farqlanadi. Dispers muhit sifatida suv va unda erigan kichik molekulyar moddalar, dispers faza – yuqori molekulyar birikmalar: oqsillar, yog‘lar, uglevodlar va ularning kon’yugantlari namoyon bo‘ladi. Oqsillar va uglevodlar molekulasi atrofida suvli pardalar sitoplazma butunligini va molekulalarni turg‘unlashtiradi. Erkin va bog‘langan suvlar nisbati turli mikroorganizmlarda turlicha, u bir xil shtammlarda yoshiga qarab o‘zgaradi. Atseton, metanol, etanol erkin suvlarni oson yig‘ib oladi va suvni gidratlangan pardalarda makromolekulyar strukturalar koagulyasiyasiga olib keladi.
Sitoplazmada bir moddalar haqiqiy suyuqlik ko‘rinishida (noorganik tuzlar, vitaminlar, aminokislotalar, monozalar) boshqalari esa – kolloidli holatda bo‘ladi (oqsillar). Hujayra ichi osmotik bosimi, masalan bakterial hujayralar ekvivalentligi 10–20% li saharozali eritmalarda foydalaniladi (bunday saharozali eritmalar sferoplastlar va protoplastlarni kuchaytirish maqsadida in vitro ishlatiladi).
Ko‘pgina molekulalar sitoplazmada zaryadlangan, ulardan oqsillilari bir vaqtda musbat va manfiy zaryadlarni olib boradi. Demak, gidratli qobiqlar, kolloid xususiyatlar va elektrik zaryadlar sitoplazmalardagi yuqori doimiylikni ta’minlab turadi. Intaktli (lotincha intactus - tegilmagan) hujayralarda sitoplazma yopishqoqligi suvlar yopishqoqligiga teng keladi, lekin hujayra bo‘linishi vaqtida u birdan kuchayadi, bu jarayonda zol gelga - tiksotropiyaga aylanishi kuzatiladi. Masalan, axromatin veretinning ko‘payayotgan eukariot hujayralarida shakllanishi.
Sitoplazmaning erkin oqsillari, odatda, koeffitsenti 3S va 6S ( 1S svedberg–birlik -10 13 sm /s/ed polya) oralig‘ida bo‘ladi. Mikroorganizmlarning yadro apparati. Mikrob hujayrasi yadrosida (boshqa organizm hujayrasida ham) nasliy axborot DNK shaklida joylashgandir. Bu axborotlar maxsus oqsil molekulasining sintezlanish jarayonida ishlab chiqariladi. Bunday jarayon tez-tez sodir bo‘lib, u turli tizimlar bilan bog‘liqligi uchun ham uni yadro apparatiga kiritsa bo‘ladi: prokariotlarda-nukleoid, rapidosomalar, to‘siqli mezosomalar, ribosomalar: eukariotlarda yadro, yadrocha, nukleolemma, porosomalar, sentriola, mitotik apparat, ribosomalar.
YAdro. Protariot hujayrasi sitoplazmasida yadro (nukleoid) DNKning miqdori yuqori bo‘lgan soxa, yopiq ipcha ko‘rinishida tasvirlangan (8-rasmga qarang.) Ipchalar hajmi masalan, ichak tayoqchasida –1,4·106x3 nm, og‘irligi 1·10 –14g va M=6·106 kDa bo‘ladi. Bunday DNK uzunligi –1,4 nm bo‘lib, yig‘ilgan holatda xromasomalar yig‘indisidan iborat. Uning bir tomoni ikkita qiz hujayralari bo‘linishida muhim rol o‘ynovchi mezosoma to‘siqlariga yopishgan xromosomadan iborat. Ko‘pgina mikroorganizmlar hujayralardagi o‘zi ko‘paya oluvchi avtonom genetik elementlar sifatida plazmidalar namoyon bo‘ladi. Ularga G‘ faktorlar (ingliz tilidan hosildor demakdir); R-faktorlar (inglizcha-qarshilik). Col-faktorlar, profaglar; ba’zi organik birikmalar bilan plazmidalar degradatsiyasi (kamforalar, salitsil kislota); kriptik yoki yopiq plazmidalar kiradi. Barcha mashhur plazmidalar – 100 gacha gendan iborat ikki zanjirli DNK (M =1·104...7·104 kDa) dan iborat. Plazmidalar xo‘jayin hujayralar uchun zarur tarkib bo‘lib xizmat qilmaydi, yo‘qolishi yoki aksincha tashqaridan tanlab olinishi ham mumkin.
Eukariot mikrob hujayrasi sitoplazmalardan ikki qavatli membrana bilan ajratilgan, endoplazmatik retikula bilan bog‘langan, shakllangan yadroga ega. YAdroda DNK va asosiy oqsil gistonlar mavjud.
Saccharomyces cerevisiae da bitta xromasoma DNK sining (17 ta dan) molekulyar massasi 6·10 5 kDa ni tashkil qiladi.
Eukariot hujayralarda yadro shakli ko‘pincha yumaloq bo‘lib, uning hajmi o‘rtacha 1–6 mkm diametr. YAdro ribosoma va ribosomal RNK hosil bo‘luvchi joy – yadrochaga ega. U amorf moddalar bilan qoplangan to‘r ko‘rinishidagi zich, qattiq granula va qalinligi 4–8 nm dan iborat ingichka iplardan tashkil topgan.
YAdro qobig‘i ichki va tashqi membranalardan iborat bo‘lib, hajmi 10...12 nm bo‘lgan porosomalar, yoki yadroning teshiklarini ham o‘z ichiga oladi. Ular teshiklar ustida do‘ppayib turuvchi ikki tomonining uzunligi 50 nm bo‘lgan amorfi-fibrilyarli diafragma –qopqoqchalar bilan to‘ldirilgan. Achitqi yadro pardasining 1mkm2 ga 10...15 ta teshikcha to‘g‘ri keladi. YAdro miqdori hujayrada turlichadir. Kokksimon bakteriyalarda, odatda, tayoqcha shaklidagi bitta nukleoiddan iborat – ikki va uning ikkiga ko‘paygan yadroning desinxronizatsiya o‘sish tezligi bo‘linish tezligiga bog‘liq bo‘ladi. YUqori zamburug‘larning vegetativ hujayrasi bitta va ko‘p yadrodan iborat. Past zamburug‘lar polinuklearlidir (ko‘p yadroli), bunday zamburug‘lar senotsitli deb ataladi.
YAdro va yadro membranasi parchalanishdagi mitoz bo‘linish davrida eukariot hujayralar bipolyar tarkibga ega bo‘lgan elpig‘ich shaklidagi mitotik apparatni hosil qiladi. Bu tarkib oqsil subbirliklarini o‘z ichiga oluvchi (M-50–60 kDa) 20–30 nm diametrdan iborat mikronaychalardan tuzilgan. Mikronaychalar tartibli tarkibga ega bo‘lib, qisqarish xususiyatiga ega. Ular hujayra qutblarida joylashgan sentiriolalardan chiqadi. Sentriolalar shuningdek, silinrik tuzilishga ega bo‘lib, 9ta juft mikronaylardan iborat.
Ribosomalar. Prokariot va eukariot hujayralarda ko‘p miqdorda nukleoproteinli qism mavjud. Bakteriya ribosomasining hajmi o‘rtacha 20x30x30 nm; eukariot hujayrasi ribosomalari kattaroq–20x40x40 nm, ularning molekulyar massasi 2,7 ·103-4,4· 103 kDa bo‘ladi. Bakteriyalar ribosomasi 70S sedimentatsiya konstant tipiga kiradi; zamburug‘li esa 80S ga tegishli. Ribosomada maxsus oqsil sintezi amalga oshiriladi. Bu ko‘rinishda ular to‘planib, polisomalar yuqori sedementatsiya konstantaga ega bo‘ladi. Ribosomalar hujayra yadrosida eukariotlar paydo bo‘ladi.
Mikroblar har qanday boshqa organizmlar kabi erda keng tarqalgan elementlardan evolyusiya natijasida kelib chiqqan. Bu elementlarning kamroq yoki ko‘proq qismi, odatda, mikrob hujayralarida uchraydi.
Asosiy organogen elementlarga azot, vodorod, kislorod va uglerod kiradi, ular hisobiga 2 dan 60% gacha atom hissasi to‘g‘ri keladi.
Mikroelementlar guruhiga kaliy, kalsiy, magniy, natriy, oltingugurt, fosfor, xlor kiradi; ularga 0,02 dan 0,1% gacha atom hissasi to‘g‘ri keladi.
Ultramikroelementlar – bor, vanadiy, temir, kobalt, kremniy, marganets, mis, molibden, rux 0,001% atom hissadan kamroqni tashkil etadi.
Asosiy elementlar e’tiborga sazovor bir qator xususiyatlarga ega:

  1. ular elektronlar jufti hisobiga hosil bo‘ladigan mustahkam kovalent bog‘larni hosil qila oluvchi elementlar ichida eng engillaridir (kovalent bog‘lar mustahkamligi elementlarning atom massalariga teskari proporsionaldir);

  2. bir-birlari bilan juda oson o‘zaro ta’sirlashadi;

  3. azot, kislorod, uglerod bir bog‘ va qo‘sh bog‘ hosil qila oladi, shu sababli ulardan hosil bo‘ladigan birikmalar soni keskin ortadi;

  4. uglerod boshqa uglerod atomlari va azot bilan uchbog‘ hosil qila oladi;

  5. uglerod - uglerod bog‘lari hosil bo‘lishi hisobiga juda ko‘p sondagi turli xil organik molekulalar shakllanadi;

  6. har bir uglerod atomi atrofida juftlashmagan elektronlar hisobiga tetraedrik konfiguratsiya vujudga kelgani uchun uglerod birikmalari turli xildagi uch o‘lchamli tuzilishga ega.

SHuningdek, universal elementlar tushunchasi ham mavjud. Ularga N, H, Fe, K, O, Na, S, C va P kiradi. Ular tirik hujayralarning har qanday turi uchun struktur-funksional ahamiyatga ega bo‘lgani uchun universal elementlar deyiladi. Boshqa elementlar (mikro va ultromikroelementlar) ahamiyati kamroq deb qaraladi; Cu, Co, Na, Ce, Mn, Mo, Zn, Se, Ni, W.
Erda hayot evolyusiyasi jarayonida tirik sistemalardagi ion tarkibi va balansi o‘zining doimiyligi bilan ajralib turgan (hozirda ham shunday).
Sayyoramizda hayot paydo bo‘lganidan beri o‘tgan milliardlab yillar davomida barcha hujayralarda dengiz suviga xos bo‘lgan (kam konsentratsiyada) ion balansi saqlanib keladi.
Bundan ko‘rinib turibdiki, hatto odamda ham saqlanib qolgan belgini, ya’ni hayot suvda paydo bo‘lganini ko‘rsatadi.
YUqorida sanab o‘tilgan barcha elementlar ikkita shartli guruhga bo‘lish mumkin bo‘lgan molekulalarni hosil qiladi: ya’ni kichik va katta molekulalar.
1-guruhga boshlang‘ich yoki tashqaridan kirib keluvchi molekulalar kiradi: H2O, CO2, N2, Mg+2, Ca+2, NO3-, SO42-, PO43 -, Cl-, K+ va boshqa ionlar,– organik kislotalarning oraliq molekulalari, riboza, aminokislotalar kabi qurilish bloklari, mononukleotidlar, monozalar, quyi oligozalar (oddiy shakar), glitserin, yog‘ kislotalari. Katta molekulalar yoki makromolekulalarga nuklein kislotalar, oqsil, polisaharidlar va lipidlar kiradi. Bular hammasi polimer molekulalardir.
E. soli misolida shu narsa aniqlanganki, kichik molekulalar hujayra umumiy massasining 73% ini tashkil qiladi; bundan 70% suv hissasiga, 1% noorganik ionlarga, 2% boshqa kichik molekulalar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Hujayra umumiy massasining 27% ni makromolekulalar tashkil qiladi, bundan 15% oqsillar, 6% RNK, 3% uglevodlar, 2% yog‘lar, 1% DNK.
Bu ikki guruxga mansub molekulalarning bunday nisbati hujayralarning ko‘plab turlari uchun xos.
Har bir hujayraga to‘g‘ri keladigan har bir turga mansub bo‘lgan molekulalar soni quyidagicha:
-noorganik ionlar – 12, oraliq molekulalar va qurilish bloklari – 500, oqsillar – 3000, RNK – 1000, uglevodlar – 50, yog‘lar – 40, DNK – 1 [(suvsiz kichik molekulalar jami – 512, makromolekulalar – 4091)].
Bu raqamlardan quyidagi xulosani chiqarish mumkin: mikroorganizmlar (boshqa organizmlardagi kabi) hujayralarida suv dispersion muhit sifatida son jihatidan ustundir; suvni hisobga olmaganda, hujayra massasining katta qismini kichik molekulalarga qaraganda makromolekulalar tashkil qiladi; genlar funksiyasining mahsuli bo‘lgan oqsillar boshqa makromolekulalardan ko‘proq; makromolekulalar ichida gen axborotini saqlovchi va tashuvchi DNK molekulalari eng kam
foizni tashkil qiladi.
Suv. Suv molekulalari kichik molekulalarga kiradi, uning mikroorganizmlar hayotiy faoliyatidagi ahamiyati juda katta. Suv miqdori turli hujayralarda 60-90%, hatto bakteriyalar sporalarida 18-20% gacha bo‘ladi. Suv molekulalari molekulalararo vodorod bog‘ini hosil qilib, oson o‘zaro ta’sirlashadi.

Yüklə 101,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin