Mavzu: psixologiya fani predmeti va rivojlanish tarixi psixologiyaning tadqiqot metodlari va tarmoqlari



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə2/3
tarix17.05.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#115370
1   2   3
Презентация (1)

Sotsiologiya fani ham yangicha ijtimoiy munosabatlar sharoitida o‘z taraqqiyotining muhim bosqichiga o‘tgan ekan, psixologiya ushbu fan erishgan yutuqlardan ham foydalanadi, ham ularning ko‘lami kengayishiga baholi qudrat xizmat qiladi. Ayniqsa, psixologiyadan mustaqil ravishda ajralib chiqqan, bugungi taraqqiyot davrimizda alohida ahamiyat kasb etgan ijtimoiy psixologiyaning sotsiologiya bilan aloqasi uzviy bo‘lib, ular jamiyatda ijtimoiy taraqqiyot va rivojlanishni ta’minlash ishiga xizmat qiladilar. Qolaversa, huquqiy, demokratik davlat qurish ishini sobitqadamlik bilan amalga oshirayotgan O‘zbekiston aholisining huquqiy madaniyatini va demoqratik o‘zgarishlarga psixologik jihatdan tayyorligini amalda ta’minlash, bu sohada muntazam tarzda ijtimoiy fikr va insonlar fikr va qarashlaridagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida o‘rganish, bashorat qilish va taraqqiyot mezonlarini ishlab chiqishda ikkala fanlar metodologiyasi va metodlarini birlashtirish tadbiqiy ahamiyat kasb etadi. SHuning uchun joylarda tashkil etilgan ijtimoiy-psixologik xizmat markazlari ayni shu vazifani bajarishga qaratilgandir. Respublikamiz miqyosida esa “Ijtimoiy fikr” markazining turli mavzular bo‘yicha olib boradigan ijtimoiy so‘rovlari aholining kayfiyati, qiziqishi, xoxishi, ehtiyoji, niyatini ifodalash bilan birga, hukumat va davlat tomonidan qanday istiqbolli rejalar tuzish lozimligiga olib keladi.
Pedagogika bilan psixologiyaning o‘zaro hamkorligi va aloqasi an’anaviy va azaliy bo‘lib, ularning yosh avlod tarbiyasini zamon talablari ruhida amalga oshirishdagi roli va nufuzi o‘ziga xosdir. Respublikamizda amalga oshirilayotgan «Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun» hamda «Kadrlar tayyorlashning Milliy Dasturi»ni amalga oshirish ham ikki fan hamkorligi va o‘zaro aloqasini har qachongidan ham dolzarb qilib qo‘ydi. Milliy dasturda e’tirof etilgan yangicha modeldagi shaxsni kamol toptirish, uning chuqur bilimlar sohibi bo‘lib etishishi, barkamolligini kafolatlovchi shart - sharoitlar orasida yangi pedagogik texnologiyalarini ta’lim va tarbiya jarayonlariga tadbiq etishda pedagogikaning o‘z uslub va qoidalari etarli bo‘lmaydi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin