b) Passiv pul aylanishi – ma’lum davr ichida, vaqtincha muomilada ishtirok etmayotgan pul massasi (jamђarmadagi, hisob – varaqlardagi bo’sh pul mablaђlari).
Pul aylanishi holatini tartibga solish bo’yicha xukumat organlari tegishli tartibda monetar va fiskal siyosatini olib boradi.
Monetar siyosat – mamlakatda pul massasi va pul bozorini tartibga solishdir. Monetar siyosatning bosh ђoyasi – iqtisodiy o’sishni bozor mexanizmi ta’minlaydi. Bu mexanizmning asosiy vositasi pul. Davlat yalpi talabga muomiladagi pul miqdorini tartibga solish bilan ta’sir etishi kerak. Bunga ko’ra muomiladagi pul miqdori = Yalpi milliy mahsulot
Ma’lumki, kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bosqichlari pullik munosabatlar orqali amalga oshadi. Ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan resurslarni sotib olish, ularni ishlab chiqarish jarayonida foydalanish va yetishtirilgan mahsulotlarni sotish jarayoni odatda korxona va tashkilotlar o’rtasida olib boriladigan pullik munosabatlarga boђliq.
Korxonalar, tashkilotlar, muassasalar o’rtasidagi va xo’jaliklarni o’z xodimlari bilan bo’ladigan hisob – kitob munosabatlari naqd pullik va naqd pulsiz shaklda olib boriladi.
Naqd pullik hisob – kitoblarga kelganda naqd pulning xarakati bankdan boshlanadi. Naqd pul bankdan chikkach korxona va tashkilotlar kassasi orqali axoli kuliga utadi. Oldi – sotdi va to’lov xarakatlari bajarilgach u yana bankga kaytadi.
Mamlakatimizda naqd pul qullaniladigan pul aylanishi asosan quyidagi subyektlar o’rtasida bo’ladi.