Ota-onalar burchagi va ko‘rgazma tashkil etish. Ota-onalar burchagi ularni tarbiyaga oid yangiliklar va pedagogik masalalar bilan tanishtirish maqsadida tashkil etiladi. Ularga kitoblar, jurnallar, rasmlar, bolalarning ishlari, bolalar ovqatining xillari, bolaning uyidagi va oiladagi kun tartibi, ota-onalar uchun eslatmalar, e'lonlar joylashtiriladi. Burchak vaqti-vaqti bilan tarbiya vazifasiga qarab o‘zgartirib turiladi.
Pedagogik bilimlarni targ‘ib qilish bo‘yicha tashkil etiladigan ko‘rgazmalar ko‘pincha ota-onalar konferensiyalari, majlislari, konsul'tasiyalar oldidan tashkil etiladi.
Unda xalq ta'lim to‘g‘risidagi qonun va qarorlar, maktabgacha ta'lim muassasalari tarmoqlari va undagi tarbiyalanuvchilar sonining o‘sishini ko‘rsatuvchi diagrammalar, bolalar bilan olib boriladigan ta'lim - tarbiya jarayonlari, bolalar xayotini aks ettiruvchi tasvirlar, kitob va o‘yinchoqlar, bolalarning ishlari o‘rin oladi. Ota-onalar burchagi oila bilan olib boriladigan ishning ko‘rgazmali usuli, uning did bilan bezatilishiga aloxida e'tibor berilishi kerak. Bundan tashqari, ota-onalarga tarbiya to‘g‘risidagi fil'mlar namoyish etiladi, bular ko‘pincha ota-onalarni qiziqtiradigan baxslar boshlanishiga sababchi bo‘ladi.
Ota-onalar uchun ochiq kunlar tashkil etilishi xam maktabgacha ta'lim muassasalari ishida muxim o‘rin egallaydi. Bunday kunlarda ota-onalarga bolalarning mashg‘ulotlari, mexnat, o‘yin faoliyatlari, sayrlar va bolalarning jamoada o‘larining qanday tutushlari va shunga o‘xshashlar ko‘satiladi.
Ota-onalar qo‘mitasi.Ota-onalar qo‘mitasi «Maktabgacha ta'lim muassasasining Ustavi»ga binoan mudiraga yordam berish uchun to‘ziladi. U ota-onalarning umumiy majlisida bir yil muddatga saylanadi. Bu qo‘mitaga xar bir yosh gurux ota-onalaridan 1-2 vakil saylanadi. Qo‘mitaning asosiy vazifasi mudiraga maktabgacha ta'lii muassasasining xo‘jalik va ta'lim-tarbiya ishlarida yordam berish, qo‘mita a'zolari, ota-onalar majlisi va kechalarni tayyorlash, o‘tkazish va boshqa ishlarda tarbiyachilarga ko‘maklashishdir. Ota-onalar qo‘mitasi bolalarning ota-onalar bilan tanishadi, bolalarni tayyorlash bo‘yicha ular bilan ish olib boradi. Qo‘mita a'zolari xar ikki oyda bir marta yig‘ilish o‘tkazadi. Ota-onalar qo‘mitasi mudiraning ish rejalari va ishning axvoli to‘g‘risidagi ota-onalarni qiziqtiruvchi ba'zi masalalar xaqidagi ma'ro‘za va xisobotni eshitishga xaqlidir.
Ota-onalar qo‘mitasining faoliyati xaqidagi xujjatlar maktabgacha ta'lim muassasasida saqlanadi.
Axoli o‘rtasida pedagogik bilimlarni targ‘ib qilish. Pedagogik bilimlarni targ‘ib etish natijasida millionlab kishilar bolalarini oilada maktabgacha ta'lim muassasasida tarbiyalash prinsiplarini ongli ravishda anglab oldilar.
Korxonalarda, xo‘jaliklarda, jamoa joylarida, maxallalarda oilada bola tarbiyasi to‘g‘risida ma'ro‘zalar bilan chiqish, televideniya va radio eshittirishlar, pedagogik targ‘ibot ishining keng vositalaridandir. Shuningdek, bu targ‘ibot vaqtli matbuot: «Maktabgacha ta'lim», «Halq ta'limi», «Pedagogik ta'lim», jurnallari, ko‘p sonli badiiy pedagogik, ilmiy ommabop va metodik adabiyotlarni chiqarish orqali xam amalga oshiriladi.
Ota-onalar uchun maxsus pedagogika va ruxshunoslik, anatomiya va fiziologiya, oila tarbiyasi nazariyasi va amaliyoti to‘g‘risida ma'ro‘zalar o‘qish, bolalar tarbiyasi to‘g‘risida kinofil'm va spektakillar namoyish qilish.
Bu mashg‘ulotlarni xar xil soxalar bo‘yicha yuqori malakali o‘qituvchi, aktyor, ruxshunos mutaxassislar olib boradilar.
Pedagogik targ‘ibot ishida quyidagilarga amal qilish kerak:
1. pedagogik targ‘ib xayot, jamiyat qurilishi amaliyoti bilan bog‘lab olib borilishi lozim. Pedagogik targ‘ibot orqali keng jamoatchilikka bolalarni xar tomonlama tarbiyalash masalalari va ularni amalga oshirish yo‘llari, ilmiy asoslangan usullari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib boriladi.
2. Oila tajribasidagi ijobiy tajribalar, oiladagi bola tarbiyasida yo‘l qo‘yilgan xatolar va ularni oldini olish, bartaraf etish yo‘llari to‘g‘risida targ‘ibot ishlarini olib boriladi.
3. Pedagogik targ‘ibotga tayyorlashda ota-onalar xar xil saviyada ekanliklari xisobga olib, ular uchun tayyorlangan axborot materiallari ishonarli, ko‘rgazmali va ularning xis tuyg‘usiga ta'sir ko‘rsatadigan bo‘lishi kerak.
Shunday qilib, maktabgacha ta'lim muassasasi va ota-onalar bilan xamkorlik ishlarini muntazam ravishda olib borgandagina oila tarbiyasi va ijtimoiy tarbiya o‘rtasidagi birlik o‘rnatilishi mumkin.