Mavzu: Psixologning maktab jamoasi bilan hamkorligi reja: Kirish


Bolalar MTMsi bilan maktab o‘rtasidagi aloqaning mazmuni va shakllari



Yüklə 96 Kb.
səhifə4/5
tarix10.06.2023
ölçüsü96 Kb.
#127990
1   2   3   4   5
Nurillayeva psixologik xizmat

Bolalar MTMsi bilan maktab o‘rtasidagi aloqaning mazmuni va shakllari. MTM va maktab o‘rtasidagi aloqa ikki yo‘nalishda olib boriladi:
• Bolalar MTMsi bilan maktabning pedagoglar jamoasi o‘rtasidagi aloqa.
• MTM bolalari va boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bir-birlariga yaqinlashtirish.
Tarbiyachilar boshlang‘ich sinfda olib boriladigan ta'lim-tarbiyaviy ishning mazmunini, o‘ziga xos tomonlari bilan tanishadilar, natijada MTMda bolani maktab talabi darajasida tayyorlash istiqbollari belgilab olinadi. Maktabning boshlang‘ich sinf o‘quvchilari katta va tayyorlov guruxlarida olib boriladigan ishlar mazmuni bilan tanishib boradilar va maktabda ta'lim berishda bolalar egallagan bilim, malaka va ko‘nikmalarga asoslanadilar.
Bolalar MTMsi bilan maktab pedagoglarining o‘zaro aloqa o‘rnatishlaridan ko‘zlangan asosiy maqsad bolalarni zamon talabiga javob beradigan darajada maktab ta'limiga tayyorlash uchun o‘quv tarbiyaviy ishlar bo‘yicha maktab bilan MTM o‘rtasida mustaxkam aloqa o‘rnatish, bolalarning maktabda muvaffaqiyatli o‘qib ketishlari uchun bolalar MTMsi va maktabda olib borilayotgan ta'lim-tarbiyaviy ishlarni chuqur taxlil qilib, bu soxada yuqori natijalarga erishishdir.
Bolalar MTMsi bilan maktab pedagogik tashviqot, metodik va amaliy masalalar yuzasidan bir-biri bilan aloqa bog‘laydi. Pedagogik tashviqot ishlari bolalar MTMsi maktabga tayyorlov guruxi tarbiyachisining va birinchi sinfda olib boriladigan ta'lim-tarbiyaviy ishlar vazifasi bilan tanishtirishni, maktabga tayyorlov guruxi va 1-sinf dasturi mazmunini, tayyorlov guruxi bolalari v maktabdagi 1- sinf o‘quvchilarining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganishni taqozo etadi.
Bolalar MTMsi bilan maktab o‘rtasidagi uzviy aloqaning pedagogik vazifasi MTMning tayyorlov guruxida va maktabning 1-sinfida olib boriladigan ta'lim-tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishdagi faoliyat shakllari va usullari bilan o‘zaro tanishishni taqozo etadi.
Bu masalada MTMning tayyorlov guruxi tarbiyachilari maktabning 1-sinfida olib borilayotgan darslarni ko‘zatadilar va dars, mashg‘ulotlardan keyin birgalikda yig‘ilishib uni muxokama qiladilar, ayrim metodikalar bo‘yicha seminar-praktikumlarda qatnashadilar: ilg‘or tajribalar bilan o‘rtoqlashish, brlalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha yoki 1-sinfda bolalarga bilim berish bo‘yicha pedagogik kengashlarni o‘tkazadilar.
Bolalar MTMsi bilan maktab o‘rtasidagi aloqaning amaliy vazifasi, shundan iboratki, bir tomondan, o‘qituvchi MTMning tayyorlov guruxiga borib o‘zining bo‘lajak o‘quvchilari bilan tanishib boradi, ikkinchi tomondan, tayyorlov guruxi tarbiyachilari o‘zlarining sobiq tarbiyalanuvchilarini birinchi sinfda qanday o‘qiyotganini o‘rganib boradilar.
Bolalar MTMsi bilan maktab o‘rtasidagi uzviy aloqa samarali bo‘lishi uchun quyidagi shartlarga amal qilish lozim. MTM bilan maktab o‘rtasidagi aloqa izchil amalga oshirilib borilishi, u uzoq muddatga mo‘ljallangan bo‘lishi, amalga oshiriladigan ishlar, hal qilinadigan masalalar rejali tusda bo‘lishi zarur.
Hamkorlik asosini birgalikda ishlash bo‘yicha tuzilgan istiqbol rejasi tashkil etib, unda o‘zaro aloqaning bosh vazifasi, mazmuni, ish shakllari, vaqti, bajarish uchun javobgar shaxslar ko‘rsatilishi lozim.
Maktab bilan MTM yil davomida manna shunday aloqa o‘rnatib borishi natijasida ta'lim-tarbiyaviy ishlar yaxshi natija beradi.
Bolalarni maktab o‘quvchilariga yaqinlashtirish shakllari ham xilma-xil: maktabga ekskursiya uyushtirish, sinf xonasiga, kutubxona, bayram ertaliklari o‘tkazish va boshqalardir.
Rejalar aniq, mazmunli bo‘lsa va og‘ishmay amalga oshirilib borilsa, birgalikdagi ishlar bo‘yicha istalgan natijalarga, muvaffaqiyatlarga erishish mumkin. Bu esa bolalarni maktab ta'limiga tayyorlashda, ularning maktabda qiynalmay o‘qib ketishlarida yaxshi samara beradi.
Oilada bolalarni xar tomonlama maktab ta'limiga tayyorlash
Bolaning maktab ta'limiga psixologik rivojlanishning asosiy vazifalaridan biridir. Maktabga borish bola hayotida eng qiyin vaziyatlardan xisoblanadi. Bu hayotning yangi obraziga, faoliyatning sharoitlariga, jamiyatning yangi o‘rniga kattalar va tengdoshlari bilan muloqotga kirish davri hisoblanadi. O‘quvchining vazifasi shundan iboratki, uning uchun o‘qish majburiy, jamiyatda o‘rinli faoliyat hisoblanadi. U o‘qituvchi, maktab, oila oldida javobgarlikni o‘z bo‘yniga oladi.
O‘zaro muloqot o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida shakllanib boradi. O‘qituvchi nafaqat o‘rnak ko‘rsatadigan inson balki, u bola oldiga qo‘yilgan talablarni yetkazadigan jamiyat vakilidir. O‘quvchining darsda oladigan bahosi uning o‘ziga emas balki, o‘quvchi majburiyatlarini bajargan bilimiga qo‘yilgan ob'ektiv bahosidir.
Maktab o‘quvchisining o‘qish faoliyati mazmuniga ko‘ra maktabgacha yoshdagi bolaning o‘ziga xos faoliyat turlaridan farqli ajralib turadi. Bolalarga berilayotgan maktabdagi bilim fanga taalluqli xarakterga ega.
Agar shu paytgacha boshlang‘ich ta'limga tayyorgarlikni ko‘rilgan bo‘lsa, endi u xaqiqatdan shunga intilgan guruh bo‘lib, u 1-sinfdan boshlanadi. Uquvchi ishining formalaridan biri dars hisoblanadi. Bu darsda har bir daqiqa xisobga olingan bo‘lib hamma bolalar o‘qituvchining ko‘rsatmalariga rioya qilishlari kerak.
Maktab o‘quvchisining asosiy hayotiy majburiyati va faoliyati uning shaxs bo‘lib shakllanishidagi ruhiy holati va bilimlari oldiga qo‘yilagan talablaridan biridir.
Maktab o‘quvchisi o‘qishga javobgarlikni xis qilgan xolda yondashishi kerak. Maktab hayotidagi qonun – qoidalarga rioya qilishi kerak. Yaxshi o‘qishi uchun u keng bilim doirasiga ega bo‘lishi lozim. Maktab o‘quvchisi shunday sifatga ega bo‘lishi kerakki, u bilim olishni, o‘qishni bilishi o‘qituvchi topshiriqlarini ma'nosini tushunishi kerak. O‘z- o‘zini nazorat qilishi va o‘z-o‘ziga baho berish bilimiga ega bo‘lishi kerak.
Boladagi erkinlik xususiyatlari katta axamiyatga ega. Erkinlik nafaqat tashqi ko‘rinishida balki, bolaning aqliy faoliyatida, diqqatida, xotirasida, fikrlashida o‘z o‘rnini topishi kerak.
Bola kuzatishni, eshitishni, eslab qolishni, o‘qituvchi tomonidan qo‘yilgan vazifalarni yechishni bilishi kerak. Bola hayotdagi voqelik bilan ilm-fanning o‘zviy bog‘liqligini fan o‘rganyapti. Bu tushuncha, ketma-ketlik bilan aqliy fikrlash doirasida bo‘lishi kerak.
Maktab ta'limga bolada psixologik tayyorgarlik uning maktabga borish davrida shakllanib boradi. Bu psixologik xususiyatlar o‘quvchini shakllantiradi va bu uning maktabdagi hayoti va faoliyati davomida shakllanib boradi. Maktabgacha bo‘lgan davrda bu xususiyatlar shakllanib, maktab sharoitiga bolalarda istak xosil qiladi. O‘qishga xoxish, qiziqish uyg‘onadi. Ko‘pchilik bolalarda bunday xoxish maktabgacha bo‘lgan davrning so‘ngida tug‘iladi.
Maktab o‘quvchisi bulish uchun o‘ziga tortayotgan narsa – “Maktab- hayotining atributlari”, “Partada o‘tirish”, ”tanaffus”, “baholar”, “portfel”....
Bu narsalar o‘quvchilarda shunday namoyon bo‘ladi: - Maktabda menga yoqadigan narsa... “U yerda menga baho qo‘yishadi”, “MTMda tarbiyachi, maktabda o‘qituvchi ”
Bunday tashqi vaziyatlar o‘qishdan xam ko‘ra, jamiyatda o‘z o‘rnini o‘zlashtirish va boshqa insonlar o‘rtasidagi o‘rni bola uchun katta axamiyatga egadek ko‘rinadi. Maktabga borish davri bolada psixologik tayyorgarlikni muxim o‘rni uning erkin rivojlanishidir. Turli bolalarda bu davr turli xil o‘tadi. Lekin 7 yoshga yaqinlashgada 1-sinfga kelishi bilan maktab va o‘qituvchi tomonidan qo‘yilgan xayotiy faoliyatiga tez kirishib ketadi.
Boshlang‘ich sinfdagi ta'lim bolalarning o‘qish davrida ularning yoshini xisobga olgan xolda talablar xam qo‘yiladi.
Aqliy rivojlanish bolaning maktabga tayyorgarlik vaqtida 1-sinfga kelgan bola uchun bizni o‘rab turgan olam narsalar ularning xususiyatlari jonli jonsiz tabiatning xodisalari xaqida, odamlar ularning mehnati, “Nima yaxshiyu- nima yomon?”, ya'ni o‘zini qanday tutushi kerak, shu kabi zaxira bilimlari bo‘lishi kerak. Maktab uchun bolalar tasavurida yig‘ilgan bilimlar qanchaligi emas balki ularni to‘g‘ri va aniqligi muxim rol' o‘ynaydi. Yaxshi bilim olganda bolalar xodisaning xaqiqiyligini ko‘ra bila oladilar. Bunday tasavvurlar bolada maktab ilm fanini o‘rganishda katta yordam beradi. Sistematik ravishda xar bir fanni o‘rganish bu kelajakka intilish xisoblanadi.
Agar o‘quvchi maktabga va o‘qishga qiziqishi yetarli bo‘lmasa yangiliklar uni qiziqtirmasa o‘qituvchi o‘zoq muddatda o‘quvchi bilan ishlashi, qiziqishini uyg‘otishi lozim. Tekshirishlar shuni ko‘rsatadiki boshlang‘ich sinflarda ko‘proq qiyinchilik ko‘proq qiyinchlik tug‘diradigan bolalar: MTM yoshidan keyin to‘liq bilimga ega bo‘lmagan bolalar emas, balki ba'zi “intelektual passiv” ya'ni o‘ylashga firklashga misollar yechishga xoxishi bo‘lmagan bolalar ko‘proq qiynaydilar. Misol uchun 1-sinf bolasi bir misolni xech xam yecha olmadi xadeb og‘ziga kelgan raqamlari: 5,3,10 deb aytaverdi. Lekin xayotiy misol qilib “Otang senga 1 so‘m berdi Onang 1 so‘m berdi necha so‘m bo‘ldi?” deb so‘raganda xech o‘ylamasdan “Albatta 2” deb javob berdi.
Ayrim bolalarda intelektual passivlik sezilganda ular bilan chuqurlashtirilgan tarzda tarbiyaviy ishlar olib borish kerak. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilim saviyasi yetarli bo‘lsa boshlang‘ich sinflarda yaxshi samara beradi. Maktabga borayotgan bola reja asosida predmetlarni o‘rganib ularning xususiyatlarini so‘zlab berishi kerak. Ular dunyo olam xaqidagi tushunchalarni albatta o‘qituvchi yordamida to‘liq fikrlay ola bilishi kerak. Maktabda bola birinchi kundanoq tashqi muxitdan foydalangan xolda o‘qituvchi tomonidan topshiriqlar oladi. Shunday topshiriqlardan biri “Chapga, yuqoriga, nuqtadan o‘ng pastki nuqtalarni birlashtiring” yoki yana boshqacha topshiriq turi va unga vaqt berish uning bajarilishini kuzatishi kerak. Ayniqsa bolalarning fikrlashi qobiliyatiga talab kuchli. Bola tashqi muxit xodisalarni aniqlashi, taqqoslashi yoki boshqachaligini farqlay olishi kerak, ularni muloxaza qila olishi lozim. Darsda u o‘qituvchini kuzatishi va undan so‘ng xulosa chiqara olishi kerak. Bunday fikrlash xususiyatlari shuni ko‘rsatadiki maktabga kelgan bola 1-sinf dasturini to‘liq egallay oladi.
Ruxiy rivojlanishning xususiyatlaridan biri bolaning maktabda o‘qishda uning og‘zaki, ma'noli, ketma-ket so‘zlashib ko‘rib turgan narsalarning ta'riflashini bilishi kerak. Bolaning maktabga psixologik tayyorgarligi shaxsiy xususiyalarida namoyon bo‘ladi, u sinfdagi jamoaga kirishib borishga, o‘z o‘rnini topishga intiladi.

Yüklə 96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin